Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
27 
shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. 
Madrasa so‗nggi o‗rta asrlarning dastlabki davrida, 1566-1567-yillar oralig‗ida 
bunyod etilgan. 
Modarixon madrasasi Abdullaxon madrasasining ro‗parasida joylashgan bo‗lib, 
ikki inshoot birgalikda Sharq me‘morchiligining ―qo‗sh‖ uslubida bunyod 
etilganligidan dalolat beradi. 
Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan 
g‗ishtlar, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasi va shunga o‗xshash mahsulotlardan 
foydalanilgan. 
Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‗lsak, inshoot Abdullaxon 
madrasasi qarshisida bunyod etilgan bu ikkala inshoot qo‗sh Madrasa majmuasini 
tashkil qiladi. Madrasa devorlarining ikki chekkasi pishiq g‗ishtdan terilgan, o‗rtasi 
siniq g‗isht bo‗laklari bilan to‗ldirilgan. Madrasa chorsu tarhli (67x45 m), 2 qavatli. 
Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 qismga 
ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. 
Burchaklarida sirkor g‗ishtlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Eshiklar 
xotamkori uslubida qurilgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori 
panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. O‗rtasidagi 
to‗g‗ri to‗rtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy
darsxona va masjid, hovli to‗rining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz 
bilan qoplangan. Bag‗allari ganchdan to‗rsimon shaklda ishlangan.
Madrasa Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ 
uslubida bunyod etilgan. 
Uning o‗ziga xos tomoni shundaki, Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi 
sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Bundan tashqari, madrasaning devor 
qurilmasi XVI asr Buxoro me‘morchiligiga xosligi ham inshootning o‗ziga xos 
tomonlariga misol bo‗la oladi. 
Modarixon madrasasida mamlakatimiz mustaqilligigacha va undan keyin bir 
necha marta ta‘mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Buxoro shahrining 2500 
yilligi munosabati bilan shahardagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Modarixon 
madrasasining ham ta‘mirtalab qismlari qayta rekonstruksiya qilindi. Inshoot atroflari 
ko‗kalamzorlashtirldi.
Inshoot o‗z nomidan ham ma‘lumki, ilm maskani, madrasa vazifasini o‗tagan. 
Madrasa ko‗pgina tolibi ilmlarning ziyo maskani bo‗lgan. 
Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan 
berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, me‘moriy obida YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda 
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi 
qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul 
qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling