Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
18 
 
Ulug‘bek madrasasi (G‘ijduvon) 
 
Buxoro viloyatining G‗ijduvon tumanida 
joylashgan Ulug‗bek madrasasi Muhammad Tarag‗ay 
Ulug‗bek tomonidan bunyod etilgan 
U Amir Temurning kenja o‗g‗li Shohruxning 
to‗ng‗ich o‗g‗li bo‗lib, 1394-yil 22-martda Eronning 
Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409-yil otasi 
Shohruxning 
yordamida 
Movarounnahr 
taxtini 
egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik 
qilgan. U buyuk olim bo‗lib, astronomiyaga oid ―Ziji 
jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta 
risola yozgan.
Madrasa qurilishi o‗rta asrlarning so‗nggiga to‗g‗ri keladi. U XV asrning 
birinchi yarmida, ya‘ni 1414-1433-yillarda qurib bitkazilgan.
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro 
viloyatining G‗ijduvon tumanida bunyod etilgan. 
Madrasa qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ 
qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan.
Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30 m), masjid, darsxona va 
yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‗rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid 
va darsxona (8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‗ridagi 
eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‗lib, uning 4 
tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‗bek madrasasining bosh tarzi (XV 
asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. 1933-yilda V.Shishkin, V.Nil‘sen va 
I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida madrasaning o‗lchamlarini aniqlagan. Bosh 
tarzida Ulug‗bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‗arbida shayx 
Abduxoliq G‗ijduvoniy qabri joylashgan. G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) 
munosabati bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‗i yoniga 
ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq 
yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori 
panjaralar o‗rnatilgan. 
Madrasa qo‗shminorali, Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, 
gumbazli, arkli, ―Chor‖ uslubida qurilgan. Uning o‗ziga xos tomonlaridan biri esa
Ulug‗bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik va 
soddarog‗i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me‘moriy 
obidalardan o‗zining me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. 
Madrasa o‗z davrida tolibi ilmlarga ma‘rifat tarqatadigan ilm maskani vazifasini 
bajargan bo‗lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‗lgan.
Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati 
bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. 
G‗ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‗och o‗ymakori gumbaz bilan 
yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling