Olimpiya ta’limi tizimi


Download 194.5 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi194.5 Kb.
#1364618
Bog'liq
olimpiya-talimi-tizimi maruza

Xalqaro Olimpiya akademiyasi (XOA)

  • Hozirgi davrda olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy tuzilmasiga Xalqaro Olimpiya akademiyasi (XOA), milliy olimpiya akademiyalari (MOA), olimpiya ta’limi bo’yicha xalqaro va milliy markazlari, olimiya muzeylari, Pyer de Kuberten Xalqaro ko’mitasi va boshqa tashkilotlar kiradi.
  • Olimpiya ta’limi masalalari 1897 y. Gavrda o’tkazilgan XOQning sessiyasida ilk bor muhokama qilingan.

XOA

  • Xalqaro Olimpiya akademiyasi 1961 yilda tashkil qilingan. XOA manzili, yani shtab-kvartirasi – Olimpiya shahrida joylashgan.

Olimpizm

  • Olimpizm - bu tana, iroda va ong qadr qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir.
  • Olimpiya harakati olimpizm tamoyillariga asoslangan, tinchlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash maqsadida sportni rivojlantirishga qaratilgan demokratik ijtimoiy taraqqiyotdir. Olimpiya harakati insoniyat faoliyatining ko’p sohalari: ta’lim, tarbiya, san’at, fan, madaniyat, texnika taraqqiyoti, xalqlar o’rtasida do’stlik va tinchlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Olimpiya harakati tushunchalari –

  • Bugungi kunda xalkaro olimpiya harakati jarayonining asosini uchta tushunchalar
  • «olimpizm»,
  • «olimpiya harakati»
  • «Olimpiya o’yinlari» tavsiflaydi.
  • Mazkur tushunchalar yig’indisi olimpiya harakatining va ularning tashkiliy shakllaridan ajiralib turadigan xususiyatlarini aks ettiradi.
  • Olimpiya harakati alohida ma’naviy asosga ega. Olimpiya Xartiyasida olimpizm tushunchasining ma’nosi yoritib berilgan.

Olimpiya o’yinlari

  • Olimpiya o’yinlari – bu individual va jamoa sport turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida emas, balki sportchilar o’rtasidagi musobaqalardir.

Olimpiya bilimlarini targ’ibot qilish vositalari.

  • Hozirgi kunda olimpiya g’oyalarini targ’ibot qilishning yangi vositasi – sport tarixi va olimpiya muzeylari yaratilgan.
  • Birinchi Olimpiya muzeyi 1993 yil 23 iyunda X.A.Samaranch tashabbusi bilan Lozanna shahrida (Shveytsariya) tashkil qilingan.

Olimpiya muzeyilari

  • Saloniki Olimpiya muzeyi (Gretsiya), Lozanna Olimpiya muzeyi (Shveytsariya), Barselona Olimpiya-sport muzeyi (Ispaniya), Seul Olimpiya muzeyi (Koreya), Lillehammer Olimpiya muzeyi (Norvegiya), Leyk-Plesid Qishki Olimpiada muzeyi (AQSH), Toshkent Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (O’zbekiston)

O’zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi

  • O’zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi 1996 yil 1 sentyabrda Toshkentda ochilgan. Mazkur muzey O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil topgan. Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi faoliyatida turli targ’ibot vositalarining butun bir majmuasidan foydalaniladi: nashriy hujjatlar, foto materiallari, sport asbob anjomi buyumlari sport jamoasining atributlari (kubok, sovrin, medal, znachok va h.k.lar).

Olimpiya va sport muzeylari

  • Olimpiya va sport muzeylari – bu doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi informatsion targ’ibot muassasalaridir.
  • Olimpiya o’yinlari – bu individual va jamoa sport turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida emas, balki sportchilar o’rtasidagi musobaqalardir.

Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling