Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) ona tili va adabiyoti 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
Download 209.16 Kb. Pdf ko'rish
|
11-sinf ona tili test
Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) ONA TILI VA ADABIYOTI 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi 1. Avlodlar merosini o‘rganamiz. Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan? A) jo‘yaliligi B) aniqligi C) to‘g‘riligi D) sofligi 2. Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko‘rardi. Ushbu gapda ostiga chizilgan so‘z ma’nosini aniqlang. A) huquqshunos B) tarixchi C) tilshunos D) hadisshunos 3. Qaysi gapda imoviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Odobli, aqlli, mehnatsevar, e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. B) Temur dushmanlariga ofat keltiruvchi, askaru lashkarboshilariga qattiqqo‘l, xalqiga esa saxovatli ota kabi edi. C) Dono xalqimiz, g‘araz va hasad bilan yashaydigan, o‘z shaxsiy manfaatiga o‘zgalar hisobidan erishishni ma’qul ko‘radigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan kimsadan o‘zi asrasin, deydi. D) Bag‘rikeng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g‘am-tashvishi bilan yashaydigan kishilarni esa, aksincha, boshiga ko‘taradi. 4. Orttirma darajadagi sifat to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan gapni toping. A) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajab emas. B) Dum-dumaloq lo‘ppi yuzi, kichik burnini xotirlayman. C) O‘ng tomonda, jar boshida pastakkina kichkina uydan shovqin eshitiladi. D) Qirg‘ovullar O‘rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan hisoblanadi. 5. O‘zaro antonim so‘zlardan hosil bo‘lgan juft sifatlarni belgilang. 1) yaxshi-yomon; 2) halol-harom; 3) keksa-mo‘ysafid; 4) xafa-xursand; 5) urush-tinchlik; 6) mehnatkash- ishchan; 7) kun-tun A) 1, 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4 6. Vodoprovod yonidagi oshrayhondan bir shox sindirib olib, kaftiga urdi. Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. Ushbu gapda ko‘chimning qaysi turi qo‘llangan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 7. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri o‘zbek tilida aylanma shamolga nisbatan qo‘llanmaydi? A) quyun B) uyurma C) to‘fon D) girdbod 8. “Isyon qo‘shig‘i” qaysi asarda uchraydi? A) “Ruhlar isyoni” B) “O‘tkan kunlar” C) “Tanho qayiq” D) “Sohibqiron” 9. Tasavvufda kosa, jom, qadah, shisha, idish nimaning ramzi? A) ko ‘ ngil, qalb B) yor C) ishq D) yor kalomi Download 209.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling