Uyurma toklar


Download 43.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi43.5 Kb.
#257009
Bog'liq
Uyurma toklar


Uyurma toklar, Fuko toklari — oʻzgaruvchan magnit maydonida harakatlanayotgan massiv metall oʻtkazgichlarda hosil boʻladigan yopiq elektr induksion toklarp (rasmga q.). Uyurma toklar transformatorlarning oʻzagida, elektr mashinalarning turli kismlari va boshqalarda hosil boʻladi.

Uyurma toklar magnit maydoni oqimining oʻzgarishiga bogʻliq. Oqim qancha tez oʻzgarsa Uyurma toklar shuncha katta boʻladi. Oʻtkazgichdan maʼlum yoʻl boʻyicha oʻtayotgan elektr tokidan farqli ravishda Uyurma toklar oʻtkazgichning oʻzida tutashadi va uyurma konturlar hosil qiladi. Bu tok konturlari ularni hosil qilgan magnit oqimiga taʼsir koʻrsatadi. Lens qoidasiga binoan, Uyurma toklar ning magnit maydoni shu tokni hosil qilgan magnit oqimining oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatadi.



Joul — Lens qonunita muvofiq, Uyurma toklar hosil boʻlganda oʻtkazgichlar qizib, energiyaning yoʻqolishiga va oqibatda mashinalarning f.i.k. pasayishiga sabab boʻladi. Bularni kamaytirish uchun oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan mashina va apparatlarning magnit oʻzagini yaxlit ferromagnetiklar (elektrotexnika poʻlati) dan emas, balki birbiridan izolyatsiyalangan (mas, maxsus loklar bn) plastinalardan tayyorlanadi. Uyurma toklar metallarni eritish, ularning yuzasini toblash va boshqalarda qoʻllanadi.

Van-der-vaals tenglamasi -real (ideal boʻlmagan) gaz holatini ifodalaydigan tenglama. Molekulalar hajmining chekliligini hamda molekulalararo oʻzaro tortishish kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chiqarilgan had ichki bosim deb yuritiladi. Kuchli siyraklashtirilgan gazlar uchun V.-d.V.t. ideal gaz tenglamasi r V=R 7"ga oʻtadi. Bu tenglamani Yan Diderik Van-der Vaals taklif qilgan (1873).
Изотермы газа ван дер Ваальса:
P — давление;
V — объём;
K — критическая точка;
abKcd — бинодаль (граница области двухфазного равновесия; область под колоколом бинодали — область двухфазного равновесия жидкость — пар);
eKf — спинодаль (граница между областями метастабильных и термодинамически неустойчивых состояний; область под колоколом спинодали — нереализуемые состояния);
bc — коннода (линия конденсации);
abKe — область перегретой жидкости;
dcKf — область переохлаждённого пара;
площади закрашенных фигур под изобарой bc и над ней равны (правило Максвелла, 1875)
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling