Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston xdp fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Download 33 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi33 Kb.
#1007358
Bog'liq
Oliy Majlis Qonunchilik


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari, shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A.Xaitovga 2011 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi bajarilishining borishi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi, «Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori loyihalari hamda fraksiya vakolatiga doir boshqa masalalar muhokama etildi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari, mutasaddi vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Respublikamiz aholisining farovonligini ta’minlashda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash masalasi muhim va ustuvor ahamiyatga molik ekanligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari darajasida 2010 yilning noyabr-dekabr oylarida 2011 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi tasdiqlangan edi.


Dasturning maqsadi aholi bandligi, daromadlari va turmush darajasi oshishini ta’minlash, hududlar va iq­tisodiyot tarmoqlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini tashkil etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari mas’uliyatini kuchaytirishdan iboratdir.


2011 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturiga asosan bu yil mamlakatimizda 956,2 mingta ish o‘rni ochish ko‘zda tutilgan. Partiya dasturiy maqsadlariga muvofiq tarzda O‘zXDP fraksiyasi a’zolari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda joylarda mazkur Dastur ijrosining borishini tahliliy o‘rgandi. Ta’kidlash kerakki, Dastur doirasida ulkan ishlar qilinayapti. Lekin kamchiliklar ham yo‘q emas. Shu bois, Dastur ijrosida joylarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni atroflicha tahlil qilib, uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A.Xaitovga 2011 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qaror loyihasi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari tomonidan shu maqsadda kiritilmoqda.


Bu, o‘z navbatida, aholi bandligini ta’minlashning kelgusi yil bo‘yicha ustuvor tamoyillarini belgilab olish, shuningdek, davlat va mahalliy dasturlar ijrosini ta’minlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda ijro hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini talab darajasiga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Deputatlar «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishdi.


Dilbar Xoliqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:


— Birinchi o‘qishda mazkur qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan O‘zXDP fraksiyasi a’zolari tomonidan ham bildirilgan fikr va takliflarning aksariyati ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida o‘z ifodasini topdi. «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazkur tizimda ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy jihatdan takomillashishiga xizmat qiladi. Bu esa kun sayin hayotimizda muhim ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy telekommunikatsiya vositalarini yanada samarali qo‘llash imkonini kengaytiradi, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvida axborot tayyorlash, uzatish, saqlash va axborotdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarning tizimliligini oshiradi.


«Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.


Mazkur qonun loyihasi Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qaroriga binoan ishlab chiqilgan bo‘lib, intellektual mulk sohasidagi qoida va atamalarni unifikatsiyalash, bir xilda qo‘llash, intellektual mulk egalarining huquqlarini himoya qilish imkonini kengaytirish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni ortiqcha moliyaviy xarajatlardan xalos etishga yo‘naltirilgan .


Fraksiya a’zolari «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda tahlil qilishdi.


Ta’kidlash kerakki, mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda yanada qulay investitsion muhit yaratishni, chet el investitsiya kirituvchi sub’ektlarining huquq va erkinliklarini zamonaviy bozor munosabatlari hamda milliy iqtisodiyotimizning ustuvor tamoyillari asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi.


Fraksiya a’zolari kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalarini atroflicha muhokama qilib, tegishli moddalarni qonun loyihalarining konseptual maqsadidan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirishdi.


Ta’kidlandiki, qonunlar loyihalari orqali joriy etilayotgan huquqiy me’yorlar tegishli moddalarda yanada aniq aks etishi, xususan, nazarda tutilganidan boshqacha talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart. Shunda qonunlar sifatli bo‘ladi va ko‘zlanayotgan maqsadlarga to‘liq javob beradi.


Yig‘ilishda «Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo va Samarqand tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.


Undan ko‘zlangan maqsad — mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga transport, kommunikatsiya va boshqa muhim sohalarda yanada qulaylik yaratish, hududlar infratuzilmasi va qiyofasini tubdan yaxshilash imkonini kengaytirishdan iborat.




Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha fraksiya nuqtai-nazari belgilab olindi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling