«oliy maktab psixologiyaSI» fanidan ma’ruzalar matni
-Mavzu. Oliy maktab o’qituvchisi shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari
Download 1.16 Mb.
|
олий мактаб психологияси
4-Mavzu. Oliy maktab o’qituvchisi shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari (2 soat). Reja: 1. O’qituvchi faoliyati mahsuldorligining psixologik shartlari . 2.Oliy o’quv yurti o’qituvchisining o’ziga xos xususiyatlari 3.Oliy o’quv yurti o’qituvchisi mehnatini ilmiy tashkil etishning psixologik muammolari
(Abdurahmon Jomiy) 1. O’qituvchi faoliyati mahsuldorligining psixologik shartlari. Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy majlisning IX sessiyasida so’zlagan tarixiy «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli nutqlarida «...Navbatdagi muhim masala - oliy o’quv yurtlari islohotidir» [2,19], - deya ta’kidlagan edilar. So’ngra yurtboshimiz oliy ta’limdagi kamchiliklarga jamoatchilik e’tiborini qaratdilar. Ana shu sessiyada prezident takliflari bilan oliy maktabdagi domlalarning horijda malaka oshirishlari uchun "Ustoz" fondi tashkil etildi. "Ular chet ellarda malakasini oshirsin, dong’i chiqqan universitetlarda o’zlari leksiya o’qisin, tajriba orttirsin, mana shundan keyin O’zbekistonning obro’yi — nomi olamga ovoza bo’ladi, insholloh", - deya ta’kidladilar, yurtboshimiz I.A.Karimov (2, 21). O’qituvchi faoliyati samaradorligini oshiruvchi psixologik omillar O’qituvchi faoliyatining samaradorligi ko’pgina omillarga bog’liq: iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, tashkiliy va boshqalar. Ular shaxsning ichki olami orqali faoliyatga ta’sir etadi. Turli omillar o’qituvchi faoliyati samaradorligini oshiradi yoki kamaytiradi. Avval ham ta’kidlab o’tilganidek, samaradorlik ko’rsatkichi kuch va vositalarni ongli ravishda qo’llash orqali maqsadga erishishdir. O’qituvchi faoliyatini samaradorligi – bu bajariladigan topshiriqlarga qo’yiladigan talablarga muvofiq ravishda namoyon bo’ladigan shaxsning o’ziga xos xususiyatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik uchun o’qituvchi psixikasining strukturasi va funksiyalari uning faoliyati strukturasi va dinamikasiga muvofiq bo’lishi darkor. O’qituvchi faoliyati samaradorligini aniqlash qiyin muammoni keltirib chiqaradi: o’qituvchining motivlari, ustanovkalari va pedagogik mahorati darajasi va boshqalarni bilish kerak. Talabalarning tarbiyasi va bilimi qanchalik ortganini aniqlash oson emas. Qolaversa, har bir o’qituvchi bir-biridan o’zining tajribasi va shaxs xususiyatlari bilan farqlanadi. Qo’yilgan maqsadga turli vosita va usullar orqali erishish mumkin. Ularni qo’llash muayyan bir dunyoqarash, qobiliyat, harakter va psixologik xolatni talab etadi. Masalan, OTM da dars beruvchi matematika o’qituvchisi tartibli shaxs. U darslarni qat’iy tartib asosida o’tadi. U bunga o’zining ilmiy salohiyati, metodik mahorati, talabalar faoliyatini rejalashtira olishi bilan erishadi. O’qituvchi o’z oldiga aniq vazifa qo’ya oladi – talabalarga muayyan bilimlarni beradi. Tartib – uning faoliyatini muhim mezonidir. O’qituvchi talabalar bilan dastlabki uchrashuvidayoq matematik bilimlar ularning kelgusidagi faoliyati uchun muhimligini singdirib qo’ygan. O’zining maqsadga intiluvchanligi orqali talabalarni motivasiyasini oshira oldi. Boshqa o’qituvchilar esa o’zlarining shaxs xususiyatlariga muvofiq ravishda o’zgacha natijalarga erishadilar. Ayrim vaqtlarda o’ta talabchan o’qituvchilarni talabalar xushlamaydi, degan gaplarni eshitib qolamiz. Shunday qilib, fakultet dekani talabalarning e’tirozlari asosida talabchan o’qituvchini darslardan chetlashtiradi. Kafedra mudiri dekan bilan baxslashmay 1-2 kurslarda anketa o’tkazadi. Har bir talaba anonim tarzda 5 ta savolga javob berishi kerak edi: ma’ruzachining familiyasi, assistentning familyasi, ma’ruza o’qishi metodikasi bo’yicha kamchiliklar, amaliy mashg’ulotni o’tkazish metodikasi bo’yicha kamchiliklar, imtihon va yakuniy nazorat o’tkazish metodikasi bo’yicha kamchiliklar. Olingan natijalarga ko’ra eng talabchan o’qituvchilar yaxshi natijalarga erishganlar. Dekan, bunday natijani kutmagan edi. Aslida talabalarning ko’pchiligi biladiki, o’ta talabchan o’qituvchining talablari talaba qiziqishlariga muvofiq keladi. Bunga ko’pgina OTM tajribasidan namuna keltirish mumkin. Bitiruv kechalarida aynan talabalarni “o’z ustida ishlashga” majbur qilgan o’qituvchilarga minnatdorchilik bildiriladi. O’qituvchi o’z talablarini talaba shaxsiga hurmatni saqlagan holda bildirsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchining g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, tadbirkorlik va psixologik jihatlari pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlaydi. O’qituvchi shaxsi talabaga har qanday vaziyatda ta’sir o’tkazadi. “Tarbiyachi – deydi K.D.Ushinskiy – tarbiyadagi barcha muvaffaqiyatni o’zida mujassamlashtiradi”. O’qituvchining ongli faoliyati, ya’ni qobiliyati, irodasi, mahorati orqali muayyan maqsadlar asosida talaba shaxsiga ta’sir eta olishiga bog’liq. Bunda har tomonlama tayyorlik va tarbiyalanganlik muhim ahamiyat kasb etadi, V.A.Suxomlinskiyning fikricha, “aql – aql bilan, vijdon – vijdon bilan, Vatanga sadoqat – Vatanga xizmat qilishni tarbiyalash bilan shakllantiriladi”. Adabiyotlarda gumanizm, pedagogik kasbiy burch, pedagogik adolat, kasbiy g’urur va qadr, pedagogik optimizm haqida ma’lumotlar keltirilgan. Talabalar o’qituvchidagi qaysi sifatlarni qadrlaydilar? OO’Yu o’qituvchisining talabalar orasidagi avtoritetini belgilab beruvchi omillar: erudisiya – 64,6%; ma’lumotlarni yetkazib bera olish malakasi – 38,5 %; umumiy madaniyat darajasi – 29,7 %; qat’iylik – 28,6%. OO’Yu bitiruvchilari o’qituvchining quyidagi ijobiy sifatlarini sanab o’tganlar: fanni chuqur bilish, yuqori madaniyat, erudisiya. Ular talabalarni sevish, ishini sevish, qat’iylik, ishonch, adolat, samimiylik, rostgo’ylik, talabchanlik, muloyimlik, taktika, talaba shaxsida ijobiy sifatlarni ko’ra bilish malakalarini alohida ta’kidlab o’tganlar. Talabalar orasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra talabalar o’zining shaxsiy pedagogik nuqtai nazariga ega bo’lgan va fanning murakkab muammolarini hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi pedagoglarni ma’qullaganlar. Bu eng avvalo ijtimoiy fanlar o’qituvchilariga talluqlidir. Har bir o’qituvchi o’zining individual uslubiga ega bo’lishi tabiiy holdir. Pedagogik jarayonda ikki tomonlama, dialektik ta’sir amalga oshadi: I.I.Kobыlyaskiyning ilmiy maqolasida keltirilgan anketa so’rovi materiallariga murojaat etamiz. Anketa savollaridan biri quyidagicha bo’lib: “OO’Yu pedagogi qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak?”, ushbu savolga talabalar OO’Yu pedagogining quyidagi uch sifatini keltirib o’tganlar: chuqur ilmiy bilim, pedagogik mahorat va talabaga nisbatan insoniy munosabat. Olingan natijalarga ko’ra 2-kurslarning 67%i va yuqori kurslarning 58%i OO’Yu pedagogidagi eng muhim xususiyat sifatida talabaga nisbatan insoniy munosabatni ko’rsatganlar. Talabalarning yozma javoblarida quyidagi fikrlar uchraydi: “Qachonki bizga ishonsalar, qachonki bizga haqiqiy inson sifatida qarasalar, bizdagi imkoniyatlarni ko’ra bilsalar va nihoyat bizdagi intilishlarni hurmat qilsalar”. Oliy o’quv yurtlarida 200 nafar talabalar orasida o’qituvchi haqidagi ilk tassurotlarini aniqlash maqsadida so’rov o’tkazilgan: 1. Tashqi ko’rinish (o’zini tutishi, auditoriyaga qanday kirib kelganligi, yuz ifodasi va boshqalar) – 37,2 %. 2. Birinchi ma’ruzani xususiyati (nutqi, emosionallik, ma’lumotlarni bayon qilish ko’nikmasi, darhol ishga o’tishi) – 34,0 %. 3. Talabaga munosabat (talabchanlik, talabaning xulq-atvorini nazorat qilishi, talabalar bilan muloqotda bo’lish, adolatli baholash, e’tiborlilik) – 17%. 4. Erudisiyani namoyon qilish, intellekti, ma’ruzani o’qib berishi – 8,5 %. 5. Yuqori kurs talabalaridan olingan ma’lumot – 2,5 %. 6. Boshqa belgilar – 0,8 %. Tadqiqotlarning ko’rsatishi talabalarni pedagog haqidagi ilk tassuroti uzoq saqlanadi. Oliy maktab psixologiyasining ko’rsatishicha, o’qituvchining muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liq: talabalarni o’qita olish ko’nikmasi, pedagogik takt, haqiqatni himoya qila olishi, avvaldan muammoni yechimini ko’ra bilish, pedagogik kuzatuvchanlik va pedagogik hayol, halaqit beruvchi va ortiqcha omillar bilan kurasha olish malakasi, yangi sharoitlarda tezlik bilan harakatlar rejasini tuzish va harakatlanish. O’qituvchi faoliyatida ko’p narsa o’qituvchining talaba bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. Bu o’qituvchining pedagogik taktiga bog’liq bo’lib, o’qituvchidan talabaning yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo’lishi talab etiladi. Toshkent davlat pedagogika institutidagi I-IV kurs talabalari orasida o’tkazilgan anketa so’rovining ko’rsatishicha: a) talabaning o’qituvchi bilan shaxsiy muloqoti doirasi cheklanganligi bilan xarakterlanadi; b) talaba o’qituvchi orasidagi muloqot intensiv harakterga ega emas, balki epizodik xarakterga ega; v) muloqot tor doirada, faqat o’quv faoliyatiga yo’naltirilgan bo’ladi; g) OO’Yu talabalarida muloqotga nisbatan ichki motivasiyani yetarli darajada shakllantirmaydi. O’qituvchi faoliyatining samaradorligi pedagogik jarayonga ijodiy yondoshishi bilan belgilanadi. O’qituvchining maqsadga yo’naltirilgan ustanovkalari ta’lim, tarbiyaning muammolarini yechishga va talabalar psixik faoliyatini boshqarishga qaratilgan bo’lishi kerak. Ushbu ustanovkalar o’qituvchining pedagogik shart-sharoitni har tomonlama tahlil qilishi natijasidir. Kursning maqsadga yo’naltirilgan ustanovkalari mashg’ulotlarning mazmuni, siyosiy-g’oyaviy darajasi, tarbiyaviy yo’nalganligini oshiradi. Biroq, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ayrim o’qituvchilarning maqsadga yo’naltirilgan ustanovkalarida kursning tarbiyaviy ahamiyati aks etmaydi. Ularning asosiy faoliyati talabalarga imkon qadar ko’proq ilmiy bilimlarni berishga qaratilgan bo’ldi. Ayrim o’qituvchilar maqsadga yo’naltirilgan ustanovkalarni mashg’ulot rejasiga almashtirib, auditoriyaning holati inobatga olinmaydi. Tajribali o’qituvchilarning faoliyatini o’rganish shundan dalolat beradiki, maqsadga yo’naltirilgan ustanovka – bu talabalarning tayyorlik darajasi, fanning vazifa va maqsadlari, real pedagogik imkoniyatlarni inobatga olib tahlil qilishida namoyon bo’luvchi ta’limiy va tarbiyaviy yo’nalganlikdir. O’qituvchi talabada muayyan bir xususiyatni rivojlantirmoqchi bo’lsa, eng avvalo ushbu xususiyatning mutaxassislik nuqtai nazaridan muhimlik darajasini bilishi va uning talaba shaxsi taraqqiyotidagi o’rnini bilishi darkor. O’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshirish shartlaridan biri – bu ta’limiy va tarbiyaviy topshiriqlarni (vazifalarni) to’g’ri va aniq aniqlashtirish malakasiga ega bo’lishi va shu bilan muvofiq ravishda o’z faoliyati va talaba faoliyatini rejalashtira olishidir.
Ushbu shaxsiy sifatlarni shakllanganligi o’qituvchining amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilishi va doimiy faoliyat uslubiga ega bo’lishiga yordam beradi. Vaziyatga bog’liq omillar quyidagilar: o’qituvchining o’z faoliyati va talaba faoliyatini aniq tushunishi; qo’yilgan maqsadga erishishiga undovchi vaziyatga bog’liq motivlarni kuchliligi; bilish jarayonini adekvatligi; stenik psixik holatlar. Vaziyatga bog’liq omillar mashg’ulotlarga va ularni o’tkazishga tayyorlanish bilan bog’liq vazifalarni hal etishda namoyon bo’ladi. Bunda o’qituvchi faoliyatining samaradorligi uning fani, erudisiya, madaniyat va pedagogik mahoratiga bog’liq. OO’Yu o’qituvchi faoliyatining samaradorligi psixologik omillarini umumiy sxemasi quyidagicha: shaxsiy omillar, pedagogik mahorat, situativ omillar va o’z fanini yaxshi bilishi, erudisiya, madaniyat. Oliy maktab o’qituvchisi faoliyatining samaradorligi psixologik omillarini yakdilligi – bu pedagogik mehnatga g’oyaviy, axloqiy-siyosiy, kasbiy, psixologik va jismoniy tayyorligi natijasidir. 2.Oliy o’quv yurti o’qituvchisining o’ziga xos xususiyatlari Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o’quv yurtidagi ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir, chunki respublikamizning rivoji ravnaqi va istiqboli ko’proq oliy maktabda tayyorlanayotgan mutaxassislarning mahoratiga bog’liqdir. Shuning uchun o’qitishning ilg’or, faol usullarini qo’llash, oqilona vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Talabalarning yangi materialni tushunib va o’zlashtirib olishi uchun o’qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har qanday pedagogik jarayonning oliy maqsadi ta’lim oluvchida bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma’lumotlar almashinuvi orqali ro’y beradi. Pedagogik muloqat jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan 3 shaklda amalga oshiriladi: Monolog, dialog, polilog. Monolog ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki talabalar qarshisiga chiqib nutq, so’zlashi, darsni bayon etishidir. Bu holatlarda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o’z mavqyeini tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi. Lekin auditoriyada tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqyeda bo’ladilar va bu narsa ma’lumotlarning bir qisminigina eslab qolish va idrok qilishga sabab bo’ladi. Dialog o’quv mavzusi muammoni guruh sharoitida o’qituvchi bilan birgalikda hamkorlikda muhokama qilish yo’lidir. Shuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo’lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfatdorligini ta’minlaydi, ya’ni tinglovchilar o’quv jarayonining obyektidan, uning tinglovchi munosabat subyektiga aylanadilar. Polilog guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o’quvchilar faolligini yanada oshiradi, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, o’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usulda dars mavzusi ko’proq nazariy xarakterli bo’lib, yangi g’oyalar, ularning amaliy jihatlarini keltirib chiqarish zarurati bo’lib qolganda tug’iladi. Oliy o’quv yurti o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar. 1) Mehnat faoliyatida namoyon bo’ladigan xaraktereologik xususiyatlar: mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobiliyat, ma’suliyat. 2) Insonlarga nisbatan namoyon bo’ladigan xaraktereologik sifatlar: odoblilik, mehribonlik, takt, muloqatga kirishuvchanlik, g’amxo’rlik. 3) O’z-o’ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar-kamtarlik, kamsuqumlik. 4) Narsa va hodisalarga munosabatda namoyon bo’ladigan xususiyatlar: tartiblilik, oqillik, saramjon-sarishtalik.
1) oddiy namoyon etish yo’li bilan; 2) tushuntirish yo’li bilan; 3) ko’rsatish va uyg’unlashtirish yo’li bilan. O’qituvchining talabalar bilan munosabatining quyidagi usullari mavjud: 1) do’stlik asosida mavjud bo’lgan munosabat; 2) masofa saqlovchi munosabat; 3) nafrat uyg’otuvchi munosabat; 4) yuzaki bo’lgan munosabatlar. O’qituvchi albatta do’stlik asosida mavjud bo’lgan munosabatdan foydalanishi zarur. O’qituvchi ziddiyatli vaziyatdan chiqishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishi va hisobga olishi kerak: 1) Avvallambor o’qituvchi ziddiyatlardan qochishi kerak; 2) O’z xatti-harakati bilan sherigiga tasir eta olishi kerak; 3) Suhbatdoshning xatti-harakati yuz bergan vaziyatni tushunmasdan turib xulosani chiqarishga shoshmasliklari kerak; 4) Maqsadga erishish, ya’ni talaba bilan bo’lgan nizoni iloji boricha tinchlik bilan hal qilishi muhimdir. 5) Xulosa to’g’ri chiqqaniga hamisha ishontira olish. Oliy maktab o’qituvchisi faoliyatining mahsuldorligini oshirish bo’yicha psixolog E.G.G’oziyevning shogirdlari qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Jumladan, B.E.Utanovning "O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati o’qitish samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida" mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasi o’qituvchi va talabaning hamkorlik faoliyatiga bag’ishlangan. Muallifning fikricha, o’qitishning samaradorligi talaba bilan o’qituvchi hamkorlik ko’lamiga bog’liq, chunki hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat doirasi qancha keng bo’lsa, o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar shunchalik past bo’ladi, muomalaga kirishishi nisbatan yengil ko’chadi. B.E.Utanovning tadqiqotida o’qitishning samaradorligi hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat ko’lamiga, o’zlashtirish darajasiga, muloqot shakliga, o’zini-o’zi boshqarish mexanizmiga bog’liqligi tasdiqlandi. Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat 6 ta aqliy harakatdan va o’zaro bog’liq uchta fazadan tashkil topganligi isbotlandi. Birinchi faza – faoliyatga kirishish: 1) o’qituvchi va talabalar orasida harakatlarning taqsimlanishi; 2) talabalarning harakatlari; 3) talabalarni qo’llab-quvvatlaydigan harakatlari. Ikkinchi faza – talabalarning o’qituvchi bilan kelishilgan faoliyati; 4) talabalarning o’zini-o’zi boshqaradigan harakatlari; 5)talabalarning o’zlari tashkil qiladigan harakatlari; 6) talabalarning o’zini-o’zi undaydigan harakatlari. Uchinchi faza – egallagan hamkorlikdagi faoliyatni yanada takomillashtirish. Hamkorlikdagi faoliyat mavzusini E.G’.G’oziyevning yana bir shogirdi N.Sh.Azimovning «O’qituvchi bilan talabalar hamkorlik faoliyatining dinamikasi» mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasida davom ettirgan. N.Azimovning ta’kidlashicha, o’qitish o’qituvchi bilan talabalar hamda talabalararo hamkorlik faoliyati yordamida olib borilsa, reproduktiv yo’l bilan bilimlarni o’zlashtirishdan produktiv uslubiga o’tish egallagan ma’lumotlar puxtaligini ta’kidlaydi, hamkorlik ishtirokchilari harakat motivlarini o’stiradi. N.Azimov hamkorlikdagi o’quv faoliyatining tarkibiy qismlarini qayta qurish, ularga muayyan yangilik alomatlarini kiritish orqali mustaqil bilim olish, monologikdan, dialogik, konvergentlikdan divergentlik holatlariga o’zaro uzluksiz ravishda o’tuvchi turli mexanizmlarni ilmiy nazariy jihatdan talqin qilib berdi, hamkorlikdagi o’quv faoliyatini tashkil qilish oliy maktabda o’qitish samaradorligini oshirish garovi ekanligini isbotladi. 3.Oliy o’quv yurti o’qituvchisi mehnatini ilmiy tashkil etishning psixologik muammolari Oliy maktab o’qituvchisi mehnatini ilmiy tashkil etish bu o’qituvchi faoliyati mahsuldor bo’lishi uchun jismoniy, sanitar-gigiyenik, estetik, psixologik va axloqiy sharoitlarni yaratishdir. Oliy maktabda ishlashdan subyektiv qoniqish hosil qilish va malakasini oshirishdir. O’qituvchining faoliyati dars o’tish bilan birga, o’quv metodik ishlarni olib borish, ilmiy bilimlarni tashviqot qilish, ilmiy tadqiqot ustida ish olib borish va kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ko’rgazmali qurollarni tayyorlash,axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tish uchun slaydlar tayyorlash, maslahatlar berish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, kafedra majlislarida ishtirok etishlar ham kiradi. Kafedralarda ijobiy psixologik iqlim yaratilishi ham muhim. Shunday qilib, oliy maktab o’qituvchisining mehnati ilmiy tashkil etilganda mahsuldor bo’ladi.
1/ta’lim beruvchi o’qituvchi bilim beradi, malaka, ko’nikmalarni shakllantiradi, talabalarni o’quv materialini o’zlashtirishga olib keluvchi harakatlarga undaydi. 2/ tarbiyachi o’qituvchi yuksak axloqiy, aqliy, irodaviy, estetik hislatlarni talabalarda tarbiyalashi, ular shaxsining har tomonlama rivojlanishi haqida qayg’urishi lozim. 3/ dars berayotgan fani bo’yicha olim bo’lishi: o’qituvchi o’z fanini yaxshi bilish bilan birga, fanni yaxshi xulosalar bilan boyitadigan ilmiy tadqiqotlar olib borishi zarur. 4/talabalar mustaqil ishini va mashg’ulotlarining tashkilotchisi bo’lishi zarur. O’qituvchi darslarda intizom va tartibni ushlab turadi, talabalar ishini nazorat kiladi va baholaydi, maslahatlar uyushtiradi. O’qituvchi feoliyatining psixologik tuzilishi bu turli tarkibiy qismlarning ketma-ketligi, o’zaro munosabati, bog’liqligi, ichki tuzilishidir. Tuzilish va mazmun o’zaro bog’liq, mazmunning ba’zi tomonlari tuzilishning u yoki bu tarkibiy qismlari xususiyatlarini ifodalaydi. O’qituvchi faoliyatining tarkibiy qismlari: maqsad, motiv va usullardir. Maqsad bu faoliyatning tasavvur qilingan natijasidir, talabalarning yuqori o’zlashtirishiga erishish, ularni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga ta’lim va tarbiya berish, ularda zarur bilim, ko’nikma va malakalarni, shaxsiy xislatlarni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Motivlar - o’qituvchini faollik ko’rsatishga va maqsadga erishishga undaydi: o’z ishiga qiziqish, majburiyatlarni tushunish, mutaxassislarni tayyorlash sifati uchun javobgarlik hissi, faol talabalarga fanni o’zlashtirishda yordam ko’rsatish va hokazolarni o’z ichiga oladi. Usullar bu maqsadga erishishda yordam beradigan operasiyalar va yo’llardir. O’qituvchi faoliyatining usullari - bilimlarni berish, talabalarda ko’nikmalarni va malakalarni, shaxsiy xislatlarni shakllantirish. Bunday usullarga o’quv vazifalarining qo’yilishi, o’quv materialini og’zaki bayon etish, ta’limning texnik vositalaridan foydalanish va hokazolar kiradi. O’qituvchining faoliyat usullarini egallaganligi fikrlarni aniq bayon etishda, nutqning ifodali xususiyatlaridan mohirona foydalanishda, shaxsiy namuna ko’rsatib, talabalarga ta’sir ko’rsatishda, ta’limning texnik vositalaridan to’g’ri foydalanishda namoyon bo’ladi. O’qituvchi faoliyati o’ziga xos ketma-ketlikka, o’z bosqichlariga ega: a/ maqsadni aniqlab olish, o’quv tarbiyaviy, ilmiy vazifalarni aniqlash. b/maqsadga erishish, vazifani hal qilish rejasini ishlab chiqish. v/ kutilgan natijaga olib boruvchi harakatlarga tayyorgarlik. g/vazifalarni hal qilish, maqsadga erishish bo’yicha harakatlarni amalga oshirish. d/ bajarilganlarni tahlil qilish va baholash. ye/ faoliyat maqsadiga erishishda to’plangan tajribaga asoslanib,keyingi harakatlarni takomillashtirish. Oliy o’quv yurtida o’qituvchi va talaba, maktabdagi o’qituvchi va o’quvchiga nisbatan bir-biridan uzoqda, psixologik nuqtai nazardan bu ularning o’zaro ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatadi.O’qituvchi va o’quvchi orasidagi masofa qanchalik katta bo’lsa, o’quv faoliyatini boshqarish shunchalik qiyin bo’ladi. Oliy maktab o’qituvchisi pedagogik va ilmiy faoliyatni birgalikda olib borishi lozim. Agar o’qituvchi ilmiy ishga, kitob yozish, maqola yozishga ko’p vaqtini sarflasa, pedagogik mahoratining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, oliy maktab o’qituvchisi faoliyatini o’z maqsadlari va natijalari, obyekt xarakteriga ilmiy va pedagogik ishni birgalikda olib borishiga ko’ra o’ziga xosdir. O’qituvchi bilish jarayonlarining o’ziga xos jihatlari Psixologiya tafakkur jarayoniga har xil qarashlarga bog’liq holda, masalani yechish davomida o’quvchilarda tafakkurni shaklllantirishning turli yo’llarini belgilab beradi. Birinchi nuqtai nazar bilish jarayonining har bir oldingi bosqichi o’zidan bevosita keyin kelayotgan bosqichnn boshlab borishga asoslangandir. Bunday tezis to’g’ri, lekin minimal darajada oldindan ko’rish «bir qadamdan» ko’ra ko’proq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, masala yechish davomida fikran oldindan ko’ra bilish hajmini va darajasini kamaytirishni baholamaslik mumkin emas. Ikkinchi qarama-qarshi fikr, aksincha, tafakkur jarayonida ham qo’lga kiritilmagan, namoyon qilinmagan natijani, ya’ni noma’lum qarorni oldindan ko’ra bilish davrini orttirib, mavhumlashtirib va ortiq baholab yuboradi. Oldindan ko’rish hamisha faqat qisman va taxminan bo’ladi. Pedagog tomonidan ko’rsatiladigan yordam va rahbarlik o’quv faoliyati oldidagi qiyinchiliklarni yo’qotishdan emas, balki o’quvchilarning o’zlarini ularni yechishga, yengishga o’rgatishdan iborat bo’lmog’i lozim. O’qituvchi talabalarning faoliyatini uyushtirarkan, kuzatishning, ya’ni ixtiyoriy idrok etishning muhim shaklidan rejali tarzda idrok etishidan foydalanishi zarur. O’qituvchi yangi o’quv materialining muvaffaqiyatli tarzda idrok etilishini ta’minlanishi uchun o’quvchilarni bunga tayyorlashga, ularning orttirgan tajribasini faollashtirishi va ularni yangi material bilan bog’lashga yordam berishi, o’quvchilar, talabalar oldiga yangi vazifalar qo’ygan holda ularning idrokini yo’naltirishi kerak. Buning uchun o’qituvchining ixtiyoriy idroki faol va yo’nalgan bo’lishi kerak. O’qituvchi xayoli o’zining aktivligi va faolligi bilan uyg’un bo’lishi kerak. Xayolning qimmati shundan iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, oliy o’quv yurti o’qituvchisi nutqi, diqqati, xotira va xayollari mustahkam va irodasi kuchli bo’lishi talab qilinadi. Pedagog dars berish jarayonida puxta bilimga ega bo’lishi va kasbiy muhim jihatlaridan faollik, bilimdonlik, ziddiyatlarni bartaraf eta olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Ta’lim berishga bo’lgan qiziqishga ega bo’lishi va mas’uliyatli bo’lishi kerak. Shaxsiy manfatidan ko’ra, bilim berishga bo’lgan ma’suliyat hissi ustun bo’lishi kerak.Shuningdek, bilish jarayonlarining o’ziga xos jihatlari pedagogik tafakkuri, idrok va ijodiy xayoli rivojlangan bo’lishi kerak. Haqiqiy tarbiyachi ma’ruza jarayonida talabalarni o’zi bilan birga fikrlashga chorlaydi, mahoratsiz tarbiyachining ma’ruzasida esa tinglovchining sur’ati o’tiradi-yu, xayoli olam kezadi. Rahimjon Usmonov. 5-Mavzu. Pedagogik mahoratning psixologik asoslari. Reja: 1.Pedagogik mahoratning ichki va tashqi ko’rinishlari. 2. Oliy maktab o’qituvchisiga zarur bilimlar. 3. Oliy o’quv yurti o’qituvchisining ma’ruzalar o’qishga tayyorlanishi, seminarlar va imtihonlar o’tkazish faoliyatidagi psixologik xususiyatlari.
Pedagogik mahoratning ichki va tashqi ko’rinishlari Pedagogik mahorat bu o’qituvchi kasbiy faoliyatining yuqori darajasidir. U pedagogik vazifalarni ijodiy muvaffaqiyatli hal qilishda, o’quv tarbiya ishlari maqsadi va usullariga mahsuldor erishishda ko’rinadi. Pedagogik mahoratning aniq tashqi ko’rinishlari: faoliyatni bajarishning yuqori darajasi, o’qituvchi ishining sifati, o’qituvchining pedagogik vaziyatlarda maqsadga yo’naltirilgan, mos harakatlar qilish, talabalar mustaqil ishida, ta’lim-tarbiyada natijalarga erishish, talabalarni mustaqil tadqiqotlar o’tkazishga jalb qilish, mustaqil o’qish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Pedagogik mahoratning ichki ko’rinishlari bilim, ko’nikma va malaka, o’qituvchining zarur kasbiy xislatlari, pedagog mehnatiga ijobiy munosabat, unga qiziqish, yoqtirish, pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlari, kasbga mos xarakter xislatlari, temperament ko’rinishlari, psixik jarayonlar xususiyatlari, faoliyatga psixik tayyorlikni o’z ichiga oladi. Oliy maktab o’qituvchisiga zarur bilimlarni 2 ga bo’lish mumkin. Bilimlarning 1 chi guruhiga: a/ zamonaviy ta’lim-tarbiyada ustuvor siyosiy yo’nalish bo’yicha bilimlar; b/ o’z fanini bilish, v/ psixologik bilimlar /talabalar psixologiyasi/; g/ pedagogik bilimlar /ta’lim-tarbiya metodlari, tamoyillari, qonuniyatlari, maqsadlari, d/fanni o’qitish bo’yicha metodikadan bilimlar. Bilimlarning 2 chi guruhiga quyidagilar kiradi: a/ oliy maktabdagi o’quv jarayonini boshqarish va rahbarlik qilish nazariyasi bo’yicha bilimlar; b/ qator ilmiy fanlar bo’yicha bilimlar /pedagogika, psixologiya, fiziologiya, falsafa, etika, logika/; v/ fan va texnika, adabiyot va san’atdan asosiy yutuqlar bo’yicha bilimlar; O’qituvchi malakasi-bu o’qituvchi pedagogik faoliyatining avtomatlashgan tarkibiy qismlari bo’lib, bu harakatlarni amalga oshirishda diqqatni bir joyga to’plash,yuqori darajada takomillashgan harakatlardir. O’qituvchining muhim malakalariga quyidagilar kiradi: talabalar faoliyati, uning holatini jamoadagi o’zaro munosabatni o’qishdagi xatolarni qiyinchiliklarni o’rganish hisoblanadi . O’qituvchilarning ko’nikmasi yangi va murakkab pedagogik vaziyatlarda bilimlar va malakalardan to’g’ri foydalanishda ko’rinadi. Ko’nikmalar o’zgaruvchan sharoitlarda egallangan bilimlar va malakalar asosida faoliyatning aniq turini bajarish imkonini beradi.O’qituvchining asosiy ko’nikmalariga quyidagilarni kiritish mumkin: a/bilimlarni uzatish, materialni aniq bayon etish, o’z mehnati va talabalar mehnatini nazorat qilish va baholash; b/talabalarda malakalarni shakllantirish, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish ko’nikmasi; v/talabalar aqliy faoliyatini boshqarish, ularning mustaqil ishlashi va o’z-o’zini tarbiyalashini tashkil etish ko’nikmasi; g/o’z psixik xolatlari, hissiyoti, tashqi ko’rinishlarini, pedagogik nazokatini namoyon qilish ko’nikmasi. O’qituvchining pedagogik nazokati /takti/ talabalar bilan o’zaro munosabatda harakatlarning maqsadga muvofiqligidir. O’qituvchining pedagogik nazokati auditoriyaga, talabalarga to’g’ri munosabatda bo’lishda, ularning holatini to’g’ri hisobga olishda, talabchanlikda me’yordan chiqmaslikda namoyon bo’ladi. Pedagogik nazokat uchun gumanizm, boshqalarni hurmat qilish, adolatparvarlik, tabiiylik, talabalarga diqqat bilan munosabatda bo’lish xos. O’qituvchi bir necha yil ishlaganidan so’ng pedagogik mahoratga erishishi mumkin. Shunday qilib, pedagogik mahoratni oshirish uchun bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni egallash, shaxsning kasbiy muhim xislatlarini rivojlantirish, o’qituvchilik tajribasini to’plash, kafedra va oliy o’quv yurti doirasida maxsus tadbirlarni o’tkazish zarur. 3. Oliy o’quv yurti o’qituvchisining ma’ruzalar o’qishga tayyorlanishi, seminarlar va yakuniy nazoratlar o’tkazish faoliyatidagi psixologik xususiyatlari, Leksiya lotincha «Lectio» so’zidan olingan bo’lib, o’qish degan ma’noni anglatadi. Dastlabki leksiyalar 13-14 asrda G’arbiy Yevropa universitetlarida o’tkazilgan bo’lib, tayer kitoblardan o’qilgan. Hozirgi kunda ma’ruza ilmiy tafakkurni, o’qituvchining o’zini va auditoriyani tuta olishi, madaniyatini, chuqur bilimdonligini namoyon qiladigan aqliy mehnatning qiyin turlaridan biridir. O’qituvchi faoliyatlaridan biri sifatida ma’ruza psixologik tomondan maqsad, motivlari va usullari bilan farq qiladi. Ma’ruzaning maqsadi bu tasavvur qilingan natija yoki o’qituvchi erishmoqchi bo’lgan narsadir. Ma’ruza o’qish va unga tayyorlanish motivlari bu o’qituvchi harakatlariga u yoki bu bu mazmun beradigan faollikka undovchi kuchdir. Motivlar quyidagicha bo’lishi mumkin: ma’ruza sifati uchun javobgarlik hissi, o’z majburiyatlarini chin ko’ngildan bajarishga intilish, o’qituvchining o’z faniga, bilimlarni uzatishga, tushuntirish jarayoniga qiziqishi, qiyin materiallarni o’zlashtirishda talabalarga yordam berishni istashi va hokazo. Ma’ruza o’qish va unga tayyorlanish usullari o’qituvchi faoliyatining vazifasi va maqsadlariga ko’ra aniqlanishi mumkin. Ma’ruzaga tayyorlanish va o’qish - bu o’qituvchining murakkab faoliyati bo’lib, uning bor kuchi va mahoratini talab qiladi. Seminarning psixologik xususiyatlari. Seminar so’zi lotincha «seminarium» so’zidan olingan bo’lib, bilimlarning manbai, o’chog’i degan ma’noni anglatadi. Seminar olib boruvchi o’qituvchi o’z oldiga talabalar ma’ruzada olgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishni maqsad qilib qo’yadi. Seminarning muhim vazifalaridan biri talabalarning ijodiy faolligini va mustaqil fikrini rivojlantirishdir. Yakuniy nazoratning psixologik xususiyatlarn. Yakuniy nazorat bu talabalar bilimini tekshirishdir. Adabiyotlarda yakuniy nazorat talabalarda charchash va zo’riqish hosil qiluvchi omil sifatida qaraladi. Shunday qilib, pedagogik mahorat bu o’qituvchi kasbiy faoliyatining yuqori darajasidir. 5-Mavzu: Kafedra jamoasining psixologik xususiyatlarini shakllantirish yo’llari Reja: 1.Kafedra jamoasining xususiyatlari. 2. Kafedra faoliyatining maqsadi, vazifalari, jamoa faoliyati va ish faoliyatining reglamentasiyasi. Maqsadi: Kafedra jamoasi, kafedradagi psixologik iqlim haqida talabalarda tushuncha hosil qilish. 1.Kafedra jamoasining xususiyatlari. Odamlarning ijtimoiy birlashuvi guruh deb nomlanadi. Jamoa bu-faoliyatning ijtimoiy ahamiyati, maqsadi, ahamiyatli maqsadi, rahbarlik nisbatan doimiy mavjud-maxsus guruxdir. Kafedra jamoasining muhim xususiyati-bu bir yoki bir necha fanlarni o’qitishda yuqori ilmiy daraja, individual yoki guruhiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, o’qituvchilarning g’oyaviy-siyosiy kasbiy tayyorgarligini, malakasini oshirishdir. Kafedra jamosi uchun to’liq o’z-o’zini boshqarish xos: umumiy va individual faoliyatning biror tomoni, birorta masala yo’qki, ularning barchasi kafedra majlisida muhokama qilinadi. Shuning uchun ham kafedra majlislarida har bir o’qituvchining chiqishlari bayonnomada qayd etiladi. Kafedra jamoasi uchun o’quv yuklamalarining aniq rejalashtirilishi lozim. Har yarim yilda kafedra o’qituvchilari o’quv yuklamalarini qanday bajarganliklari haqida hisobot topshiradilar. O’qituvchilar jamoasi uchun ilmiy tadqiqot ishlarini o’qituvchilik faoliyati bilan qo’shib olib borish xos. Ilmiy salohiyat o’qituvchiga pedagogik mahoratni egallash imkonini beradi.
1. Kafedra oliy o’quv yurti (fakultet) tuzilishidagi bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, ilmiy va uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq (bo’g’in) hisoblanadi. Kafedra Fakultet dekaniga yoki bevosita rektorga bo’ysunadi. 2. Kafedra kamida beshta o’qituvchi mavjud bo’lganda, ulardan bittasi fan doktori yoki professor darajasiga va kamida ikkitasi fan nomzodi yoki dosent unvoniga ega bo’lganda tuziladi. Jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm hamda musiqa kafedralari, odatda, kamida ikkita o’qituvchi ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lganda tuziladi. Kafedra o’quv - tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o’quv, ilmiy laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa tarmoqlarga ega bo’lishi mumkin. 3. Kafedrani, odatda, professor yoki fan doktori darajasiga ega bo’lgan, tanlov asosida saylangan kafedra mudiri boshqaradi. Kafedra tarkibiga professorlar, dosent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistentlar, katta va kichik ilmiy xodimlar, doktorant va aspirantlar, shuningdek, stajyorlar, muhandis - texnik va o’quv-yordamchi xodimlar kiradi. So’nggi oliy ta’lim me’yoriy hujjatlariga ko’ra kafedra mudiri fan nomzodi bo’lsa, u faqat besh yil kafedra murdiri bo’lishi mumkin. 4. Kafedraning faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat kafedra mudiriga yuklatiladi. Kafedra mudiri oliy o’quv yurtining barcha tarmoqlarida kafedra faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama va hal etilishida ishtirok etadi; kafedraning, o’qituvchilarning, xodimlarning shaxsiy ish rejasini tasdiqlaydi; kafedra a’zolariga pedagogik yuklamalarni bo’ladi, vazifalarini belgilaydi va bajarilishini nazorat etadi; kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish, yangi vazifalarga tayinlash, raqobatlantirish, intizomiy choralar ko’rish to’g’risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi; zarur shart-sharoit yaratishni talab etadi. 5. Kafedra faoliyati o’quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy -ma’rifry, tadqiqot va boshqa ish turlarini qamrab olgan istiqbolli hamda joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi, rejalarning bajarilishi kafedra yig’ilishida muhokama etiladi. 2 . Kafedraning vazifalari: - oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida belgilangan o’quv mashg’ulotlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy darajada o’tkazish; talabalarning malakaviy amaliyoti, bitiruv ishlari, mustaqil ishlarga rahbarlik qilish, reyting nazoratini joriy etish; - kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlashga taqdim etish, turdosh kafedralarning dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash, darslik, o’quv, uslubiy ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash; - iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish shakl - usullarini takomillashtirish; - ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, natijalarini tatbiq etish, talabalar, aspirantlar, doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, tugallangan ishlarni muhokama etish; - kafedra xodimlarining shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash, ilg’or tajribalarni umumlashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish. Masofaviy ta’lim tizimini, xorijiy oliy o’quv yurtlari tajribasini o’rganish, joriy etish, ta’lim xizmatlari tizimini rivojlantirish; - budjetdan tashqari mablag’lar jalb etish, korxonalar, xo’jaliklar, muassasalar bilan aloqa o’rnatish; - oliy o’quv yurtini bitirganlar bilan aloqa o’rnatish. Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar o’rnatish. Kafedra ishi mahsuldorligini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh talabalar jamoasida, shaxsdagi o’zgarishlarni aks ettiradi: talabalarning fanni egallaganliklari, fanlar bo’yicha mustaqil ishlash malakalarini egallaganliklari, o’quv faoliyati sharoitida, fanlar bo’yicha bilimlarni ohista qo’llash ko’nikmasi. Ikkinchi guruh: Kafedra ishi mahsuldorligining ko’rsatkichi muhim pedagogik vazifalarni hal qilishda jamoa va rahbarning mahorati bilan bog’liq, ya’ni zarur o’quv tarbiyaviy natijalarga olib keladigan harakatlar ketma-ketligi va tizimi, kafedra ilmiy ishlarining muvaffaqiyati o’quv ishlarining natijaligiga, ta’limni yangi metodlarini egallash intensivligi, talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sifati bilan bog’liq. Muammoli vaziyat: Siz kafedra mudirisiz. Qo’l ostingizdagi o’qituvchingiz ertalab ishga kelib, 1-parani tugatib uyiga ketib borayotgan edi. Siz qayerga ketayotganini so’raganingizda, darsini o’tib bo’lib, uyiga ketayotganligini aytdi. Siz ish vaqti tugamaganligini aytdingiz, biroq o’qituvchi indamasdan ketib yubordi. Mazkur vaziyatni baholang va uni hal eting. 7-Mavzu. Talabalarning dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirish(2 -soat) Reja: 1.Shaxs tizimida dunyoqarash va e’tiqodning roli. 2. Dunyoqarash tizimi va uning bilim, mahorat, fikr, e’tiqodlar bilan bog’liqligi 3. Ilmiy dunyoqarashning ko’rsatkichlari, umumiylik, qat’iylik, anglaganlik, o’z-o’zini fikrini yoqlay olish, faol kurashuvchanlik, yon berish. Maqsad: Talabalarda dunyoqarash va e’tiqod, ularni shakllantirish usullari haqida tushuncha hosil qilish. Insonning dunyoqarashi bu tevarak atrofdagi borliq, tabiat haqidagi, ongning borliqqa munosabati, boshqa odamlar va o’zi haqidagi bilimlar, qarashlar, maslaklar sistemasidir. Shaxs dunyoqarashi murakkab psixologik tuzilma bo’lib, uning faoliyati maqsadlari, motivlari va barcha sifatlari rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Dunyoqarash o’zining psixologik tuzilishiga ko’ra bilimlar, qarashlar va maslaklarni o’z ichiga oladi. Bilimlar bu insonning borliqdagi voqyea-hodisalarni bilishi natijasidir. Bilimlar ilmiy, hayotiy, anglangan, va formal bo’lishi mumkin. Qarashlar faqatgina bilimlargina emas, shaxsning borliqqa munosabatining ma’lum darajada ifodalanganligidir. Qarashlar bu bilimlarni o’zlashtirish, baho tushunishdir. Ular materialistik, idealistik, to’g’ri va xato bo’lishi mumkin. Maslaklar bu bilish, hissiy, irodaviy va motivasion tarkibiy qismlarning birlashmasi bo’lib, hissiy va irodaviy intilishlar bilan sug’orilgan bilimlardir. Maslak insonning xatti-harakatlarini belgilaydigan ichki asosidir. Maslakning mustahkamligi insonga har qanday sharoitda ham o’z fikrida qolishga imkon beradi. Talabalarda dunyoqarashni shakllantirish uchun ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ularda g’oyaviy e’tiqodni rivojlantirish jamiyatga, tabiatga, shaxsga mehnat faoliyatiga ilmiy qarashlarni shakllantirish, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini tushunish, davlat siyosatini amalga oshirishda o’z rolini anglash,kelajakka ishonch, dunyoqarash bilan tarbiyalash zarur. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bu xulosalari fan asoslaridagi bilimlarga tayanishi, zamonaviy ta’lim nuqtai nazaridan asoslangan shaxsiy xulosalarga aylanishi zarur. Bir guruhdagi talabalarning dunyoqarashi har xil bo’ladi. Ba’zilarda ular qarama-qarshi bo’lib maqsadga yo’naltirilgandir. Ularning ilmiy qarashlari hayotiy tushunchalar va tevarak atrof haqidagi tasavvurlar bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Ba’zan diniy aqidaparastliklar shaxsning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. E’tiqodning mezonlari quyidagilar: qat’iylik, maslakni o’z ichiga oladigan bilimlarning chuqur anglanganligi va umumlashganligi, ularning to’g’riligiga ishonish, o’z fikrini, e’tiqodini himoyalash zarur bo’lganda kuchli hislarni namoyon qilish, har qanday holatda ularni o’zgartirmaslik, e’tiqodni hayotda mustaqil qo’llash ko’nikmasi, ish va so’z birligi. Talabalarning dunyoqarashi haqidagi bilimlarni mustaqil o’rganish va foydalanish e’tiqodni shakllantirishning muhim shartidir. Shunday qilib, dunyoqarash talabalar faoliyati va ruhiyatida muhim o’rin egallaydi. O’qituvchidan bilimlarni berishda /mazmunlilik, mantiqiylik, hissiylik, hayot bilan bog’liqlik,/ g’oyaviy e’tiqod, shaxsiy namuna ko’rsatish, ish va so’z birligi talabalar faoliyatiga mohirona rahbarlik talab etiladi. Talabalarda dunyoqarashni shakllantirishning muhim sharti dunyoqarash haqidagi bilimlar, g’oyalarning shaxsiy qarashlar va maslaklarga aylanishi hisoblanadi. 7.1-Mavzu. Talaba shaxsining kasbga yo’nalganligini shakllantirish Reja: 1.Shaxs va kasb. Shaxs tizimida kasbga yo’nalganlikning o’rni. 2. Kasbiy yo’nalganlikni shakllantirishning yo’llari.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni va jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «… bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu- niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz». O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va bir qator chora- tadbirlar ko’rishni, shu jumladan, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o’quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg’or o’quv yurtlarini attestasiyadan o’tkazishni va akkreditasiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo yetdi. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to’la ro’yobga chiqsa, ijobiy ravishda «portlash effekti» sodir bo’lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri savollariga bergan javobida: «… ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti»ga, ya’ni uning samaradorligiga erishamiz »,- deb ta’kidlaydi. O’quv-tarbiya ishlari jarayonida o’quvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg’ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o’quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida katta ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o’z imkoniyatlarini to’liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o’zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatni sifatli ta’limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o’rganishni muhimligini ko’rsatib berdi. Talabalarning kasbiy shakllanish jarayonini o’rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo’naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko’rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxs va faoliyatning o’zaro aloqasi va o’zaro ta’siri jarayoni dinamik harakterga ega bo’lib, bu jarayon psixologiyada mutaxassis shaxsini shakllanishi muammosi doirasida o’rganilgan (Bodrov,1991; Zeyer, 2003; Klimov, 1986, 1996; Kondakov, Suxarev, 1989 ; Kudryavsev, 1981, 1985; Kudryavsev, Shegurov, 1983; Povarenkov, 1989; Rean, 2003; Safin, Nikov, 1984 va boshqalar). Bu muammoni o’rganishning muhim nuqtasi “professional (mutaxassis)”, “professionalizasiya (kasbiy shakllanish)”, “professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka” va “kasbiy yetuklik” tushunchalari hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, oxirgi tushuncha (“kasbiy yetuklik”) mehnat subyektining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanib, u mutaxassisning shakllanish (“professionalizasiya”) jarayoni va uning natijasi (“professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon bo’ladi. “Kasbiy yetuklik” tushunchasining mohiyati qator jahon psixologlarining (Derkach, 2002; Derkach, Zazыkin, 1998; Zeyer, 2003; Noskova, 2000; Povarenkov, 1999; Rean, 2003; Tolochek, 2005) tadqiqotlarida o’rganilgan, lekin mehnat subyektining bu xususiyatlarini shakllanish jarayoni, uning kasbiy faoliyatda namoyon bo’lishini o’ziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini shakllanishining boshqa komponentlar bilan o’zaro aloqasini harakterli tomonlari hali yetarlicha o’rganilmagan. Bizga ma’lumki, aynan talabalik davridan boshlab shaxsning kasbiy shakllanish, kasbga yo’nalganlik shakllana boshladi. Talabaning kasbiy shakllanishi va yo’nalganligi muammosi ko’pgina mualliflar tomonidan ko’rib chiqilgan. Psixolog M.G. Davletshin kasb tanlashni uch bosqichdan kelib chiqqan xolda shaxsning kasb-hunarga yaroqligi (layoqati) ning ichki tomonlarini ochishga harakat qiladi. A) kadr tanlash davrida shaxsning umumiy yaroqligi (layoqati); B) kasb-hunar tanlashda uning qaysi kasb turiga loyiqligi; V) kasbga o’rgatishda shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatining mavjudligi haqidagi savollarga javob olishga intiladi. Mualifning fikricha, o’spirinning kasbga yaroqliligini aniqlanganda uch muhim narsaga e’tibor qilish maqsadga muvofiqdir: kasbga munosabat, qobiliyat, ko’nikma va malakalardan iboratdir. Talabalik davri o’spirinlik davrining o’ziga xos murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi, chunki aynan mana shu davrda shaxsda kasbiy bilim, ko’nikmalar bilan bir qatorda mhim kasbiy sifatlar ham tarkib topib boradi. Talabalik davrida kasbiy sifatlarning shakllanishi muammosi qator tadqiqotlar doirasida o’rganilgan. Ko’pgina jahon va xorij olimlarining ta’kidlashicha, bugungi kunda kasbiy sifatlarni shakllanishi o’zining ahamiyatlilik darajasiga ko’ra inson ehtiyojlari orasida birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Bu muammo ijtimoiy nazariya va amaliyotning muammolari majmuasi bilan bog’liq bo’lib, psixologiyaning markaziy qismidan joy olgan. Talabalardagi kasbiy sifatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy sharoitlar ta’sirida o’zgaruvchi alohida turlari tadqiq qilingan. Zamonaviy tadqiqotlarda talabalardagi kasbiy sifatlar shaxs kasbiy taraqqiyotining asosiy mezoni va mehnat subyektining yetakchi harakteri sifatida ajratib ko’rsatilmoqda. Ushbu nuqtai nazar jahon psixologiyasidagi mavjud kasbiy taraqqiyot mezonlarini hodimning samarali faoliyati darajasidan mutaxassisning xarakteristikasi darajasigacha rivojlanishini mantiqiy yoritilishi deb hisoblanadi. Mutaxassis mehnat subyekti sifatida xodimdan farqli ravishda uning o’zi faoliyat maqsadini qo’yadi, unga erishish yo’li va vositalarini aniqlaydi, faoliyat natijasiga nisbatan ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. U faoliyatni to’liq boshqaradi, turli amaliy vaziyatlardan chiqish yo’llarini biladi, faoliyatni tashkil qilish, uning o’zgarishi va taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga egadir. Talabalarning kasbiy shakllanishida kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo’lishining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagini anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta’minlash uchun bo’lajak mutaxassis, ya’ni talaba doimiy rivojlanishda bo’lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o’zining mavqyeini tahlil qilib borishi lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo’nalishi shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish hisoblanadi. Kasbiy shakllanish talabaning mutaxassisga aylanishi sifatida insonning o’zi haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqyei haqidagi tasavvurlarining o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda aytadigan bo’lsak – shaxsning kasbiy o’z-o’zini anglashi bilan hamohanglikda kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar yaqqol namoyon bo’ladi. Xorij manbalarida talabalardagi kasbiy sifatlarni shakllanishi muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita yo’nalish ko’rsatib o’tilgan: birinchisi, kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o’z ustida ishlashiga yo’naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari va omillariga yo’naltirilgandir. Masalan, M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq talabalardagi kasbiy sifatlar va individning kasbiy shakllanishi orasidagi bog’liqlik haqida yozib qoldirgan. Shu bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassisning kasbiy shakllanishi o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan murakkab jarayon sifatida ko’rib chiqilgan: kasbiy treninglar, faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo’yiladigan talablar va standartlarni o’zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor normalarini tushunish. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar bilan o’zaro hamkorlik individga o’zi egallab turgan kasbning aniq standartlarini o’zlashtirish imkonini beradi. Kasbiy me’yorlarga amal qilish individdagi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishga va o’z mavqyeini uzoq vaqt saqlab turishga zamin hozirlaydi. Shunday ekan, talabada muayyan bir kasbga qo’yiladigan talablar asosida muhim kasbiy sifatlarni shakllanishiga, bilim,ko’nikma, malakalarni tarkib topib borishiga zamin hozirlanishi lozim. R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida, ya’ni talabalarni kasbga tayyorlash davomida kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarning shakllanish jarayoni talabaga kasbiy o’z-o’zini boshqarish imkonini beruvchi kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi. K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg’uni o’z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o’rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar yuzasidan maxsus bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur. Ye.N.Kiryanova talabalardagi kasbiy sifatlarni o’zgaruvchan kasbiy sharoitlarda ko’nikma va malakalarni shakllanganlik darajasi va keyinchalik kasbiy o’sish bilan shartlangan, muayyan bir bosqichda subyektning kasbiy mahorat darajasiga erishishni ta’minlovchi individual belgi, kasbiy shartlar va kasb mazmunining barqaror muvofiqligi sifatida tavsiflaydi. Olima tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, talabalardagi kasbiy sifatlar integral xarakterga ega va bo’lajak mutaxassislarning o’zgacha madaniyat doirasidagi kasbiy faoliyatga moslashishlarini universal asosi hisoblanadi. Bu kasbiy sifatlarning ko’p komponentli ekanligi haqidagi xulosani keltirib chiqaradi. Shaxsdagi kasbiy mahoratning yuqori darajasi bilan bir qatorda yangicha sharoitdagi ish joyida ko’nikma va malakalarni qo’llash qobiliyati tarkibiga kommunikativ qobiliyatlar, emosional-irodaviy sohaning shakllanganligi, faollik, sobitqadamlik, keskinlik, stressga barqarorlik, qolaversa, mehnat jamoasining axloqiy normalariga amal qilish kiradi. Yuqoridagilarni hisobga olib, talabalardagi kasbiy identifikasiyani o’zida kasblar dunyosiga yo’nalganlik va o’zaro ta’sirni ta’minlovchi, kasbiy faoliyatda shaxsning potensialini to’liq amalga oshiruvchi, qolaversa, tanlangan kasbning natijasini hamda taraqqiyot yo’nalishini oldindan ko’ra biluvchi shaxsning kognitiv, motivasion va axloqiy xarakteristikalarini mujassamlashtirgan integrativ tushuncha deb hisoblasak bo’ladi. Muayyan bir axloqiy va motivasion tizimdagi, qolaversa, shaxsiy kasbiga nisbatan subyektiv munosabatlar bilan hamohang tarzda kechuvchi shaxsning mehnat jamoasida tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari kasbiy identifikasiyaning asosini tashkil qiladi. Bu g’oyalar talabalardagi kasbiy identifikasiya kognitiv-motivasion va axloqiy komponentlar bilan yaxlitlikni tashkil qilishi ko’rsatib berilgan va empirik tadqiqotlarda o’z isbotini topgan. Kasbiy identifikasiyaning kognitiv komponentiga nisbatan an’anaviy yondashuv D.N.Zavalishinaning yozishicha, talabalarning mutaxassislar guruhidagi normalar, qadriyatlar va a’analarni, zaruriy bilimlarni o’zlashtirishi bilan belgilanadi. Ushbu voqyelik kasbiy identifikasiya sifatida namoyon bo’ladi: “...Hyech qanday kasbiy faoliyat va shaxsiy taraqqiyot kasblar dunyosini va o’z-o’zini anglashga yo’naltirilgan subyektning kognitiv faolligisiz amalga oshmaydi”. Kasbiy identifikasiya mutaxassis shaxsining shakllanishidagi muhim mezonlardan biri hisoblanib, talabalarning kelajakdagi kasbiy taraqqiyoti, kasbiy o’z-o’zini anglashi uchun muhim vazifani bajaradi. Talabaning kasbiy shakllanish jarayonida uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida tarkibiy qismlari hamda strukturasini o’zgarishini muhim manbasi bo’lib aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yo’nalganlik hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va alohida faoliyat tarkibiy qismlarining mazmuni hamda ko’zlangan natijaga erishish uchun psixik zo’riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham talabaning psixik taraqqiyoti manbasi bo’lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi predmetli faoliyat motivlarining shakllanish va aniqlashtirilish jarayoni, uning mehnat jarayonining har bir bosqichida o’zgarishlarni aniq bir fazasini bosib o’tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo’nalganligiga, psixik va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivasion-ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog’liqdir (Bodrov, Bessonova, 2005). Talabaning kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish jarayoni faoliyatning operasional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarining o’zaro aloqasi va mazmunini o’zlashtirishni o’z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o’zi haqidagi tasavvurlarning (Men-konsepsiyasi), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis modelining namunasini shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. Ko’rsatib o’tilgan subyektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o’z aksini topgan bo’lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to’liq integrasiyasiga yo’l qo’ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun to’siq bo’lib xizmat qilishi ham mumkin”, degan g’oyani tasdiqlaydilar (A.Rean, 2003). Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bilan muvofiq bo’ladi. Talabaning psixik sohasini o’rganish natijalari mutaxassis shaxsi shakllanishini boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning rivojlanish holatini aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, mehnat faoliyatining shaxsga ta’siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari darajasini aniqlab beradi. Talabaning kasbiy shakllanishi, o’zining hayotiy pozisiyasiga, maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo’lgan mutaxassis shaxsining shakllanishi subyektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini yengib o’tishi, faoliyat determinantlari ta’sirida uning hayotga psixologik qarashlarining o’zgarishi natijasi hisoblanadi. Mutaxassis shaxsining shakllanishini o’ziga xos xususiyatlari talabaning kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv talabaning bo’lajak kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganish asosiga qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko’rib chiqiladi. U faqatgina shaxs taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o’rganishga qaratilgan bo’lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro’li kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini prognozlaydi. Ommaviy va obro’li kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy talablar harakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlandi. Professiogenezning markaziy nuqtasida talabaning kasbiy shakllanishi va uni bir necha jihatlarini keng ko’lamda ko’rib chiqish turadi: Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu talabaning faollik darajasiga bog’liq va yetakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo’ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi. Ikkinchidan, subyekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning o’zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo’llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon bo’ladi. Uchinchidan, subyektning kasbiy o’z-o’zini anglashi, o’z-o’zini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishga zamin tayyorlaydigan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namyon bo’ladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o’zini-o’zi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog’liq bo’ladi. To’rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo’ladi va harakterlanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko’rib chiqiladi (Abulxanova-Slavskaya, 1991; Ananyev, 1981; Bodrov, 1991; Klimov, 1988; Markova, 1996 va boshqalar). Yuqorida ko’rsatilgan professiogenezning o’ziga xos xususiyatlari bo’lajak mutaxassis-talaba shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, talabaning kasbiy kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. Shaxs strukturasining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog’liq ravishda shaxsga nisbatan qo’yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonini yangi qirralarini o’rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan bo’lib, uning negizida talabalardagi kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi (Bodrov, 1995; Bodrov, Pisarenko, 1994). To’rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya’ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning o’zaro ichki aloqalarini namoyon bo’lish darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi iyerarxik munosabatlarni xarakterga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis bo’lib yetishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo’nalganligi psixik mavqye jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo’yiladigan talablarga muvofiq tarzda rivojlanganligi bo’lajak mutaxassislarning kontengentini to’liq shaklda aniqlab bera olmaydi. Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, xarakter jihatdan va o’zaro chambarchas bog’liq holda o’zgarishi aniqlangan bo’lib, bular kursantlarga qo’yiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan bog’liq: o’quv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti va mazmuniga nisbatan adekvatlik darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Щardakov bo’yicha) individual funksional moyilligi bilan belgilanadi. Kursantlarning turli ta’lim bosqichida alohida kasbiy muhim xususiyatlarini namoyon bo’lish darajasi ko’rsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o’zgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir o’quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta’sirida aks etishi joriy qilingan. Ta’lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan bo’lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidagi passiv qobiliyatlar strukturasiga bog’liq ravishda o’zgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo’lib, to’rtinchi kursga kelganda-yetakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar strukturasida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor (yetakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni past va yuqori o’zlashtirish darajasiga bog’liq holda namoyon bo’lishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar borligini ko’rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo’lgan kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada bo’lgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni o’zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug’diruvchi konservativ, qattiqqo’llik tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o’ziga xosligida aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rnatish jarayoni kasbiy muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integrasiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda to’liq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar mutaxassislarni kasbiy yetuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab beradi. Talabaning kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi professionalizm, malakaga, kompetentlikka va yetuklikka intilishida mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har bir kasbiy shakllanganlikning o’ziga xos xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. Bo’lajak mutaxassis-talabani yetuk shaxsga aylanishi subyektning faqatgina kasbiy taraqqiyoti bosqichida amalga oshmaydi. Umuman olganda, shaxs butun umri davomida komillik sari odimlaydi, ya’ni shaxsning ma’naviy-axloqiy, etik, psixologik dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari jamiyat talablariga muvofiq ravishda shakllanib boradi. Talaba shaxsining kasbiy faoliyat jarayoniga jalb qilinganligi uni yangi talablarga muvofiq ravishda shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, motivasion-qadriyatlar tizimini, mehnat ustanovkalarini shakllanishida, hayot mazmunini va faoliyatni korreksiya qilishda aks etadi. Umuman olganda, kasbiy faoliyat uchun mehnat samaradorligini, ishonchliligini va xavfsizligi ta’minlash bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning mehnatda rivojlanishiga, talabalarda “Men-bo’lajak mutaxassisman” konsepsiyasining shakllanishiga, o’zini-o’zi tasdiqlashga, o’z imkoniyatlarini namoyon qilishga va ijtimoiy muhit hamda mehnat jamoasiga to’liq moslashishga zamin hozirlaydigan talabaning shaxsiy va kasbiy sifatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda kasbiy sifatlarni shakllantirish. Bo’lajak pedagoglarning yaxshi tashkilotchi, uddaburon xodim, adolatli rahbar, tadbirkor mutaxassis bo’lishlari uchun ularda atrofdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini tezda payqab olish, insonlarning xulq-atvorini xatti-harakatlarini tahlil qila olish boshqalar qobiliyati, tashkilotchilikka xos bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallash, atrofdagi odamlarga so’z va ifoda kuchi bilan ta’sir etish, tashkil qilinayotgan har bir guruh a’zosining o’ziga xos xususiyatlarini mos munosabat usullarini tanlay olish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak. Pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning kasbiy sifatlarini rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi vazifalarni tavsiya qilamiz: bo’lajak pedagoglarda kasbiga moyillikni mavjud yoki mavjud emasligini 1 kursdanoq aniqlash talabalarda kasbiy moyillikni aniqlagach, ularni kasbiy sifatlarini rivojlantirish. So’nggi yillarda oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan keng ishlar amalga oshirilmoqda. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashni kuchaytirish, ixtisoslikka doir fanlarni chuqur o’rganish va pedagogik mahoratni egallash nazariy bilimlarni amaliyot bilan olib borishga o’rganish, tashkilotchilik qobiliyatlarini oshirishga e’tibor kuchaydi. Shuningdek zamonaviy pedagoglarga pedagogika psixologiyaga doir fanlarni o’rgatish yanada kuchaydi. 1. 2. Talabalarda kasb odobini takomillashtirish Oliy maktabda talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lajak mutaxassislarda kasb odobini shakllantirishdan iborat. Bu tanlagan kasbiga muhabbatni o’stirish, kasb odobiga xos axloqiy tushunchalar, xulqiy normalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Masalan, talabalar ongida pedagogik kasb odobini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar, pedagogika va psixologiya hamda ixtisos fanlari kafedralari muhim rol o’ynaydi. Chunki o’qituvchi odobi pedagogika va psixologiyani, shuningdek, ixtisoslik fanlarini o’rganish natijasida, pedagogik kasbni bevosita amalda egallab olish tufayli shakllanadi. Pedagogik kasblarni tanlagan talabalar birinchi semestr davomida “O’qituvchilik ixtisosiga kirish” ni o’rganadilar. Bu kursning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pedagogik kasbning shaxsiy va ijtimoiy qimmati, ahamiyatini, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan demokratik jamiyatda uning o’rni, vazifalari va xususiyatlarini ochib berish; o’qituvchini pedagogik faoliyatga tayyorlashning tizimi, mazmuni, shakl va metodlarini bayon etish; oliy maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishini, mustaqil ishlash metodikasini o’rganishdan iborat. “O’qituvchilik ixtisosiga kirish” kursini o’rganish pedagogik kasbning mohiyatini chuqur anglashga, mustaqil o’qish, ilmiy ishlar, jamoat ishlarida ongli ravishda va faol qatnashishga yordam beradi. Bu fanni o’rganish bo’lajak o’qituvchilarning faoliyati va tafakkurini professional-pedagogik yo’nalishda shakllantirishga, oliy maktabda ta’lim olish sharoitlariga ko’nikish hosil qilishlariga imkon beradi. Ayrim oliy o’quv yurtlarida ikkinchi kursdan boshlab o’qituvchi odobini shakllantirishga yordam beradigan maxsus fanlar o’qitiladi. Masalan, “pedagogik etika” o’qituvchi odobidan fakultativ mashg’ulotlar o’tkaziladi. Unda pedagogik kasbning axloqiy xarakteri, o’qituvchi odobining tushunchalari, norma va qoidalari bayon etiladi. Bu bo’lajak mutaxassislarni ma’naviy-axloqiy jihatdan mukammal shakllantirishga yordam beradi. Talabalarda o’qituvchi odobini shakllantirish pedagogika va psixologiya hamda ixtisoslik fanlarini o’qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Bu fanlardan o’qitilayotgan mavzularning mazmuni bilan bog’liq ravishda talabalarning e’tibori kasbiy axloq-odob masalalariga jalb etiladi. Istiqbolli rejalarning ba’zilarida oliy o’quv yurtini bitirib maktablarda, o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurtlarida, korxonalarda ishlayotgan kishilar bilan uchrashuvlar, ularning professional malakasini oshirishga yordam beradigan boshqa tadbirlar ham mo’ljallanadi. Bu oliy maktabni bitirib chiqqan kishilar bilan uchrashuvlar, ularning professional malakasini oshirishga yorda beradigan boshqa tadbirlar ham mo’ljallanadi. Bu ish alohida diqqatga sazovordir. Chunki u mutaxassislar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan barcha ishlar natijasining samaradorligini aniqlashga, xususan universitetni tamomlab chiqqan yosh o’qituvchilarning axloqiy sifatlari shu kundagi talablarga qay darajada mos kelishini aniqlashga yordam beradi. Talabalarning barkamol shaxs sifatida rivojlanishi – uning faolligiga bog’liq. Talabalar bajaradigan kasbiy o’quv-biluv mehnati, ijtimoiy foydali ishlar, unumli mehnat yoshlarda kasbiy malaka va ko’nikmalarni, qobiliyat va xarakterni, boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. O’qish va ijtimoiy foydali mehnat natijasida shaxsning fuqarolik qiyofasi tarbiyalanadi, shaxs va jamiyat manfaati yo’lida xizmat qilish ko’nikmasi hosil bo’ladi, mehnatga va mulkka munosabat hissi rivojlanadi.Faoliyatning barcha turlarida izchil qatnashish talabaning mustaqilligi va ijtimoiy faolligini oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi, ularda professional-kasbiy sifatlar va axloqiy fazilatlarni o’stirishga imkon beradi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi ma’naviy yetuklik hamda pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqyeni ifodalaydi. Pedagogik mahoratning asosini pedagogik bilimdonlik tashkil etadi. Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar, normalar, standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belglanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi. Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta’lim va tarbiya ishida insoniyat to’plagan barcha tajribalardan rasional foydalanish qobiliyatini ko’zda tutar ekan, demak u yetarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo’ladi. Kasbiy-pedagogik bilimdonlikni bosh ko’rsatkichi, bu insonga , shaxsga yo’nalganlikdir. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqyelikni izchil idrok eta olish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi. Bilimdonlik oliy maktab o’qituvchisi uchun o’ta muhim bo’lgan 3 ta holat bilan bog’langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi: damlar bilan o’zaro aloqada bo’lishda, madaniy muloqotda bo’lish; fan sohasi bo’yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o’qitish mazmuniga moslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydaalana olish; o’quv axborotlarini boshqalarga bera olish. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan 4 ta komponenti bilan xarakterlanadi: shaxsga, insonga yo’nalganlik - pedagogik voqyelikni izchil idrok etish; - fan sohasiga yo’nalganlik - pedagogik texnologiyalarni egallash Hozirgi ta’lim jarayonida kasbiy-pedagogik bilimdonlik yana 3 komponent bilan to’ldiriladi: Bilimdonlik, umuman, o’z faoliyatini jahon pedagogik madaniyatini darajasida ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati hamda unga va Vatanimizdagi pedagogikaga integrasiyalasha olish Z safdoshi vazifasi va innovasion tajribalar bilan o’zaro samarali munosabat o’rnatish qobiliyati z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida namoyon bo’ladi. Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi. Kreativlik- bu kasbiy hayot usuli, ko’p qirrali ta’lim jarayoni va tizimining maqsadlari, mazmuni, texnologiyalari sathida yangi pedagogik voqyelikni yaratish istagi va malakasidir. Kreativlik o’qituvchiga innovasion o’zgarishlar oqimiga moslashib olishiga yordam beradi. Har qanday darajadagi kasbiy bilimdon pedagogik refleksiyaga qodirdir. Refleksiya – fikrlashning maxsus usuli bo’lib, pedagogik voqyelikka, tarixiy-pedagogik tajribaga, muayyan kasbiy mavqyening tashuvchisi bo’lgan o’z shaxsiyatiga qayta nazar tashlashdir. Yuqoridagi kasbiy pedagogik bilimdonlikni tashkil etuvchi barcha komponentlar murakkab tuzilmani hosil qilib, mutaxaxassisning “ideal modeli”ni shakllantira boradi va natijada zich birlashib ketadi hamda o’qituvchi shaxsi faoliyati tavsifini belgilaydi. Bilimdonlik faqat faoliyat jarayonida va faqat konkret kasb doirasida namoyon bo’ladi va baholanadi. Talabalarni kasbiy yo’naltirish oliy maktab oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifalardan biridir. Shunday ekan, talabalarni kasbiy sifatlarini shakllantirish va kasbiy –pedagogik muloqotini hamda kasbiy bilimdonligini rivojlantirish zarur. Kasbiy – pedagogik muloqot – Pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro ijtimoiy psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o’zaro munosabatlarni tashkil etish hisoblanadi. Kasbiy bilimdonlik- pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy tayyorlik birligi. Kasbiy tayyorgarlik – bo’lajak mutaxassislarning psixologik, psixo fiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorligi xisoblanadi. Ushbu yuqoridagi xislatlarni talaba-yoshlarda shakllantirish va takomillashtirish zamonaviy yetuk mutaxassislarni barkamol tayyorlashning asosi, poydevoridir. 8-Mavzu. Oliy tuyg’u va irodaviy sifatlarni shakllantirish Reja: 1.Oliy tuyg’ular klassifikasiyasi. Aqliy, intellektual - estetik va praksis hislar 2. Talabalarda oliy hislarni tarbiyalash, ularni normalarini o’zlashtirish. 3. Talabalarning irodaviy sifatlarni o’z-o’zida tarbiyalash xususiyatlari Talabalarning oliy hislari ilmiy dunyoqarash asosida ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligiga bog’liq ravishda, o’zlashtirilgan hayot normalarining buzilishi yoki-bajarilishiga bog’liq ravishda yuzaga keladi. Oliy hislar orasida axloqiy-siyosiy, intellektual va estetik hislar muhim o’rin tutadi. Vatanni sevish, o’qishni, o’z o’quv yurtini, o’z kasbini sevish, baynalminallik hissi va boshqalar talabalarning axloqiy, siyosiy hislariga kiradi. Ular talabaning dunyoqarashi, axloqiy maslaklari, qarashlari bilan chambarchas bog’liq. Talabalarning aqliy hislari, aqliy bilish faoliyati, ayniqsa yangi qiyin vazifalarni hal qilish jarayonida yaqqol ko’rinadi. Intellektual hislarga: yangilikni his qilish, qiziquvchanlik, hayron qolish, hayratga tushish, topilgan yechimdan qoniqish, shubhalanish kiradi. Intellektual hislar bilimlarni o’zlashtirish jarayonida, talabalarning barcha o’quv ishlarida muhim o’rin egallaydi, ular fikrlashga undaydi, predmet va hodisalarning faoliyatini anglashga yordam beradi. Estetik hislar borliqqa estetik munosabatning ko’rinishidir. Estetik hislar turlicha: qoniqish, zavqlanish, qahramonlikni his qilish, nafratlanishni his qilish va boshqalar kiradi. Bu hislar talabalar faoliyatini faollashtiradi, ta’limning zarurligini tushunish imkonini beradi, o’rtoqlarining nojo’ya harakatlarini muhokama qilish, punktual bo’lishga chorlaydi va xonaning tozaligiga e’tibor berishga, o’quv va boshqa vazifalarni aniq va to’g’ri bajarish imkonini beradi. Talabalarda oliy hislarni qanday qilib rivojlantirish mumkin degan savol tug’iladi? Birinchi navbatda chuqur bilim olish orqali rivojlantirish mumkin. Talabalar orasida o’rtoqlik va do’stlik munosabatlarini shakllantirish ham muhim axamiyatga ega. O’rtoqlik va do’stlik hislari ularning kayfiyatini ko’taradi, qiyinchiliklarni yengishga va yaxshi intilishni kuchaytiradi. Axloqiy va estetik hislarning rivojlanishiga auditoriyaning bezatilishi, yotoqxonadagi tozalik ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Talabalarning iroda va irodaviy hislatlari doimo faoliyatda, o’qishdagi qiyinchiliklarni yengishda, yakuniy nazorat topshirish, diplom ishlarini himoya qilish kabi qiyin vaziyatlarda ko’rinadi. Talabalarning irodaviy xislatlarida shaxsining faolligi, o’z-o’zini boshqarish qobiliyati, o’z xulq-atvorini boshqarishda ko’rinadi. Talabalarni irodaviy tayyorlashda irodani namoyon qilishga ijobiy motivlarning ortishi, irodaviy xulq-atvor tajribasini egallash, o’z-o’zini tarbiyalashda maqsadga intiluvchanlik muhim rol o’ynaydi. Axloqiy-ma’naviy jihatdan barkamol inson sifatida shakllanishning muhim shartlaridan biri bu axloqiy o’z-o’zini anglashdir. E.G’.G’oziyev, V.A.Tokareva rahbarligida B.T.Gappirov «Talabalarda axloqiy o’z-o’zini anglashning o’quv jarayonidagi dinamik taraqqiyoti» mavzuidagi nomzodlik dissertasiyasida bu muammoni har tomonlama o’rgangan. (8) Muallifning ta’kidlashicha, axloqiy o’z-o’zini anglash taraqqiyotining kurslararo dinamikasi talabaning subyekt sifatida o’zgarishi bilan belgilanadi. Xuddi mana shu subyektlilikning o’zgarishi shaxsning o’z-o’ziga nisbatan munosabatini keskin o’zgartiradi. Axloqiy o’z-o’zini anglashning taraqqiyoti subyektlilik, o’zlik va Menlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqning dinamikasida aks etadi. Talabalar faoliyatining sharoitlari, vazifalari, ularning hissiy jarayonlarida aks etadi. Talabaning hissiyoti uning ichki dunyosini boyitadi, uning idrokini yorqin va mazmunli qiladi, faollikka undaydi, qiyinchiliklarni yengishga undaydi. Fanda hissiy holatlarda organizmdagi o’zgarishlar yaxshi o’rganilgan. Talabalar faoliyatida, ayniqsa, zo’riqish paytlarida /oliy o’quv yurtiga topshirayotgan, davlat imtihonlari va hokazo/ hissiyot maqsadga erishishda va kuchlarni bir joyga to’plashda muhim o’rin egallaydi, psixik faollikka undovchi va kuchaytiruvchi o’ziga xos regulyator vazifasini bajaradi. O’quv va jamoat vazifalarini bajarish qaror qabul qilish, qiyinchiliklarni yengish, o’zini boshqarish irodani talab qiladi. Shuning uchun o’zini boshqarish talabalar faoliyatlarini muvaffaqiyatli bajarishning psixologik zaminidir.
Talabaning psixik holati - bu psixikasining vaqtinchalik holati bo’lib, psixik jarayonlar kechishiga va shaxs xususiyatlari namoyon bo’lishida ta’sir ko’rsatadi. Psixik holatlar, faoliyatda mustahkamlanib, shaxsning mustahkam xislatiga aylanishi mumkin. Talabalar faoliyatiga ta’sir qiladigan holatlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
Talabaning ijobiy hissiy holatlarini qo’llab- quvvatlashda o’qituvchining roli qatta. Talabani tushunish, harakatlarning rejaliligi, o’ylanganligi ularda ijobiy psixik holatlarni saqlab qolishga yordam beradi. Talabalar psixik holatlari, sabablari va mohiyatini bilgan holda, o’qituvchining talabalar faoliyatini boshqarish mahsuldor bo’lishi mumkin. 8.1- Mavzu: Talabalik davrida irodaviy sifatlarni shakllanayotganligining psixologik asoslari Reja: Psixologiyada iroda muammosi Shaxsda irodaviy sifatlarni shakllanishi Talabalik davrida irodaviy sifatlarni namoyon bo’lishi Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan irodasi baquvvat iymoni butun hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. I.A.Karimov Mustaqillik tufayli o’z taraqqiyot yo’lidan borayotgan O’zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo’layotgan voqyea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. I.A.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 14-sessiyasida “Biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan atrofda sodir bo’layotgan voqyea hodisalarga mustaqil yondashadigan har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak” deb ta’kidlaganlar. O’zbekiston Respulikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ta’lim muassasalarida joriy etish bo’yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ular qatorida ta’lim samaradorligini oshirish uchun o’quvchi-yoshlarda irodaviy sifatlarni tarkib toptirish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu borada shunday deydi: “Erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o’z haq-huquqlarini taniydigan o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan. Atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”. O’smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi bo’lib, bu davrda g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y beradi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror mustahkam iz qoldiruvchi ijobiy xislatlar namoyon bo’ladi. Bu xislatlar sirasiga irodaviy sifatlarni kiritish lozim. Psixologiyada iroda muammosi Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni bilibgina qolmay, balki faol harakat qilib bu narsa va hodisalarni o’zgartiradi. Odam o’zining faol harakatlari jarayonida tabiatni o’ziga va o’zining ehtiyojlariga bo’ysundiradi. Umuman odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz ko’pincha impulsiv tarzda ya’ni reflekor tarzda yuzaga keladi. Masalan yo’talish, chuchkurish, ko’z qovog’ining ochib yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi ixtiyorsiz idrok ixtiyorsiz diqqat ixtiyorsiz esda olib qolish ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harkatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda faqat jismoniy harakatlargina emas balki aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib iroda deganda biz oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Gumanitar ya’ni inson muammolariga e’tiborni ortishi bilan o’z-o’zidan irodani o’rganish ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. 17-19 asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida 20- asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanining muhim tushunchasi deb e’tirof etgan. Uning fikricha iroda insonning xulq-atvorini o’zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omili sifatida ko’rsatadi. Irodani tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, inson muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga keldi. 18-asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o’tganidek faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo’lishi deb tushuntirish mumkin uni shaxsiy kuch-quvvatning hissiy intilish, Spinozaning fikricha iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug’ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V. Vuntning fikricha irodaning negizida appersepsiya aktining subyekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsesiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya orasiga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlarni ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydi. Har qanday g’oya dastlab dinamik xarakterga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat markazi g’oyaning boshqasi ustidan ustivorligini ta’minlashdan iboratdir. Psixologiyada yetarli darajada kat’iy fikr qaror topganki, iroda bu insonning qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan ongli faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo’ya olish qobiliyati o’z emosiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiradi. V. I. Selivanov tomonidan irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar chiqaradi: A) iroda – bu shaxsning faoliyatini va tashqi olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir B) iroda – insonning yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir V) iroda – bu amaliy ong o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam shaxsning o’zini ongli idora qilishdir G) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatdir, ammo qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari suradi, inson ongini jarayonlar holatlar xislatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra u bir davrning o’zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek harakat ma’nosining o’zgarishi hisobiga uni tormozlovchi yoki qo’shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluvi esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko’rinishlarining bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o’zgarishi orqali amalga oshirilishi ta’kidlaniladi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki iroda shaxsning o’z oldiga qo’ygan qiyinchiliklarni yengib o’tishida namoyon bo’lish bilan belgilanadi. Shaxsda irodaviy sifatlarni shakllanishi Psixologiya fanida irodani tushunish ta’riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganday irodaviy sifatlarning ma’noviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan V.A.Kruteskiy o’z asarlarida irodaviy sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. P.M.Yakobson bo’lsa irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, o’zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy sifatlar sirasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi ya’ni sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik, dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik. Psixolog V.K.Kalin yuqoridagilarga muvofiq ravishda irodaviy sifatlarni tasniflashga qaror qiladi. Uning nuqtai nazaricha bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi ammo bunda uning intellektual va ahloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon bo’lishini tanlaydi. A) faollik darajasini ortishi B) zarur bo’lgan faollik darajasini quvvatlash V) faollik darajasini pasayishi Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza uchun tavsiya qiladi ya’ni g’ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonlarda intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo’lmaydi, qaysiki hal qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi va harakatni kuchaytirish, quvvatlash, pasaytirish to’g’risidagi komanda beriladi. V.K.Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko’nikmalar, emosiya va intellektning paydo bo’lishi mujassamlashadi. Muallif qat’iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vaholanki uning fikricha u o’ziga mahliyo qiladigan his-tuyg’ularni yengishdan shuningdek, rad etilgan variantlardan ishonchsizlikni to’sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi. Chunki ularda obyektning to’planganligi ifodasi o’z aksini topgan ravshan hayotiy qadr-qimmat mujassamlashgan. Chidamlilik tavsifida «qo’shimcha impulslar», «qo’shimcha irodaviy zo’r berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat» jabhalari ifodasining o’rni mavjud. Chidamlilikka turtki xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tushish hollari uchraydi. Ye.P.Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifatida chidamlilikdan keyin joylashgan bo’lib quyidagi ta’rifga ega «Tirishqoqlik- qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan maqsadga erishish yo’lida uzluksiz ravishda intilishning paydo bo’lishidir». Kishining irodasi o’z sifatlari ya’ni kuchi, ahloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Iroda ma’lum kuchga ega bo’ladi, ba’zi hollarda irodasi kuchli boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo’ladi. Kuchli irodaga kosmanavtlarning irodasi misol bo’ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning arzimas qiyinchiliklarning yenga olmasligida ko’rinadi. Masalan biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o’zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi-o’zini tuta bilishda, jasurlik, qat’iyat, matonat va chidamlikda namoyon bo’ladi. O’zini tuta bilish-kishining oldiga qo’ygan maqsadlarning amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini yengishda ko’rinadigan irodadir. O’zini tuta bilish og’riq hissini toliqish qo’rquv va g’azabni yengishda namoyon bo’ladi. O’zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo’lgan reflekslarga odatlarga yo’l qo’ymaslikdir. Dalillik –kishilik hayoti va omonligi uchun xavfli bo’lgan qarshiliklarni yengishda ko’rinadigan kuchli iroda. Masalan parashyutchi har gal sakraganda dadillik qiladi. Dadillik o’zini tuta bilish bilan bog’liqdir. Mustaqillik irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo’ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki odam o’zining ish-harakatlarining tevarak atrofdagilarning tayziqi, tasodifiy, taassurotlar bilan emas balki o’z ishonch e’tiqodlarini bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish tutishi kerakligi haqida tasavvurlarga asoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama-qarshi tomoni ta’sirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki bunda odam o’zgalarning ta’siriga tez beriladi hamda uning harakat motivlari o’zida tarkib topgan xususiy qarashlar ishonch aqidalar asosida emas balki tashqaridan ko’rsatilgan ta’sir natijasi sifatida paydo bo’ladi. Qat’iyat uylab qo’yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi g’oyat muhim sifatdir. Qat’iylik odamdan uzoq vaqt davomida hyech bir pasaymaydigan irodaviy zo’r berish va kuch-quvvatni taqazo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayqirtirmaydi og’ishmay intila boradi. Qaysarlik odam oqilona asoslarga ega bo’lishiga qaramay harakat qilish illatida ilgari oz uylab qabul qilingan qarorardan voz kechish qobiliyatiga ega bo’lishdir. Qaysarlik sharoitga tik qaramay o’zgargan vaziyatga epchillik bilan moslasha olmaganlikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo’ladi. Har qanday irodaviy harakat dastavval odamda muayyan maqsadni ko’zlashni talab qiladi ya’ni odam irodaviy harakat jarayonida biror harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. Olis maqsadlarni ko’zlash ularning ijtimoiy qimmatga ega bo’lishi bu maqsadlarga erishish yo’lida zo’r berib intilish hohish sabotlilik va qat’iyat ko’rsatish irodaning yuksak sifatlarini ta’minlovchi tomonlaridir. Irodaviy harkatlarda oldindan mo’ljallangan va to’la anglab olingan intilish hohish bo’ladi. Kishida ayni bir vaqtning o’zida bir necha istak tug’ilishi mumkin. Shuningdek ayni bir istak ayni bir maqsadga erishish yo’li va erishish vositasi sifatida turlicha bo’la olishini tasavvur etish mumkin. Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo’l bo’lgan taqdirda ularning ma’qul va noma’qul ekanligi chamalab ko’riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi yoki belgilamovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi. “Motiv, - deb yozadi P.I.Ivanov. – kishi nima uchun o’z oldiga boshqa bir maqsadni emas balki ayni shu maqsadni qo’yishi kerak nima sababdan u o’z maqsadiga erishmoq uchun boshqa bir yo’llar bilan emas, balki xuddi shu yo’l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir”. Har bir kishi biror maqsad va unga erishish yo’llarini tanlaganda ma’lum darajada o’z dunyoqarashiga, e’tiqodiga, ahloqiy tamoyillariga, estetik didiga, shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlariga asoslanadi. Biror bir maqsad va uni amalga oshirish yo’llarini tanlash ba’zi paytda har xil kuch va har xil jozibaga bo’lgan bir qancha motivlar qatnashishi tufayli ichki kurash xarakterini kasb qiladi. Bu jarayon motivlar kurashi deyiladi. Ko’pincha motivlar kurash aql bilan hissiyotning o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Biror maqsadni tanlash jarayonida tafakkur, aqlga suyanib ish ko’rish- aqlli qaror deyiladi. Biror bir maqsadni tanlashda his-tuyg’ularga uning kuchi va jozibali ekanligiga berilib qarar qabul qilish esa hissiy qaror deyiladi. Demak motivlar kurash natijasida biror qarorga kelinadi. Qarorga kelish –ma’lum bir maqsad va bu maqsadni amalga oshirishning biron usuli yoki ma’lum yo’llari haqida biror fikrga kelish demakdir. Qarorga kelish bilan motivlar kurashi tugaydi. Qabul qilngan qarorni ijro etish irodaviy zo’r berish bilan bog’liqdir. Qabul qilingan qarorni ijro etish ko’pincha bir qancha ichki subyektiv va tashqi obyektiv qarshiliklarga duch keladi. Ichki subyektiv qarshiliklar har bir kishining o’ziga xos ma’lum bir holatidir. Bunda irodaviy zo’r berish vositasi bilan avvalo organizmning pasiv holatini o’zgartirib uni faol holatga keltirish lozim bo’ladi. Demak irodaviy faoliyat uchun xarakterli bo’lgan irodaviy zo’r berish qarama-qarshi motivlar o’rtasidagi ixtilof bo’lganda shuningdek qabul qilingan qarorni batamom ijro etish uchun tashqi obyektiv xarakterdagi qarshiliklarni yengish zarurati tug’ilganda yuzaga keladi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib quyidagi xulosalarni keltirib o’tish lozim: shaxsning maqsadlarga erishish yo’lida zo’r berib intilishi ularda mustaqillik, maqsadga intiluvchanlik, qat’iylilik, g’ayratlilik kabi yuksak irodaviy sifatlarni shakllanishiga olib keladi; shaxsning qiyinchiliklarni yengishdan bosh tortishiga intilishi, irodaviy kuch-g’ayrat ko’rsatishni qat’iy ravishda istamasligi natijasida irodaning sustligi kelib chiqishi mumkin; talabalik davridagi irodasizlik ko’pgina salbiy odatlarni shakllanishiga olib keladi. o’quv faoliyatida rolli o’yinlar usulini qo’llagan holda irodaviy sifatlarni shakllantirishga erishish lozim; 9-Mavzu. Kasbiy xususiyatlarning shakllanishida bilish jarayonining roli Reja: 1.Mutaxassis faoliyatini tashkil etishda psixik bilish jarayonlarining roli va o’rni. 2. Sezgi, tafakkur, idrok, xayol, xotira va nutqqa qo’yiladigan kasbiy talablar. 3. Kasbiy kuzatuvchanlikni shakllantirish. Talabalar faoliyatida bilish jarayonlari. Talabalar faoliyatida bilish jarayonlari /sezgi, idrok, xotira, tasavvur, hayol, tafakkur va nutq/ katta rol o’ynaydi. Yuqori sinf o’quvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqilligi, teranlik, ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib boradi. Talabalarda o’z-o’zini nazorat qilish, aql zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yuksak bosqichiga ko’tariladi. Oliy maktabdagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzishi, referat, annotasiya, tezis, seminarga hozirlik, kurs va diplom ishlari talabalardan mustaqillikni, ijodiy yondashishni /kreativlikni/, muammoli holatni murakkab pedagogik vaziyatni hal qilishni toqazo etadi. Ta’lim jarayonida fikr yuritish operasiyalaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi. Talabalar tafakkur shakllari /tushuncha, hukm, xulosa chiqarish/ning funksional va operasional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan foydalanish uchun barcha intellektual zaxiralarni ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha /yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, faraziy, inkor/ ko’rinishlaridan o’quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish shart-sharoitlari tug’iladi. Xulosa chiqarishning induktiv /xususiydan umumiyga fikrning yo’nalganligi/ va deduktiv /umumiydan xususiy holga fikrning qaratilganligi/ yo’llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatiga» intiladilar. Bu narsalarning barchasi tafakkurni rivojlantirishga o’z ta’sirini o’tkazadi. Hozirgi zamon talabalarining ijodiy tafakkur orqali vujudga keltirgan badiiy asarlari, taklif etilgan rasionalizatorlik takliflari xalq xo’jaligini yuksaltirish, mustaqil respublika fan va texnikasini rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarish uchui xizmat qilmoqda. Eng yuksak saviyada tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari va loyihalarni talaba tafakkurining namunalari hisoblanadi, shu boisdan ularning ilmiy darajasi yuqori bo’lganlari nomzodlik dissertasiyasiga taqdim etilmoqda. Talabalarning psixologik xususiyatlari. Talabalik davri o’spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo’lib, 17-22-25 yoshni o’z ichiga oladi va o’zining qator betakror xususiyatlar va qarama-qarpshliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan o’spirinlik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqyeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada o’spirinlik o’ziga xos ruhiy inqiroz- yoki tanglikni boshidan kechiradi, kattalarning har xil ko’rinishdagi /unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’iy nazar/ rollarini tez sur’atlar bilan bajarib ko’rishga intiladilar, turmush tarzining yangi jihatlariga ko’nika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarzining o’tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog’liq ravishda ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Talabalarga mustaqil ta’lim olish, o’z faoliyatini o’zi tashkil qilish, o’zini o’zi boshqarish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va hokazolar o’rgatiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili — monologik ma’ruzadan dialogik /talaba va uqituvchining muloqatiga asoslangan/ leksiyaga o’tishdir. Psixologlardan B.G. Ananyev, N.V. Kuzmina, N.F. Talizina, V.Ya. Lyaudis, I.S. Kon, V.T. Lisovskiy, A.A. Bodalev, A.V. Petrovskiy, M.G. Davletshin, I.I. Il’yasov, A.V. Dmitriyeva, Z.F. Yesareva, AA. Verbisk, V.A. Tokareva, E.G’.G’oziyev, R.Z.Gaynuddinov va boshqalarning tadqiqotlariga ko’ra, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun qiyin kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, hislatlari sifatlari, takomillashadi. Mazkur yoshdagi ijtimoiy psixologik o’sishning xususiyatlaridan biri o’qish motivlari kuchayadi. Talabalarda axloqiy jarayonlarning o’sishi sust amalg’a oshsa-da, lekin xulqining eng muhim sifatlari — mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik, va hokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, vokelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi. Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatini o’zini -o’zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol o’ynaydi, lekin o’zini, boshqarishning tarkibiy qismlari /o’zini-o’zi nazorat qilish, tahlil qilish, baholash va tekshirish va boshqalar/ ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal /yuksak, barqaror, barkamol/ 'men"ni real /aniq voqyea/ "men" bilan taqqoslash orqali o’zini o’zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo’ladi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal "Men" ham muayyan Mezon asosida yetarli darajada tekshirib ko’rilmagan, shuning uchun ular goh, tasodifiy, g’ayri tabiiy his etilishi muqarrar, binobarin, real "Men" ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir, talaba shaxsining takomillashuvida bunday obyektiv qarama-qarshiliklar o’z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o’qishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. O’spirinlikniig ikkinchi davri xulqqa, voqyelikka baho berishda imkoniyatidan tashqari talab qo’yish va qat’iylik xususiyatlari bilan farqlanadi. Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bo’la olmaydilar. Ba’zi qat’iylilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning o’qituvchi tavsiyalarini inkor qilishi ko’pincha nizolarni keltirib chiqaradi. B.G.Ananyev rahbarligida o’tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan ma’lum bo’lishicha, talabalar kamolot topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari ularning aqliy imkoniyatlarini to’la ishga solish va sermahsul o’quv faoliyatini tashkil qilish uchun muhim imkoniyat shart-sharoit yaratadi. Yu.A.Samarinning ta’kidlashicha, yoshlarning kamol topishida har xil ijtimoiy psixologik xususiyatlar, qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud buladi. Bu hol talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomunosibligi tufayli sodir bo’ladi. 2. Talabalar tafakkurining xususiyatlari. Talabalarda yuqori sinf uquvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, ixchamlik, tashabuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib, yangi-yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda uz~o’zini nazorat qilish, uz-o’zini baholash, o’z~o’zshga anglash, o’z-o’zini boshqarish kabi aql-zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yangi yuksak bosqichiga ko’tariladi. Talabalarda tafakkurning rivojlanishida, ilmiy dunyoqarashning shakllanishida umum ta’limiy va ijtimoiy fanlar, jumladan tarix, falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya asoslari, madaniyatshunoslik, adabiyet, etika, estetika, psixologiya, pedagogika kabi o’quv predmetlari muxim rol o’ynaydi. Talabalar tafakkuri, asosan o’qish, amaliy mashgulot va mustaqil bilim olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma’ruza jarayoni ulardan reproduktiv /o’zlashtirilgan bilimlarga asoslanuvchi/ tafakkurni taqozo etsa ham talabalar aqliy mehnati, maqsadga yo’naltirilgan va muvofiqshtirilgan diqqati yordamida amalga oshiriladi. Oliy maktabdagi ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat, annotasiya, tezis, seminarga hozirlik, kurs va diplom ishlari talabadan mustaqillikni, ijodiy yondashishni kreativlikni muammoli holatni, murakkab pedagogik vaziyatni hal qilishni taqozo qiladi. Davlat o’quv rejasida ko’rsatilgan, dasturda ko’zda tutilgan materiallar va ilmiy ma’lumotlar o’zlashtirish bilim saviyasini kengaytirish bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muxim jihatlarini ajratishk o’zaro tahqoslash yo’li bilan, yani tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayenida fikr yuritish operasiyalaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga ketiradi. Talabalar tafakkuri shakllarining funksional va operasional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual rezervlarni ishga solishga harakat qiladi. Hukm chiqarishning barcha /yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, farazyy, inkor/ kurinishlaridan o’quv va mustaqil bilim olish faOliyatlarida foydalanish shart^sharoitlari tug’iladi. Xulosa chiqarishning induktiv /xususiy umumiy fikrning yunalganu\igi/ va deduktiv /umumiydan xususiy hollarga fikrning qaratilganligi/ yo’llarqdan muayyan tarzda bilish faoliyatida qo’llashga intiladilar. Tushunchalar /yakka, xususiy, umumiy, yaqqol, mavhum, to’planma/ mohiyatini anglagan holda ma’lumotlarni egallash bilimlarni anglagan holda barqarorligini ta’minlaydi. Oliy ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma’ruza, seminar mashg’uloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat, holatning tarkibiy qismlaridan tuzilgan bo’ladi. Ularni hal qilish ijodiy izlanishni vujudga keltiradi. Talaba o’spirinlik davri, ilk yoshlik davri o’zining ms’hsuldorligi, refleksiv /anglanganlik, ongli rejalashtira olishlik/ xususiyati bilan boshqa yosh davridagi odamlardan o’ziga xos ravishda ajralib turadi. Talabalik yillari ijodiy izlanishlar, aql-zakovat zahiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas: bu yosh davrida tafakkur sermahsul, sermazmun bosqichga ko’tarilib, yaratish, ixtiro, ijod va kayfiyat qilish arafasida turadi. Oliy ta’limda o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni ishlab chiqarishga, amaliyotga, turmushga, tatbiq etish, el o’rtasida yoyish, targ’ib qilish ham talabalik davridagi xos xususiyatlardan biridir. Shunday qilib, talabalar faoliyatida bilish jarayonlari muhim o’rin egallaydi. 9.1-Mavzu. Kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish Reja: 1.Kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar haqida tushuncha. 2.Bilim, malaka va ko’nikmalarning turlari, ularniig ish faoliyati va muloqotdagi ahamiyati. 3.Bilimlarning egallashning shart-sharoitlari, ijobiy motivasiya faol aqliy faoliyat amaliyotdan olingan bilimlarni mustaqil ishlatib olish. 4.Ish o’yinlari, muammoli vaziyatlar. Mutaxassisning mustaqil fikrlashini rivojlantirish. Oliy o’quv yurti bitiruvchisiga zarur sifatlarni shakllantirishning psixologik asoslari. Aspiraitlar biriktirilgan kafedra oldida yuqori malakali olimlarni, uqituvchilarni tayyorlash vazifasi turadi. Kafedra ishi mahsuldorligshsh ko’rsatkichlarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh talabalar jamoasida, shaxsidagi o’zgarishlarni aks ettiradi: talabalarning fanni egallaganlari, fanlar bo’yicha mustaqil ishlash malakalarini egallaganliklari; o’quv faoliyati sharoitida, fanlar buyicha bilimlarni ohista qullash kunikmasi. Kafedra ishi mahsuldorligining ko’rsatkichining ikkinchi guruhi muhim pedagogik vazifalarni hal qilishda jamoa va rahbarning mahorati bilan bogliq, ya’ni zarur uquv tarbiyaviy natijalarga olib keladigan harakatlar ketma-ketligi va tizimi: kafedra ilmiy ishlarining muvaffaqiyati; o’quv ishlarining natijaliligiga, ta’limni yangi metodlarni egallash intensivligi, talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sifati bilan bog’liq. Kafedra jamoasi uchun har bir o’qituvchining majburiyatlarini va mehnatini aniq belgilash kerak. O’qituvchilar kafedra jamoasi oldida ma’lum vazifalarni bajarish uchun javobgardir. Oliy maktab kafedralardagi o’qituvchilar jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasiga ega. Ular orasida zng quyi daraja oliy ma’lumot, yuqori daraja esa akademik ilmiy darajaga egalar ham bor. Kafedra a’zolarining yoshi 22-23 yoshdan boshlab, insonning o’qituvchilik faoliyatiga jismoniy imkoniyatlari tugaguncha davom etadi. Agar hayotiy tajriba yoshga to’g’ri bog’liq bo’lsa, pedagogik tajriba esa oliy o’quv yurtida ishlash staji bilan bog’liq. O’qituvchilar jamoasi faoliyatining xususiyatlariga fanning eng yangi yutuqlaridan xabardor bo’lish, ilmiy tadqiqot ishlarini o’qituvchilik bilan qo’shib olib borish lozim. Kafedraning har bir jamoasi uqituvchilarning fikrlari, his-tuyg’ulari, kayfiyatlari, qiziqishlarini o’z ichiga olgan psixologik muhitni xarakterlaydi. Psixologik muhit kafedra faoliyati mahsuldorligiga, jipslashganlik darajasiga, intizomga, ishchanlikka va har bir o’qituvchi shaxsi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Kafedra jamoasining ijtimoiy fikri-bu kafedra faoliyati va hayotining turli tomonlariga o’qituvchilar, aspirantlar,laborantlarningmunosabati ifodalanadigan baholar, istaklar, talablar majmuidir. Jamoa kayfiyati bu umumiy uzoq davom etuvchi hissiy holat bo’lib, umumiy va individual faoliyat mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Haqiqiy jipslashgan kafedralar uchun ikki xil darajada birlashish xos: xizmat sohasida hamda ichki, ruhiy, hissiy o’zaro munosabatlar sohasida birlashish. Odamlar qanchalik ko’p bir-birini yoqtirishsa, ularning psixologik jipslashganligi shunchalik yuqori bo’ladi, ularning jipslashganligi jamoani tashkil etishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Mustaqil ta’lim, mustaqil ishlarning turlari, shakllari, ma’ruza ustida ishlash (tinglash, yozib olish), amaliy ish, seminarlarga tayyorlanish, kitob va manbalar bilan ishlash, mustaqil ta’limni rejalashtirish. Mustaqil ta’lim olish malakalari zarurligi O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga doir me’yoriy hujjatlarida mustaqil ta’lim, talabalarning mustaqil ishlari o’quv mashg’ulotlarining turlaridan biri, ta’lim olishning muhim shakli, usuli sifatida ko’rsatilgan. 2. Vazirlar Mahkamasi 2001-yil 16-avgustda tasdiqlagan Oliy ta’limning davlat ta’lim standartida oliy ta’lim dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar qatorida bakalavriat ta’lim dasturini o’zlashtirishda talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha mustaqil bilim olish nazarda tutilgan. Magistratura ta’lim dasturi mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar qatorida: “magistratura mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, faoliyatining ko’zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondoshish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko’nikmalarni ta’minlashi kerak. Mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining Amaliy ko’nikmalarini hosil qilish” zarurligi ta’kidlangan. Oliy ta’lim muassasasini bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladigan davlat standarti umumiy malaka talablaridan biri “Yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish” (18-bet) hisoblanadi. 3.Davlat ta’lim standarti talabalariga muvofiq bakalavriat va magistratura ta’limi o’quv rejalarida mustaqil ta’lim, mustaqil ishlarga nisbitan ko’proq vaqt (soat) ajratilgan. 4.Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari: kunduzgi, sirtqi eksternat va masofaviy ta’lim olish shakllarida o’zlashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan (Me’yoriy hujjatlar, 2-qism, Toshkent, 1998, 88-bet). Shuningdek, oliy ta’lim haqidagi nizomda: “Talabalar bilim egallashi, belgilangan muddatda o’quv rejalari va ta’lim standartlarida ko’rsatilgan topshiriqlarning hamma turlarini bajarishi shart” (Me’yoriy hujjatlar, 1-qism, Toshkent, 1998, 90-bet) deyilgan. 5.O’zbekiston Respublikasi oliy ta’limni isloh qilishga doir me’yoriy davlat hujjatlaridan keltirilgan ushbu talablar, fikrlar oliy o’quv yurtida mustaqil ta’lim olishga katta e’tibor berish, talabalarni mustaqil ishlash metodikasi bilan qurollantirish zarurligidan dalolat beradi. 6.Mustaqil ta’lim belgilangan o’quv topshiriqlarni talabalar tomonidan mustaqil va ijodiy (yoki professor-o’qituvchining ko’rsatmasiga muvofiq) bajarish maqsadiga yo’naltirilgan o’quv faoliyatidir. Mustaqil ta’lim negizini ta’lim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar o’quv-bilim faoliyatining bir turi, o’quv faoliyatining tashkiliy shakli – usuli, bilim o’zlashtirishi yo’li, vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil o’quv faoliyatining darajasi, yakka yoki guruhga mo’ljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakli va bajarish o’rniga ko’ra ham tasniflanadi, faqlanadi. 7.Oliy maktab tilabasida mustaqil ta’lim olish malaka ko’nikmalarini shakllantirish ishlarini rejali va sekin-asta murakkalashib, yuqorilab boradigan bosqichlar (darajalar) shaklida tashkil yetish maqsadga muvofiq. Bu jarayon ko’p qavatli binoning yuqori qavatlariga zinapoyalar orqali ketma-ket, izchil yaiqib borilgani singari sodir bo’ladi. Talabaning mustaqil ta’lim olishi bosqichli (darajali) tashkil etilganda, masalan, quyi kurslarda – birinchi bosqichda mustaqil ishlar repraduktiv darajada, ya’ni professor-o’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan bajariladi; ikkinchi bosqichda – yuqoriroq – mahsuldor darajada,masalan, tanlangan mavzu bo’yicha dars ishlanmasi loyihasini tayyorlash kabi mustaqil ishlar shaklida; uchinchi bosqichda – yana yuqoriroq – mahsuldor, evristik darajada,qisman ijodiy izlanishni talab etadigan mustaqil ishlar darajasida; va nihoyat to’rtinchi – eng yuqori ijodiy xarakterdagi mustaqil ishlar darajasida tashkil etilishi mukin. Oliy maktabda talabalarning mustaqil ta’limini rejali va bosqichli tashkil etilishi undan ko’zda tutilgan ta’lim maqsadlarini ro’yobga chiqarishga, bo’lajak mutaxassislarining ijtimoiy-gumanitar va kasbiy tayyorgarligi darajasini yuqori ko’tarishga, ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 8.Mustaqil ta’lim barcha o’quv ishlarining yakunlovchi shaklidir. Mustaqil ta’lim jarayonida u yoki bu Fan sohasiga doir axborotlarni to’plash, o’zlashtirish, tahlil qilish, umumlashtirish, ularni mustahkam bilimga, barqaror malaka va ko’nikmalarga aylantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi. 9.Ma’ruza tinglash paytida undagi ayrim nazariy masalalarni tushinib olish qiyin bo’lishi mumkin. Ma’ruza jarayonida tushunish qiyin bo’lgan, noaniq joylarini belgilab qo’yish, ma’ruzadan keyin, mustaqil ishlash, kitob o’qish, alohida suhbatlar, maslahat (konsultasiya)lar yordamida o’zlashtirishning yuqoriroq darajasida egallash lozim. Mustaqil ta’limning turlari Mustaqil ta’lim oliy ta’lim muassasasida o’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, u quyidagi sohalarda bajariladi: 1.Ma’ruza mavzusi va materiali bo’yicha mustaqil ishlar: ma’ruzada bayon qilingan asosiy tushunchalar, muhim masalalarni idrok eti shva anglab olish ma’ruzadan keyin o’z yozuvlari (konspekti)ni tartibga keltirish, tavsiya yetilgan o’quv adabiyotlari, birinchi manbalarni o’rganish Bilan o’z yozuvlariga tuzatishlar kiritish va to’ldirish, o’qilgan manbalardan qo’shimcha matnlar olish. 2.Amaliy mashg’ulotlarga, seminar va labaratoriya ishlarigatayyorgarlik sohasida mustaqil ishlash: axborotlarni tartibga keltirish, savollar tuzish, javoblar hozirlash, o’quv mashg’uloti loyihalarini tuzish, savol-javoblarga, muhokamada qatnashishga, Amaliy ishlarni bajarishga tayyorlanish. 3.Referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlarini yozish bo’yicha o’quv-biluv topshiriqlarini bajarish bo’yicha mustaqil ishlar. 4. Nazorat ishlari (joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari) sohasida o’quv-biluv topshiriqlarni bajarishga doir mustaqil ishlar. 5.Malakaviy amaliyotlar bilan bog’liq o’quv-biluv topshiriqlarini mustaqil bajarish: pedogogik amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar shular jumlasiga kiradi. 6.Maxsus kurs va maxsus semenarlarni o’rganish bilan bog’liq mustaqil ishlar: ma’ruza mavzusiga doir adabiyotlarni o’qib, o’rganib, biror masala bo’yicha matn tayyorlash, ma’ruza o’qishga hozirlanish kabilar. 7. Malakaviy bitiruv ishlari, magistirlik dissertasiyasini tayyorlash sohasida mustaqil ishlar. 10-Mavzu. Bo’lajak mutaxassislarning tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirish Reja: 1.Shaxs va uning tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishning xususiyatlari. 2.Tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatida individual uslub. 3.Tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari Shaxsda boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, sex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta qaror shu sex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir: qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati; qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo). Boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
B Восита Жавобгарлик Муддат Вазифа Бошқарув қарорлари унсурлари oshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi. Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning o’zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash lozim)? Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim? Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak? Kim javobgar bo’lishi kerak? Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo’ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig’i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o’zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi. Har qanday darajadagi rahbar o’z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o’z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo’lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg’itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o’z sohasini yaxshi bilmasligidan, o’z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o’zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak. 2. Boshqaruv qarorlari tasnifi. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin.
Paydo bo’lish bosqichi yangi tashkilotning tashkil etilish bosqichi yoki yangi boshliqning kelishi bilan bog’liqdir Bu bosqichda maqsadli yo’l-yo’riqlar (tashqi tashkilotniki) beriladi, mehnat jamoasining rasmiy tuzilishi, boshqaruv organlari, hisobot berish tizimlari loyihalashtiriladi. Shakllanish bosqichi norasmiy kichik guruhlarning vujudga kelishini nazarda tutadi, bunda tashqi ta’sir ichki turtkilar bilan almashadi, shuningdek, jamoaning ijtimoiy fikri shakllanadi. Mazkur bosqich jamoani boshqarish uchun ayniqsa, murakkabdir Bir tomondan, kichik guruhlarning tashkil etilishi obyektiv jarayon bo’lib, rahbar bunga halaqit bera olmaydi. Barqarorlashuv bosqichida jamoaning yetuklik holatiga erishiladi. Bunda jamoaning norasmiy tuzilmasi tashkil etilgan va ishlayotgan bo’ladi, muvozanat shartlari belgilangan, jamoaning ijtimoiy normalari tashkil topgan, jamoatchilik fikri qaror topgan bo’ladi. Bunday jamoa yetarli darajada barqaror, tashqi ta’sirlarga qarshilik ko’rsatishi mumkin. Tashqi va ichki omillarning ta’sir ko’rsatishi natijasida (iqtisodiy vaziyatda, tashqi muhitda) jamoa barqarorlashuv (takomillashuv) yoki inqiroz bosqichiga o’tishi mumkin. Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori Personalni boshqarish sohasidagi o’zaro bog’liq harakatlar zanjirida xodimni ishga olishdan tortib, uning tashkilotdan ketishiga qadar menejerlar vaqtining 50-80%i guruhlardagi faoliyat turlariga sarflanadi. Har qanday rahbar ishining samaradorligi guruhlardagi ishning o’ziga xos xususiyatlarini tushunish va menejerlar guruhining a’zosi sifatida to’g’ri harakat qilish hamda o’zining guruhdagi ishini boshqarish bilan chambarchas bog’liqdir Keyingi yillardagi tadqiqotlar guruhlarda amal qiladigan va ish ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadigan ayrim kuchlarga aniqlik kiritdi. Menejerlik guruhlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi omillarni qarab chiqishga o’tishdan oldin, umuman, tashkilotlarda muayyan muammolarni hal qilish uchun tuziladigan guruhlarga taalluqli ko’pchilik g’oyalar, qoidalarni sanab o’tishga harakat qilib ko’ramiz. Bunga aniqlik kiritish uchun M. Sherifning klassik eksperimentini eslatib o’tamiz. M. Sherif guruhni bitta qorong’i xonaga joylashtirib, hammaning e’tiborini tushib turgan yorug’lik dog’iga qaratadi. So’ngra, guruhning har bir a’zosidan yorug’lik qaysi yo’nalishda tushayotganligi va qanday masofada kelayotganligi so’ralgan. Garchi, yorug’likning o’rni almashtirilmagan bo’lsa ham bu savolga yakka tartibdagi javoblarda muayyan farqlar bo’lgan. Biroq, har kim o’z javobini ayrim holda aytganda, guruh yorug’likning yo’nalishi va masofasi haqida juda tez bir fikrga kelgan va guruhiy qarorga erishilgan, lekin bunda ko’p hollarda bu fikrlar oldingisidan birmuncha farq qilgan. Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki: kishilar guruhlarda doimiy ravishda bir-birlari bilan bog’liq ravishda yashaydilar; bir guruhning odamlari umumiy normalarga ega bo’ladilar va umumiy maqsadlarni qo’llaydilar; guruhlar bir xil vazifalarni bajarmasliklari mumkin. Ularning hammasi ma’lum darajada ixtisoslashgan. Haqiqatda ularning ixtisoslashuvi odamlarning ehtiyojlariga bog’liq bo’ladi; shaxslar ko’pgina guruhlarda ishtirok etadilar Guruh inson hayotining tabiiy va muqarrar bir qismi hisoblanadi. Guruhlar doimiy muvaqqat va tasodifiy bo’ladi,ayrim guruhlar erkin bo’ladi. Ularga odamlar o’z xohishlari bo’yicha kiradilar. Boshqalar majburiy xarakterda bo’ladi (masalan, biz dunyoga kelib oila, etnik guruh yoki millat tanlamaymiz); Guruhlar o’rtasida va guruh ichida kelishmovchiliklar bo’lishi tabiiy xoldir. Kelishmovchiliklar shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, ijtimoiy bo’lishi mumkin. Kelishmovchiliklar oqibatida kichik guruhlar paydo bo’ladi, boshqacha fikrlov-chilar guruhdan chiqib ketadi, "hamma baloga giriftor odam" tanlanadi, guruhda tashkiliy o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi rahbar keladi yoki almashtiriladi, guruh tarqalib ketadi. Guruhlarni (ularni shakllantiruvchi va ta’sir ko’rsatuvchi kuchlar) tushunish samarali boshqaruvni yo’lga qo’yish uchun juda muhimdir. Guruhning umumiy maqsadlari Ma’lumki, shaxsning hulq-atvori uning o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida vaziyatni o’zgartirishga qaratilgan harakatidir. Xulq-atvorning maqsadi vaziyatni o’zgartirishdir Maqsadga erishilmasa va vaziyatni o’zgartirishga muvaffaq bo’linmasa, yangi xatti-harakatlarga olib keluvchi yangi holat boshlanadi. Shunday qilib, o’zaro bog’liqlik va o’zaro yordam guruh rivojining boshlang’ich nuqtasi bo’ladi. Bu jarayon quyidagilarni izohlab beradi. Shaxsining guruhga mansubligi, guruhning jozibadorligi va guruhga a’zolik; Guruhda rollarning vujudga kelishi (ayrim shaxslar guruh ehtiyojlariga boshqalarga nisbatan ko’proq mos keladilar va guruhda vaziyatning yaxshilanishiga imkon beradilar. Masalan, guruhda xushchaqchaq kishi, komandaning jonidili, g’oyalar tashuvchi kishi va h.k.lar bo’lsa shunday bo’ladi). Shunday qilib, aytish mumkinki, guruh bu kishilarning o’zaro harakati natijasida vujudga keladigan majmuidir Bu kishilar o’zaro har kimning keskin holatini kamaytirib, har kimga o’z maqsadlariga erishish imkonini beradilar. Ammo bular korxonada muayyan vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladigan rasmiy guruhlarning ishida samaraga erishish uchun yetarli bo’lmaydi. Rahbar u yoki bu usulni tanlashda aniqlangan qator omillarni hisobga olishimiz lozim: Vaziyat (stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub o’zini oqlaydi. Topshiriq (aniq tuzilishga ko’ra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni jalb etish, davra suhbatlari tashkil etish kerak. 3.Guruh (uning a’zolarning jinsi, yoshi, barqarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga qiziquvchi o’zaro inoq jamoa uchun demokratik yoki liberal usulni tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 2. Boshqarish haqida tushuncha. «Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: - ishlab chiqarish vositalari, texnika; - xom ashyo; - energiya; - transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Funksiyalar faoliyat turlarini, subyektning boshqarish obyektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Boshqaruv funksiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalari: 1. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab: - umumiy (asosiy) funksiyalar; - aniq funksiyalar. 2. Boshqarish faoliyati turlariga qarab: - iqtisodiy funksiyalar; - sosial funksiyalar; - ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar; - tashkiliy funksiyalar. 3. Obyektni qamrab olishiga qarab: - xududiy funksiyalar; - tarmoq funksiyalari. 4. Mehnat taqsimoti belgisiga qarab: - rahbarning funksiyalari; - ijrochining funksiyalari. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beriladi: Boshqarishning asosiy funksiyalari
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish Bilan davom ettirilib, nazorat Bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: - boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va h.k. - boshqarishning sosial funksiyalari: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga extiyojini qondirishga yordam berish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.q. - boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalashva h.q. - boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni, ta’lim jarayonini tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, vazifalar taqsimlash, boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash va h.q. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Boshqarishning funksiyalaridan yana biri – bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqkqa kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish – hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiyaham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko’zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo’gan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq «yo’qoladi», yagona texnik va texnolorgiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo’ladi. X U L O S A Rahbar xodimning vazifasiga yo’naltirishda uning psixologik xususiyatlarini inobatga olish kerak. Xodimlarning mehnat faoliyatini tashkillashtirishda e’tibor qaratiladigan yana bir jimiyat jamoada bir vazifani ado etishda ishtirok qiluvchi xodimlarning o’zaro kirishimliligini ta’minlashdir Tadqiqotlarda aniqlanishicha xodimlarning o’zaro kirishimligi asosida tuzilgan jamoalarda psixologik muhit sog’lomligi tufayli mehnat unumdorligi 30 % gacha o’sgan. Rahbar o’zaro munosabatdagi xodimlarni bir jamoada birlashtirar ekan, vazifani taqsimlashda xodimning ma’suliyatliligini diqqat qaratishi yetakchilikka moyilligi bir xodimga ijrochi xodimni biriktirishi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, xodimlarni bir vazifa ustida jamlashda milliy psixologiyaga asoslangan meyyoriy hulq shakillariga alohida e’tibor qaratish zarur Hususan xodimlarning yoshi avval egallagan yoki ayni paytdagi lavozimini ma’lumoti va jinsini hisobga olish lozim. Shu tariqa rahbar xodimlarini bir vazifa ustida quvontirish orqali nafaqat ushbu vazifani muvoffaqiyatli tarzda ado etish balki guruhdagi maqbul muhitni shakillantirish imkoniyati paydo bo’ladi. Xodimlar faoliyatini tashkillashtirishning ya’na bir jihati jamoaga xos ayrim psixologik qonuniyatlarni bilishdir. Psixologiya fanining alohida yo’nalishi hisoblanmish ijtimoiy psixologiya guruhlariga xos shunday rivojlanish qonuniyatlarni aniqladiki, ular har qanday jamoada ham ko’zga tashlanadi. 10.1-mavzu. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim- tarbiya jarayonini boshqarishning psixologik shart-sharoitlari Reja: 1.Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, uning maqsadii, tuzilishi va samaradorligini oshirish. 2.Oliy o’quv yurtida ta’lim-tarbiya jarayonini muvafaqqiyatli boshqarishning asosiy psixologik shart-sharoit. 3.Oliy o’quv yurtidagi sog’lom ruhiy muhit. 4. Oliy o’quv yurti rahbar xodimlarining shaxsiy fazilatlari va avtoriteti. 1. Boshqaruv maqsadi. Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatda erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Maqsadimiz: - bo’lajak harakatimizni oldindan aniqlab beradi; - faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi; - faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi; - u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; -pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.q. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan: - boshqarish funksiyalari; - boshqarish usullari; - boshqarishning tuzulmaviy tarkibi; - lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim: - maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak; - maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak; - maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak; - maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor; - maqsad bo’limlar va mas’ullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak; - maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak. Boshqaruvning psixologik asoslari Murakkab boshqaruv jarayoni turli imkoniyat va zaxiralarga asoslanadi. Rahbar o’z bilimi, tajribasiga ko’ra shu imkoniyatlardan biriga ko’proq e’tibor qaratishi mumkin. Boshqaruvning psixologik jihatini ajratib olish o’ta shartli bo’lib, shaxs ruhiyatiga oid omillar rahbar faoliyatining barcha jabhalarida aks etadi. Boshqaruvdagi psixologik jihatlarni umumlashtirgan holda ularni uch asosiy guruhga kiritish mumkin: Xodimlarga xos psixologik xususiyatlar; 2.Rahbar shaxsiga xos xislatlar; 3.Rahbar hamda xodim munosabatlarini shaklllantirish muammolari. Birinchi toifaga kiruvchi psixologik masalalar ko’proq xodim yoki guruh ruhiyatiga yo’nalgan bo’lib, xodimlarni tanlash va joylashtirish tashkilot maqsadiga erishish va boshqaruv samarasini oshirishning asosiy shartlaridan biridir Shu bois, xodimning bu bilimi va malakasiga asoslangan tanlov va shunday ma’lumot asosida rahbarning xodimlariga individual yondoshuvi boshqaruv subekti va obekti o’rtasidagi munosabatni shakllantiruvchi muhim omildir Xodimlarning ish o’rinlariga tayinlash tardbiri ilmiy asoslangan bo’lishi hamda ushbu kasbga qo’yilgan talablarga javob beruvchi shaxs xislatlarini inobatga olish zarur Kasb va lavozimga qo’yilgan talablar majmuasi kasb professiogrammasida o’z aksini topadi. Ushbu kasb professiogrammasiga mos keluvchi shaxs sifatlari majmuasining dinamik tuzilmasiga ega bo’lgan xodimlar samarali mehnat ko’rsatkichlarini kutish mumkin. Shu sababli har qanday lavozimga qo’yiladigan talablarning aniq va ravshan ifodalanganligi yangi xodimni ishga qabul qilishda shu talablarga javob beruvchi shaxs xislatlarini aniqlashga e’tibor qaratilishi samarali boshqarishni ta’minlovchi omildir Xodimlarga xos individual psixologik xususiyatlarni aniqlash psixologiyafanidan shaxs tipologiyasi tushunchasi bilan bog’liq. Hozirga kelib psixologiyafanidan shaxs tiplariga oid tas-niflarning bir qancha ko’rinishlari va bu borada turli xil yondoshuvlar bo’lib, ular orasida insonning yetakchilikka yoki ijro faoliyatiga moyilligi yakka yoki guruhiy mehnat turida o’zini yaxshi xis etishi kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin. Rahbar xodimning vazifasiga yo’naltirishda uning psixologik xususiyatlarini inobatga olish kerak. Xodimlarning mehnat faoliyatini tashkillashtirishda e’tibor qaratiladigan yana bir jamiyat jamoada bir vazifani ado etishda ishtirok qiluvchi xodimlarning o’zaro kirishimliligini ta’minlashdir Tadqiqotlarda aniqlanishicha xodimlarning o’zaro kirishimligi asosida tuzilgan jamoalarda psixologik muhit sog’lomligi tufayli mehnat unumdorligi 30 % gacha o’sgan. Rahbar o’zaro munosabatdagi xodimlarni bir jamoada birlashtirar ekan, vazifani taqsimlashda xodimning ma’suliyatliligini diqqat qaratishi yetakchilikka moyilligi bir xodimga ijrochi xodimni biriktirishi lozim. Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, xodimlarni bir vazifa ustida jamlashda milliy psixologiyaga asoslangan me’yoriy hulq shakllariga alohida e’tibor qaratish zarur Hususan xodimlarning yoshi avval egallagan yoki ayni paytdagi lavozimini ma’lumoti va jinsini hisobga olish lozim. Shu tariqa rahbar xodimlarini bir vazifa ustida quvontirish orqali nafaqat ushbu vazifani muvoffaqiyatli tarzda ado etish balki guruhdagi maqbul muhitni shakllantirish imkoniyati paydo bo’ladi. Xodimlar faoliyatini tashkillashtirishning ya’na bir jihati jamoaga xos ayrim psixologik qonuniyatlarni bilishdir. Psixologiya fanining alohida yo’nalishi hisoblanmish ijtimoiy psixologiya guruhlariga xos shunday rivojlanish qonuniyatlarni aniqladiki, ular har qanday jamoada ham ko’zga tashlanadi. Masalan, har qanday yangi tashkil etilgan jamoa avvalgi oddiy guruh sifatida tanishuv bosqichidan o’tadi so’ngra esa guruhdagi xodimlarning nufuzli aniqlik kirituvchi bosqich yuzaga keladi. Uchinchi bosqich esa guruhda me’yoriy jihatlarning ishlab chiqilishi hamda ularning qabul qilinishi bilan bog’liq. Shundan keyin guruh asosiy maqsadga yo’nalgan faoliyatni bajarish bosqichiga ko’tariladi. Etiborli tomoni shundaki, har qanday jamoa ushbu bosqichlarga vaqti vaqti bilan qaytib turadi va jamoada kuzatiladigan ayrim nizoli vaziyatlar guruh hayoti uchun tabiy xoldir. Guruh ichki hayotining bunday xususiyatlaridan voqib bo’lgan rahbar ushbu ziddiyatlarning tezroq va bezarar o’tishi haqida qayg’uradi, ularning oldini olish choralarini ko’radi. Hatto jamoa a’zolarining birgalikdagi sport yo’nalishidagi ishtiroki, tabiyat qo’ynida dam olishi, o’zaro munosabatlarni hal qilshi mumkin. Boshqaruv samarasini ta’minlovchi asosiy psixologik zaxira rahbar shaxsdir Boshqaruvni mavjud rahbarlik roli va rahbarlik shaxsi o’rtasidagi doimiy uyg’unlashuv jarayoni, deb atash mumkin. Rol va shaxs o’rtasidagi mavjud nomutanosiblik rahbar ichki dunyosida ayrim diskomfort holatini yuzaga keltiradi va buday noxushlik nafaqat ishga va xodimlarga bo’lgan munosabat, balki rahbarning oilaviy hayotiga ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Rahbar o’zi uchun odatiy ish uslubini amalga oshirar ekan, asosan xodimlarga nisbatan munosabatda turli strategik usullarga murojaat etadi. Nizoli, muammoli va qiyin vazi-yatlarda rahbar harakatini tahlil etish orqali psixologiya fanida munosabatlarning besh xil turi aniqlangan: Raqobat - bunday pozisiyada turgan rahbar muhoka- maga oid vaziyatni o’zi aytganicha hal etishga intiladi. O’zga tomonning manfaat va qiziqishlari mutlaqo hisobga olinmaydi hamda bu ko’proq atoritar boshqauv uslubini eslatadi. Yon berish holati. Bunda rahbar muhokamaga doir masalada xodim manfaatini yoqlaydi. Kompromiss muhokamadagi masala yuzasidan me’yoriy munosabatni shakllantirish. Boshqa munosabat turlaridan farq qilgan holda, kompromissda kelishuv vaqtinchalik bo’ladi va muhokama qilinayotgan masalaga keyinchalik yana qaytiladi. Masalani muhokama qilishdan qochish ba’zi paytda rahbar o’z munosabatini cheklashi va muhokama qilinayotgan muammo bo’yicha yechimni ma’lum vaqtga kechiktirishi muammoga oid ma’lumot yetarli bo’lgandan so’ng u munosabatini tashkillashi va xodim bilan muloqatni davom yettirishi mumkin. Hamkorlik eng samarali muloqat uslubi bo’lib bunda rahbar va xodim munosabatlarini o’zaro manfaatlarni nazarda tutgan holda davom etadi. Yuqorida qayd qilib o’tilgan uch toifadagi psixologik ji-hatlar nafaqat tashkilotni boshqarishning psixologik omillari, balki rahbar mahoratini yuksaltiruvchi imkoniyatlar hamdir Shaxs xulq-atvori nazariyasi Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq atvorining u yoki bu shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topish osonu, boshqa kishi bilan umumiy til topishning hyech qanday iloji yo’qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar: Xulq-atvor shaxsning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirga kirishish shakllaridan iborat bo’lib, ular bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Shaxsni va uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi. Shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari, ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari tizimi, shaxsni boshqarish tizimi, uning "men-obrazi" Shaxsning tabiiy xususiyatlari bular unda tug’ilgan vaqtidan boshlab mavjud bo’lgan narsalardir Odatda ular faollik va ta’sirchanlik singari dinamik tavsiflarning ma’lum darajada ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shaxsning faolligi turli xil faoliyatlarga intilishida, o’zini namoyon qilishida, psixik jarayonlarning, harakat reaksiyasining kechish kuchi va tezligida ifodalanadi, ya’ni shaxsning faoliyatiga xos bo’lgan xususiyat sifatida namoyon bo’ladi. Faollikning eng oxirgi ifodasi, bir tomondan, katta kuch-g’ayrat sarflash, harakatdagi, faoliyatdagi, nutqdagi shiddatkorlik bo’lsa, ikkinchi tomondan, ruhiy faoliyat, nutq, imo-ishoraning zaifligi, pas-sivligida aks etadi. Ta’sirchanlik shaxsning asabi qo’zg’aluvchanligining turli darajasida, uning atrofimizdagi olamga bo’lgan munosabatini ko’rsatib beruvchi his-tuyg’ularining shiddatkorligida namoyon bo’ladi. XX asrning 20- yillarining boshlarida shveysariyalik ruhshunos K.G Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini "ekstraversiya" va "introversiya" tushunchalari orqali ta’riflab berishni taklif etdi. Ekstraversiya (yextra tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko’rsatib beradiki, bunda shaxs o’zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obektlarga qa-ratadi, ba’zan buni o’zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi. Ekstravertlarga xulq atvorining ta’sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik, tashabbus ko’rsatish (ba’zan ortiq darajada), ijtimoiy ko’nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi xos bo’ladi. Introversiya (intro ichki) shaxsning o’z shaxsiy man-faatlariga, ichki olamiga diqqat e’tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi. Introvertlar o’zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar Ular uchun oda-movilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adaptasiya (ko’nikuvchanlik) xosdir Introversiya ekstraversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo’shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi. "Temperament" tushunchasi lotincha temperamentum -qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik degan so’zdan kelib chiqqan. Temperamentning eng mashhur turlari (sangvinnik, melanxolik, flegmatik va xolerik) miloddan avvalgi asrdayoq Gippokrat tomonidan joriy qilingan bo’lib, ularning nomlari hanuzgacha saqlanib qolgan, lekin mazmuni o’zgargan. Temperament-shaxsning o’ziga xos xususiyatlari majmuidan iborat bo’lib, ular inson faoliyatining dinamik va hissiy tomonlarini, shuningdek, xulq-atvorini aks ettiradi va quyidagicha namoyon bo’ladi: Xoleriklarda shiddatli reaksiyalar, ochiqlik, kayfiyatning keskin almashinuvi, beqarorlik va umumiy harakatchanlik bilan namoyon bo’ladi, rasionallik (xatti-harakatlarning to’g’riligi) bilan ifodalanadi, fiyegmatiklarda sustkashlik, barqarorlik, biqiqlik, hissiy holatini tashqariga unchalik namoyon qilmaslik, mulohazalarining mantiqiyligi bilan ajralib turadi,melanxoliklarda beqarorlik, osongina ta’sirlanish, odamlarga qo’shilmaslik, hatto arzimas narsa va voqyealardan ham chuqur kuyinishi bilan ajralib turadi, sangvinniklarda harakatchanlik, taassurotlarni almashtirib turishga moyillik, ta’sirchanlik, odamshavandalik bilan ajralib turadi. Temperamentning sanab o’tilgan bu xillari nisbatan barqaror bo’lib, muhit va tarbiya ta’sirida o’zgarishlarga kam bo’ysunadi. Shu bilan birga ular shaxsning mazmun tomonini, qadriyatlari va ehtiyojlarini ifodalamaydi. Insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning xulq-atvorini tushuntirib beradigan nazariyalar ko’proq rivoj topdi. Bunday nazariyalarning eng mashhur mualliflari A. Maslou, E. Kant, D Mak Klelland, F Gersburg va boshqa bir qator olimlardir. Shaxsning ehtiyoji - insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning yo’qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur bo’lsa, xotin-qizlarga esa ularning ko’zga tashlanib turishi uchun chiroyli bezaklar darker. Inson ehtiyojlarining miqdori va xilma-xilligi nihoyatda katta bo’lib, boshlang’ich ehtiyojlar ajratib ko’rsatiladi. Bular inson fiziologiyasi tomonidan vujudga keltiriladigan oziq-ovqatga, havo, uyqu, hirsiy bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, ular insonning biologik tur sifatida mavjud bo’lishini ta’minlaydi. Ikkilamchi ehtiyojlar hayotiy tajribani rivojlantirish va hosil qilish jarayonida paydo bo’ladi. Ular birlamchi eh-tiyojlardan ancha farq qilib (xilma-xil bo’lib), shaxsning psi-xologik rivojlanishiga, turmush sharoitiga, jamiyatda, guruhda qabul qilingan ijtimoiy normalarga bog’liqdir. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
B Восита Жавобгарлик Муддат Вазифа Бошқарув қарорлари унсурлари oshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi. Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning o’zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash lozim)? Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim? Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak? Kim javobgar bo’lishi kerak? Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo’ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig’i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o’zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi. Har qanday darajadagi rahbar o’z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o’z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo’lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg’itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o’z sohasini yaxshi bilmasligidan, o’z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o’zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak. 2. Boshqaruv qarorlari tasnifi. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin.
Paydo bo’lish bosqichi yangi tashkilotning tashkil etilish bosqichi yoki yangi boshliqning kelishi bilan bog’liqdir Bu bosqichda maqsadli yo’l-yo’riqlar (tashqi tashkilotniki) beriladi, mehnat jamoasining rasmiy tuzilishi, boshqaruv organlari, hisobot berish tizimlari loyihalashtiriladi. Shakllanish bosqichi norasmiy kichik guruhlarning vujudga kelishini nazarda tutadi, bunda tashqi ta’sir ichki turtkilar bilan almashadi, shuningdek, jamoaning ijtimoiy fikri shakllanadi. Mazkur bosqich jamoani boshqarish uchun ayniqsa, murakkabdir Bir tomondan, kichik guruhlarning tashkil etilishi obyektiv jarayon bo’lib, rahbar bunga halaqit bera olmaydi. Barqarorlashuv bosqichida jamoaning yetuklik holatiga erishiladi. Bunda jamoaning norasmiy tuzilmasi tashkil etilgan va ishlayotgan bo’ladi, muvozanat shartlari belgilangan, jamoaning ijtimoiy normalari tashkil topgan, jamoatchilik fikri qaror topgan bo’ladi. Bunday jamoa yetarli darajada barqaror, tashqi ta’sirlarga qarshilik ko’rsatishi mumkin. Tashqi va ichki omillarning ta’sir ko’rsatishi natijasida (iqtisodiy vaziyatda, tashqi muhitda) jamoa barqarorlashuv (takomillashuv) yoki inqiroz bosqichiga o’tishi mumkin. Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori Personalni boshqarish sohasidagi o’zaro bog’liq harakatlar zanjirida xodimni ishga olishdan tortib, uning tashkilotdan ketishiga qadar menejerlar vaqtining 50-80%i guruhlardagi faoliyat turlariga sarflanadi. Har qanday rahbar ishining samaradorligi guruhlardagi ishning o’ziga xos xususiyatlarini tushunish va menejerlar guruhining a’zosi sifatida to’g’ri harakat qilish hamda o’zining guruhdagi ishini boshqarish bilan chambarchas bog’liqdir Keyingi yillardagi tadqiqotlar guruhlarda amal qiladigan va ish ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadigan ayrim kuchlarga aniqlik kiritdi. Menejerlik guruhlarining samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi omillarni qarab chiqishga o’tishdan oldin, umuman, tashkilotlarda muayyan muammolarni hal qilish uchun tuziladigan guruhlarga taalluqli ko’pchilik g’oyalar, qoidalarni sanab o’tishga harakat qilib ko’ramiz. Bunga aniqlik kiritish uchun M. Sherifning klassik eksperimentini eslatib o’tamiz. M. Sherif guruhni bitta qorong’i xonaga joylashtirib, hammaning e’tiborini tushib turgan yorug’lik dog’iga qaratadi. So’ngra, guruhning har bir a’zosidan yorug’lik qaysi yo’nalishda tushayotganligi va qanday masofada kelayotganligi so’ralgan. Garchi, yorug’likning o’rni almashtirilmagan bo’lsa ham bu savolga yakka tartibdagi javoblarda muayyan farqlar bo’lgan. Biroq, har kim o’z javobini ayrim holda aytganda, guruh yorug’likning yo’nalishi va masofasi haqida juda tez bir fikrga kelgan va guruhiy qarorga erishilgan, lekin bunda ko’p hollarda bu fikrlar oldingisidan birmuncha farq qilgan. Shunday qilib, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki: kishilar guruhlarda doimiy ravishda bir-birlari bilan bog’liq ravishda yashaydilar; bir guruhning odamlari umumiy normalarga ega bo’ladilar va umumiy maqsadlarni qo’llaydilar; guruhlar bir xil vazifalarni bajarmasliklari mumkin. Ularning hammasi ma’lum darajada ixtisoslashgan. Haqiqatda ularning ixtisoslashuvi odamlarning ehtiyojlariga bog’liq bo’ladi; shaxslar ko’pgina guruhlarda ishtirok etadilar Guruh inson hayotining tabiiy va muqarrar bir qismi hisoblanadi. Guruhlar doimiy muvaqqat va tasodifiy bo’ladi,ayrim guruhlar erkin bo’ladi. Ularga odamlar o’z xohishlari bo’yicha kiradilar. Boshqalar majburiy xarakterda bo’ladi (masalan, biz dunyoga kelib oila, etnik guruh yoki millat tanlamaymiz); Guruhlar o’rtasida va guruh ichida kelishmovchiliklar bo’lishi tabiiy xoldir. Kelishmovchiliklar shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, ijtimoiy bo’lishi mumkin. Kelishmovchiliklar oqibatida kichik guruhlar paydo bo’ladi, boshqacha fikrlov-chilar guruhdan chiqib ketadi, "hamma baloga giriftor odam" tanlanadi, guruhda tashkiliy o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi rahbar keladi yoki almashtiriladi, guruh tarqalib ketadi. Guruhlarni (ularni shakllantiruvchi va ta’sir ko’rsatuvchi kuchlar) tushunish samarali boshqaruvni yo’lga qo’yish uchun juda muhimdir Guruhning umumiy maqsadlari Ma’lumki, shaxsning hulq-atvori uning o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida vaziyatni o’zgartirishga qaratilgan harakatidir. Xulq-atvorning maqsadi vaziyatni o’zgartirishdir Maqsadga erishilmasa va vaziyatni o’zgartirishga muvaffaq bo’linmasa, yangi xatti-harakatlarga olib keluvchi yangi holat boshlanadi. Shunday qilib, o’zaro bog’liqlik va o’zaro yordam guruh rivojining boshlang’ich nuqtasi bo’ladi. Bu jarayon quyidagilarni izohlab beradi. Shaxsining guruhga mansubligi, guruhning jozibadorligi va guruhga a’zolik; Guruhda rollarning vujudga kelishi (ayrim shaxslar guruh ehtiyojlariga boshqalarga nisbatan ko’proq mos keladilar va guruhda vaziyatning yaxshilanishiga imkon beradilar. Masalan, guruhda xushchaqchaq kishi, komandaning jonidili, g’oyalar tashuvchi kishi va h.k.lar bo’lsa shunday bo’ladi). Shunday qilib, aytish mumkinki, guruh bu kishilarning o’zaro harakati natijasida vujudga keladigan majmuidir Bu kishilar o’zaro har kimning keskin holatini kamaytirib, har kimga o’z maqsadlariga erishish imkonini beradilar. Ammo bular korxonada muayyan vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladigan rasmiy guruhlarning ishida samaraga erishish uchun yetarli bo’lmaydi. Rahbar u yoki bu usulni tanlashda aniqlangan qator omillarni hisobga olishimiz lozim: Vaziyat (stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub o’zini oqlaydi. Topshiriq (aniq tuzilishga ko’ra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni jalb etish, davra suhbatlari tashkil etish kerak. 3.Guruh (uning a’zolarning jinsi, yoshi, barqarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga qiziquvchi o’zaro inoq jamoa uchun demokratik yoki liberal usulni tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 2. Boshqarish haqida tushuncha. «Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: - ishlab chiqarish vositalari, texnika; - xom ashyo; - energiya; - transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Funksiyalar faoliyat turlarini, subyektning boshqarish obyektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Boshqaruv funksiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalari: 1. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab: - umumiy (asosiy) funksiyalar; - aniq funksiyalar. 2. Boshqarish faoliyati turlariga qarab: - iqtisodiy funksiyalar; - sosial funksiyalar; - ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar; - tashkiliy funksiyalar. 3. Obyektni qamrab olishiga qarab: - xududiy funksiyalar; - tarmoq funksiyalari. 4. Mehnat taqsimoti belgisiga qarab: - rahbarning funksiyalari; - ijrochining funksiyalari. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beriladi: Boshqarishning asosiy funksiyalari
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling