Olimxon Olimxon


Download 21.71 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi21.71 Kb.
#1376467
  1   2
Bog'liq
Muhammad Alixon


Olimxon


Olimxon (? — 1810) — Qoʻqon xoni (1801 — 10). Ming sulolasidanNorboʻtabiynint oʻgʻli. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi.
OhangaronChimkentSayramToshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon yoʻllaridagi mux.im manzilgoqlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetajagini koʻrib xon unvonini qabul qiladi, davlati esa Qoʻqon xonligi deb atala boshlandi. Poytaxt — Qoʻqonning siyosiy ahamiyati oshgan. Olimxon togʻli tojiklar: qorateginlar, shoʻgʻnonliklarbadaxshonliklareroniylar va boshqalardan iborat yollanma qoʻshin tuzgan. Bu qoʻshin hokimiyatni markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi boʻlgan. Olimxon davrida Rossiya bilan 1-marta savdo aloqalarioʻrnatilgan. Olimxon liniy sohada ham oʻzgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan "eshon"ni bekor qiladi, kambagʻal, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva beradi, shu bilan ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va yolgʻonchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar uning bu xattiharakatlaridan norozi boʻladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u oʻldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umarxon oʻtqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yoʻl bilan Qoʻqonga joʻnaydi. Yoʻlda qoʻyilgan pistirma Olimxonni otib oʻldiradi.
Qo‘qon xoni. Minglar sulolasidan. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon yo‘llaridagi muhim manzilgohlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetajagini ko‘rib xon unvonini qabul qiladi, davlati esa Qo‘qon xonligi deb atala boshlandi. Poytaxt – Qo‘qonning siyosiy ahamiyati oshgan. Olimxon tog‘li tojiklar: qorateginlar, sho‘g‘nonliklar, badaxshonliklar, eroniylar va boshqalardan iborat yollanma qo‘shin tuzgan. Bu qo‘shin hokimiyatni markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi bo‘lgan. Olimxon davrida Rossiya bilan 1-marta savdo aloqalari o‘rnatilgan. Olimxon diniy sohada ham o‘zgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan “eshon”ni bekor qiladi, kambag‘al, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva beradi, shu bilan ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar uning bu hatti-harakatlaridan norozi bo‘ladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u o‘ldiriladi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umarxon o‘tkaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yo‘l bilan Qo‘qonga jo‘naydi. Yo‘lda qo‘yilgan pistirma Olimxonni otib o‘ldiradi. 
Qo‘qon xonligining mavqei ayniqsa Olimxon zamonida yuksaladi. Avvalo mazkur hukmdor xonlik maqomini qabul qilgani bilan mashhurdir. Minglarning undan keyingi namoyandalari ham xon maqomida bo‘lganlar. Shu sababdan ham 1709-1876-yillari markazi Farg‘ona vodiysi hisoblangan va ninglar nomi bilan bo‘g‘liq siyosiy birlikni Qo‘qon xonligi deyish odat tusiga kirgan. 
Olimxon Qo‘qon xonligining kuchayib borishida o‘zini ko‘rsatganlardan biridir. 1805-yili u Xo‘jandni egallab, yuqorida aytilganidek, Farg‘ona vodiysi uchun strategik ahamiyat kasb etgan mazkur chegarani uzil-kesil xonlik tarkibiga kiritadi. 1809-yili esa XVIII asr oxirlaridan boshlab mustaqil bo‘lib olgan va shayx Xovand Tohur (hozirda Shayxontohur nomi bilan mashhur XIV asrning ko‘zga ko‘ringan din peshvolaridan) avlodlaridan bo‘lmish Yunusxoja (1784-1801) yetakchilik qilayotgan Toshkent viloyatini ham Qo‘qonga bo‘ysuntirishga erishadi. Natijada Sayram va Chimkent tomonlarga qarab siljish imkoni tug‘iladi. Shu tariqa u Turkiston (Yassi) va Avliyo otagacha bo‘lgan yerlarda harbiy yurishlar uyushtiradi.
Olimxon harbiy islohot o‘tkazib, Xo‘jandni, Ohangaron vohasini, Toshkent,Chimkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysuntirdi. Natijada, Rossiya bilan savdo yo‘li ochiladi. U o‘z davlatini 1805-yili rasman Qo‘qon xonligi deb e`lon qildi, o‘ziga esa “xon” rutbasini oldi va uni rasman Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan nisbatan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug‘dirdi. Natijada, ular Qo‘qonda «Olimxon Toshkentda o‘ldi» deb mish-mishlar tarqatishadi va uning ukasi Umarbekni xon deb e`lon qiladilar. Olimxon bundan xabar topib Qo‘qonga bormoqchi bo‘ladi, ammo, yo‘lda Oltiqush mavzeida andijonlik Qambar mirzo sheriklari bilan Olimxonni otib o‘ldiradilar.

Muhammad Alixon


Muhammad Alixon (taxminan 1803/ 06-1842, Qo‘qon), (1822-1841), Minglar sulolasidan Oʻzbek hukmdori, Qo‘qon xoni. Umarxon va Nodiraning o‘g‘li. Otasi Umarxon vafotidan keyin 13 yoshida taxtga o‘tirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirishga uringan. Qorategin butunlay, Darvoz, Shug‘non, Roshan, Vohonfaqat nomigagina zabt etilgan. 1829-yilda Qashqarga yurish qilgan. Uning bu harakatidan foydalangan Qashqar musulmonlari xitoylarga qarshi bosh ko‘targan. Mag‘lub bo‘lgan uyg‘urlardan 70 mingi Muhammad Alixon bilan birga qaytib, Qo‘qon xonligidagi shaharlarga (jumladan, Toshkentga) joylashtirilgan. Muhammad Alixon Qashqarga qilgan qayta-qayta hujumi natijasida Sharqiy Turkiston shaharlaridan boj yig‘ish huquqini olgan. Muhammad Alixon hukmronligi davrida sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent yaqinida Xonariq qazilgan. Toshkent hokimi Lashkar qushbegi Muhammad Alixonning yaqin maslahatchisi bo‘lib qolgan. Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 1828-yilda Qo‘qondan Sankt-Peterburgga elchilar boradi va ular yaxshi kutib olinadi. 1830-yilda Qo‘qonga Rossiya elchisi xorunjiy Potanin keladi.

Muhammad Alixonning hukmronlik davrida Qo‘qon-Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi. Ular orasida bo‘lib o‘tgan urushlar natijasida Buxoro amiri Nasrullaxon Qo‘qon qo‘shinini tor-mor qiladi. Muhammad Alixon o‘zini noiloj amirning noibi deb e`tirof qiladi. Oradan ikki yil o‘tgach, 1841-yilning oktyabrida Qo‘qonda xon zulmiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi. Muhammad Alixon 1841-yil noyabrda ukasi Sulton mahmud foydasiga taxtdan voz kechadi, shunday bo‘lsa ham 1842-yilda aprelda Buxoro amiri Nasrullaxon Qo‘qonni zabt etdi va Muhammad Alixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirani qatl ettiradi. Muhammad Alixon g‘azallar yozgan, uning buyrig‘iga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezatib ko‘chirgan, ko‘plab tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Muhammad Alixon davrida maktab va madrasalar qurilgan (mas. Madalixon madrasasi), Qo‘qonning eski o‘rdasi ta`mirlangan.


M.A.ning hukmronlik davrida Qoʻqon—Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi. Ular orasida boʻlib oʻtgan urushlar natijasida Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon qoʻshinini tormor qiladi. M.A. oʻzini noiloj amirning noibi deb eʼtirof qiladi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1841 yil oktabrda Qoʻqonda xon zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni koʻtariladi.


M. A. ichkilikbozlik va axloqsizlikka beriladi. Buxoro—Qoʻqon oʻrtasidagi munosabatlar yemonlashuvi va tez-tez takrorlanib turadigan harbiy toʻqnashuvlar shunga olib keldiki, M. A. 1841 yil noyabrda ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechadi, shundayboʻlsa ham 1842 yil aprelda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni zabt etdi va M.A.NI, ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodira begimni qatl ettiradi.


M. A. gʻazallar yozgan, uning buyrugʻiga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezatib koʻchirishgan, koʻplab tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. M. A. davrida maktab va madrasalar qurilgan (mas, Madalixon madrasasi), Qoʻqonning eski oʻrdasi taʼmirlangan.





Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling