Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) ona tili va adabiyoti 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
-qism: Har bir topshiriq 2,4 balldan baholanadi
Download 209.16 Kb. Pdf ko'rish
|
11-sinf ona tili test
3-qism: Har bir topshiriq 2,4 balldan baholanadi
Jahonga mashhur Xusrav davrida shohlar yeydigan ba’zi bir taomlarni fuqoroning yeyishi man qilingan, agar o‘sha taomni qora xalqdan biror kishining yegani ma’lum bo‘lib qolsa, qattiq jazolanar ekan. Bir odam podshohga yaqin yasovulni mehmon qilibdi va uning oldiga hukmdorlar yeydigan anvoyi taomlarni keltirib qo‘yibdi. Yasovul bu uydan chiqishi bilanoq qog‘oz, qalam olib, men falon kishining uyida mehmon bo‘ldim, dasturxonga shohlarga xos anvoyi taomlarni keltirib qo‘ydi, azbaroyi hazrati oliylariga ixlosim baland bo‘lgani uchun bu hodisani ma’lum qilyapman, deb yozibdi. Xusrav qog‘ozning orqasiga shunday javob yozibdi: “Bu qilmishing uchun senga aytadigan arzon tahsin – ofarinim yo‘q, ammo u odamni podsholar yeydigan taomni pishirgani uchun emas, balki yomonlikni ravo ko‘radigan ko‘rnamakni mehmon qilgani uchun jazolayman”. 21. Ushbu matnda qanday xatolik (lar) uchraydi? 22. Ushbu matnda ostiga chizilgan so‘z qanday ma’noni ifodalaydi? 23. Ushbu matnda belgilab ko‘rsatilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi? 24. Tamaddun, qal’a, mutolaa kabi so‘zlar qaysi tildan o‘zlashganligini aniqlang. 25. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. – Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir. Ushbu gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar urg‘usini qo‘ying. 26. Nutqda ayrim tushunchalarni jamiyat madaniy me’yorlariga ko‘ra ochiq aytish mumkin emas. Bunday nutqiy “taqiq”lar tilshunoslikda qanday atama bilan yuritiladi? 27. Do‘ppisi yarimta iborasining ma’nosini izohlang. 28. So‘fining tani shu topda Arabiston tog‘larining saratondagi toshlariday qizib yotardi. Ushbu gapda o‘xshatishning qaysi turi qo‘llangan? 29. Kim el sevgan qahramon hisoblanib, uning oradan ketishi beklarning oti charchashiga, ularning g‘am ostida qolishiga, yuzlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi? 30. Kim o‘zbek adabiyotida ilk bor falsafiy publitsistik yo‘nalishda ijod qilgan? Download 209.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling