1. Xronologiya (yunoncha xronos–vaqt va logos–ta'limot) – vaqt o'lchovlari haqidagi fan


Download 12.37 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi12.37 Kb.
#1047488
Bog'liq
document-blank


Tarixiy atamalar.


1. Xronologiya (yunoncha xronos–vaqt va logos–ta'limot) – vaqt o'lchovlari haqidagi fan.
2. Residential (lotincha) – bir davlat diplomatik vakillari qarorgohi.
3. Anneksiya (lotincha – birlashtirish) – bir davlat hududini zo'ravonlik yo'li bilan butunlay yoki qisman o'z davlatiga qo'shib olish.
4. Diktatura (lotincha – cheklanmagan hokimiyat) – hech qanday qonun bilan cheklanmagan, zo'rlikka tayanuvchi hokimiyat.
5. Antisemitizm – yahudiylarga qarshi milliy, irqiy dushmanlikni avj oldirish siyosati.
6. Manifest (lotincha) – hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati.
7. Ekspluatatsiya (fransuzcha) – mulkdorlarning boshqalar mehnati mahsulinini o'zlashtirib olishi.
8. Demobilizatsiya – harbiy xizmatdan bo'shatish.
9. Abolitsionizm (lotincha – yo'qotish, bekor qilish) – qira tanlilarni qullikdan ozod qilish harakati.
10. Nota (lotincha) – bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi.
11. Segregatsiya (lotincha – bo'lish) – ayrim davlatlarda aholini majburan irqiy guruhlarga bo'lish.
12. Latifundiya (lotincha) – katta yer-mulk.
13. Gomrul – o'z-o'zini idora qilish.
14. Monarxiya (yunoncha – yakka hukmronlik) – cheklanmagan huquqqa ega bo'lgan yakka shaxs boshqaradigan davlat.
15. Konservatizm (lotincha – saqlab qolmoq, qo'riqlamoq) – mavjud siyosiy tartibni saqlab qolishga urinish.
16. Dominion – o'zini-o'zi boshqaradigan qaram yer, o'lka.
17. Panteizm – xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta'limot.
18. Renessans (fransuzcha – qayta tug'ilmoq) – G'arbiy Yevropada Uyg’onish davri.
19. Fanat (lotincha) – diniy e'tiqodiga yoki biror ta'limotga qattiq yopishib oluvchi.
20. Genealogiya (yunoncha – shajara) – shajaralar tuzish, urug' va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslarning tarixi va qarindoshlik aloqalarini o'rganadi.
21. Sfragistika (yunoncha) – muhrlarni o'rganuvchi fan.
22. Antik davr (yunoncha – qadimgi) – Qadimgi Rim va Yunoniston madaniyatiga xos davr.
23. Animizm – insonni o'rab turgan olamga, jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonch e'tiqodi.
24. Totemizm – o'simlik va hayvonlarga sig'inish.
25. Fetishizm – jonsiz buyumlar, tumorlar balo-qazoni daf etishiga ishonish.
26. Aristokratiya – hukmron sinning imtiyozli tabaqasi.
27. Anarxiya (yunoncha – beboshliq, hokimiyatsizlik, boshboshdoqlik) – davlatda yagona rahbar yo'qligi, hokimiyatga da'vogar turli siyosiy kuchlarning kurashi.
28. Ateizm – Xudoni, dinni, diniy ta'limotni, umuman ilohiy kuchlarga e'tiqod qilishni inkor etish.
29. Burjuaziya (fransuzcha) – savdo, sanoat, kredit-moliya va tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf.
30. Dinastiya (yunoncha – hokimiyat, hukmronlik) – bir urug'dan bo'lgan,
taxtni bir-biridan meros qilib oluvchi monarxistik humkdorlar sulolasi.
Download 12.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling