Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Soxta va chin bo`g`ma kasalligi orasida taqqoslama diagnostikasi, hamshira hatti-


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

 
42. Soxta va chin bo`g`ma kasalligi orasida taqqoslama diagnostikasi, hamshira hatti-
harakatlari haqida ma`lumot bering. 
Difteriya (yun. Diptherien-
parda i dr.), bo‘g‘ma- asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig‘lanishi 
va a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir infeksion kasallik. Difteriya tayoqchasining o‘rnashgan 
joyiga va ko‘payishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar va teri difteriyasi kuzatiladi. 
Tomoq difteriyasi - 
holsizdanish va haroratning ko‘tarilishi (38—39 °) bilan boshlanadi. Tomoq og‘rib jag‘ 
osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki 
kulrang parda bilan qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi. 
Temperatura 40 ° gacha ko‘tariladi, yutinganda tomoq qattiq og‘riydi, bemor qayta-qayta qusadi. 
Umuman darmonsizlanadi, bo‘shashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jag‘ osti limfa tugunlari 
sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u bo‘yinga, ba’zan ko‘krak qafasiga tarqaladi. 
Tomoq shishi difteriyaning 
ilk belgisi bo‘lib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay to‘qimalari bir-
biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burun-halqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas 
olishga majbur bo‘ladi, og‘zini sal ochib yuradi, 
Hiqildoq difteriyasi (chin 
bo‘g‘ma): 
Kasallik 3 davrga bo‘linadi. 
1. Kataral davri (1-2 kun davom etadi): 

isitma o‘rtacha darajada bo‘ladi; 

tovush dag‘allashadi; 


zararlanishi) bi
lan kechadi. Bu virusli xastalik bolalar o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, ba’zan kattalar 
orasida ham uchrab turadi. 
Infeksiya manbai va dardning kechish jarayoni 
Bolalarda aniqlangan yuqumli kasalliklar orasida epidemik parotit salmog‘i sezilarli darajada ko‘p 
uchraydi. Infeksiyaning birdan bir manbai bemor hisoblanadi. U xastalik yashirin davrining oxiri, klinik 
belgilar yuzaga chiqishidan bir-ikki kun oldin atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Dardning yuqish 
davri kasallikning 9-kunida tugaydi. Ayniqs
a, o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 1,5 baravar ko‘p 
kasallanadi. Xastalik mavsumiy xarakterga ega. Uning yuqori ko‘rsatkichi mart-aprel oylariga to‘g‘ri 
kelsa, past ko‘rsatkichi iyul-avgust oylarida kuzatiladi. 
Virus asosan havo-
tomchi va ba’zan muloqot yo‘li bilan ham yuqadi. Epidemik parotitga moyillik juda 
yuqori. Inson 3 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrda kasallikka moyilligi yuqori bo‘lib, 2 yoshgacha 
va 40 yoshdan kattalarda xastalik kamdan kam hollarda uchraydi. Undan so‘ng turg‘un immunitet 
qoladi. 
Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida xastalik boshlanishi bilan 9-10 kun davomida bemorlar 
alohida qilinadi. Bemor bolalar kasallikning yashirin davrida 11-21 kun davomida jamoat joylariga 
yuborilmaydi. Go‘daklar tirik susaytirilgan parotit vaksinasi bilan 5 oylik va 18 oylikda faol emlanadi. 
Limfadenit
— bu limfa tugunlarining spetsifik yoki nospetsifik yallig’lanishi bilan tavsiflanadigan patologiya. 
Uning rivojlanishida limfa tugunlarining kattalashishi, palpatsiyalanganda og’rishi va umumiy holsizlik 
kuzatiladi. Yallig’lanish sababi infektsiya hisoblanadi. Qo’zg’atuvchining tabiati va uning antibiotiklarga 
sezuvchanligi darajasi shikastlangan tugunlardan olingan bioptat namunasini tahlil qilishda aniqlanadi. 
Limfadenit fonida yiringli asoratlar — abstsess yoki adenoflegmonalar rivojlanishi mumkin. Bunday o’choqlar 
albatta ochilishi va drenajlanishi kerak bo’ladi. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling