Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) ona tili va adabiyoti 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti


Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi)


Download 209.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi209.16 Kb.
#1298870
1   2   3   4
Bog'liq
11-sinf ona tili test

Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) 
ONA TILI VA ADABIYOTI 11 
Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 
10. Qaysi asar Abulqosim al-Muqtadoga bag‘ishlab yozilgan? 
A) “Qutadg‘u bilig”
B) “Qissasi Rabg‘uziy” 
C) “Hibbat ul-haqoyiq” 
D) “Devonu lug‘otit turk” 
 
2-qism: Har bir topshiriq 1,7 balldan baholanadi
11. Bog‘lovchining vazifasiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Ipak kiyim-kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo‘lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig‘ir 
tolasidan to‘qilgan mato qo‘yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. 
B) Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda “antitanacha”lar hosil bo‘ladi, ammo bu kasallikni 
yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. 
C) Muallifning Vatan, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati shu qadar yuksak bo‘lsin, mukofot va lavozim 
ilinjiga o‘rin qolmasin. 
D) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda 
ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi. 
12. Odobli, aqlli, mehnatsevar, e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta 
boyligidir. 
Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A) Ega vazifasida kelgan sifatlanmish mavjud. 
B) Kesim vazifasida kelgan sifatlanmish mavjud. 
C) Kesim vazifasida kelgan qaralmish mavjud. 
D) Ega vazifasida kelgan qaralmish mavjud. 
13. Berilgan gaplarning qaysi birida fe’l nisbatlarining uch turi ishtirok etgan? 
A) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda. 
B) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo 
keltirmasdi. 
C) O‘g‘li va kelinining bu kabi yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozor topgan ota vafot etgan kampirini 
eslab, ba’zan o‘ksib yig‘lardi. 
D) Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini 
yengillashtirardi. 
14. Tarkibidagi barcha yasama so‘zlar turli so‘z turkumiga mansub bo‘lgan sodda gapni aniqlang. 
A) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularning nomini bilmas, shu daqiqadagi holatini o‘rtoqlariga ham 
izohlab berolmas edi.
B) Hunarlaringni, didlaringni rosa ishlatib, chiroyli bino qurib bersalaring, sevinamiz. 
C) Shuni unutmaki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 
D) O‘rindiqning bir chekkasida o‘tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. 
15. Egasi yasama so‘z bilan ifodalangan bosh gap ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. 
A) Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. 
B) Hunar ado bo‘lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish payida bo‘l.
C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. 
D) Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. 



Download 209.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling