Me’moriy-rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlari:
a) hajmli (kengligi);
b) tekislikdagi inshootlarga bo‘linadi.
Hajmlilariga hamma yopiq sport inshootlari: sport zallari, sport saroylari, yopiq suv havzalari va manejlar kiradi. Tekislikdagilarga sport maydonlari va maydonchalar, yengil atletika va konki otish yo‘lkalari, chang‘i va tog‘ chang‘isi trassalari, kross uzunligi kiradi.
Hajmli-rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlariga:
a) yopiq;
b) ochiq sport inshootlari kiradi.
Yopiq inshootlar – bu o‘quv mashqlanish jarayoni va musobaqalari o‘tkaziladigan yopiq zallar, manejlar, basseynlar, sport saroylaridir. Ochiq sport inshootlariga yuqoridagi aytilgan jarayonlar ochiq havoda, binodan tashqarida o‘tkaziladigan inshootlar kiradi.
Kengligi hisobga olingan holda qurilgan inshootlar:
a) alohida inshootlar;
b) kompleks inshootlar.
Alohida inshootlar sportning bir turi uchun mo‘ljallangan inshootlardir (maxsuslashtirilgan zallar, bitta hovuzli suv havzasi, maydon va maydonchalar, yengil atletika va konkida yugurish yo‘lkalari, velotreklar).
Do'stlaringiz bilan baham: |