Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Chor Bakr arxitekuraviy ansambli


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Chor Bakr arxitekuraviy ansambli 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
24 
Buxoro shahrining g‗arb tomonida, undan 
5 km. uzoqlikda joylashgan Sumitan qishlog‗ida 
Jo‗yboriy shayxlarining shahardan tashqaridagi 
nekropoli – Chor Bakr qurilgan.
Chor Bakr me‘moriy ansambli to‗rt yirik 
shayx – Abu Bakr Sa‘d, Abu Bakr Fazl, Abu 
Bakr Muhammad, Abu Bakr Tarxonlarga 
bag‗ishlab bunyod etilgan. Chor Bakrlar (to‗rtta 
Bakr) Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi 
Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning qabri 
ustida ziyoratgohning bosh kompleksi 1560-1569-yillarda Abdullaxon II tomonidan 
barpo etilgan.
Abdullaxon II (to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja 
Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598, 
Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‗zbek 
davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng 
yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat 
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar 
sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. 
Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini 
qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik 
chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan
san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. 
Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmalar, darvoza, hovli, yo‗lak, ko‗p sonli 
qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan. Chor Bakr oxirgi marta Mustaqillik davrida 
restavratsiya qilindi. 
Me‘moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), madrasa (janubda) 
va namozgoh (g‗arbda) orasidagi sahn supa tarzida. 1900-yilda u yerda katta 
bo‗lmagan minora bunyod etilgan. 
Xonaqoh gumbazli xona (9x15,8 m) va peshtoqdan iborat. Yon fasadning qo‗sh 
qavat ravoqlari va peshtoq jozibador ishlangan bo‗lib, peshtoqning ikki qanoti 
guldastalar bilan ulug‗vor ko‗rinadi. 
Peshtoq bezagida koshindan terilgan yirik kufiy xatlar diqqatni jalb etadi. 
Gumbazning ostki konstruksiyasi ancha murakkab. Xonani ikki ravoq ko‗ndalangiga 
bog‗lab, gumbaz uchun asos bo‗lgan. 
Madrasa peshtoqi kengroq, fasadni deyarli egallagan. Peshtoq dahanasi uch 
ravoqqa bo‗lingan. Darsxona chortoqli, o‗rtasi gumbaz bilan berkitilgan. Madrasaning 
yon fasadlari qo‗sh qavat ravoqlar qatorini takrorlaydi. 
Masjid va xonaqohning bosh fasadlarini peshtoq keng gumbaz bilan egallashi, yon 
tomonlari ikki qavatli ayvonlardan tashkil topishi shu xildagi binolar uchun an‘anaviy 
yechim hisoblanmagan. Kufiy xatlar va mayda koshinkorli bezaklar mahorat bilan 
ishlangan. Gumbazning tashqi ko‗rinishi salobatli. Masjid maydoni sahnining to‗rida 
joylashgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling