Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi uning yosh xususiyatlari oliy nerv faoliyati tiplari


Download 124.49 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi124.49 Kb.
#1556797
  1   2
Bog'liq
Oliy nerv faoliyati va tiplari


Oliy nerv faoliyati va tiplari


Reja:
1. Oliy nerv faoliyatining tiplari.
2. Odamning oliy nerv faoliyati yosh xususiyatlari.
3. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po’tloği markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bŏlib hisoblanadi.Odamning xulqi idroki, fikrlashi ongi, va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bŏlib, u bosh miya yarim sharlari va ular pŏstloğida joylashgan nerv markazldarining reflekslari orqali nomayon bŏladi. Bu reflekslar odamning tashqi muxit bilan boğlanish, uning xar xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.
Birinchi va ikkinchi signal ssitemasi. Odamda birinchi signal sistemasi bŏladi. Odamning oliy nerv faoliyati ŏziga xos anglash, abstrakt fiklash, sŏzlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchisignalsistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi
signal sistemasi sŏzlardan iborat bŏlib,predmetlarningayrim belgilarini vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Kŏrish eshitish, hid sezin, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bŏlib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyali ŏxshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda oğzaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muxit bilan aloqa boğlanishning yangi shakllari paydo bŏladi. «rivojlanib borayotgan hayvonotdunyosida, - deb yozgan edi. I.P. Pavlov,- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nixoyatda katta qŏshimcha qŏshildi». Bu qushimcha odamda nutq paydo bŏlishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bŏladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa boğlanishning yangi faqat odamgagina xos bŏlgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bŏlguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P. Pavlov - atrofdagi duyoning havonlaridagi xilma xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli xujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orkaligina ŏsha dunyo bilan aloqilar edi. Bu tasurotlar tashqi ob’ektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, kŏriladigan sŏzlar kŏrinishda paydo bŏlib,rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda sŏz aloxida ahamiyat kasb etdi. Sŏz deb yozadi I.P .Pavlov, birinchisignallarning signali bŏlib voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashqil bŏlib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashqil etdi. Nutqning rivojlanishshi odamlarning bir- biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini kŏpaytirishga, ong rivojlanishiga sabab buldi. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi»-degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib boorish asosidagina emas, nutq yordamida ham xosil bo’lishi mumkin. Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan co’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi qo’ng’iroq co’zi ishlatilsa, bola qo’ngiroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa qo’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martada`q xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyat asosida shartli refleks hosil bolishi odam oliy s faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan xususiyatidit. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar postloq proceslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa odam bosh miyasi postlogida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi
O’sha s qonunlarida bo’sinadi. I.P.Povlov ko’rsatio’tganidek, oliy nerv fa
oliyatining faqat odamga xos bo’lgan husisiyati ,yani birinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zining signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan , bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovishlarga bog’liq bo’ladi. Tovishlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaktsiya bilan javob beraveradi.Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’ngi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’la boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turshiga, ya’ni ta’lim olishi,o’rganishiga asoslangan.
Bolada yarim tovish va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib hisoblanadi.
Shartli ta’sirot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda ribojlanib boradi.
Hayotining ikkinchi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadigan eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo’la oladi.
Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerb markaz larida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning rang-barangligini anglayniz, boshqalar bilan muloqatda bo’lamiz, atrofdagi voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq yordamida bilim olamiz, xunar o’ganamiz, kasb egallaymiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash bujudga keladi, o’z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivojlanadi.Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta oladi, 2 yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so’z boyligi uning sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga , ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinflarda hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya xujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv sistemasining tuzilishi funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog’lon bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshtish qobiliyati normal bo’lishi lozim.
Shu bilan birga miya yarim sharlari postlog’idagi gapirish markazi normal rivojlangan , sog’lom bolishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlanmagan bo’lmasa , bolada nutq paydo bo’maydi.
Odamning nutqi tarbiya , o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z navbatida odamning o’qishi, bilim olishi, xunar o’rgaishiga fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi.
Shartli reflekslar- 1863 yilda rus fiziologiyasining asoschisi I. M. Sechenov bilan I.P. Povlovga qadar tadqiqotchilar “ruhiy faoliyatni o’rganish yo’llarini bilishmasdi.
Organizmda ikkita reflekslar farqlanadi. Bular shartli va shartsiz reflekslardir. M.S.S-si faoliyatining reflector faoliyati tog’risidagi I.P.Povlov ta’limoti asosida 3 ta asosiy prinsip yotadi: 1-chidan -determinizm prinsipi-bu dialektik materializmning asosiy qoidalaridan biridir. Tabiatda, demak organizmda ham hech bir narsa sababsiz ro’y bermaydi. Har qanday reflector aktning ham sababi bo’ladi.
2-chidan:Analiz va sintez prinsipi- bu prinsipga muvofiq, M.N.S-si jumladan uning etakchi bo’limi retseptorlarimizga tushadigan murakkab ta’sirotlarni o’z faoliyati davomida ancha oddiy tarkibiy elementlarga ajratadi(analiz) va bularni o’sha zahoti yana sistemalarga birlashtiradi(sintez).
Struktura prinsipi- bu prinsipga muvofiq har qanday reflector akt muayyan morfologiya strukturaga bog’liqdir. Miyada bo’lib o’tadigan hamma prosesslar ham, huddi butun organizmda bo’lib turadigan barcha jaroyonlar singari, moddiydir- ularning asosida nerv sistemasining ma’lum ro’y beradigan moddiy prosessdir.
Shartli reflekslar tug’ma bo’maydi va tug’ilish vaqtida tayyor holda bo’lmaydi. Shartli reflekslar umr bo’yi paydo bo’lib , mustahkamlanib boradi, so’nadi va yo’q bo’lib ketadi hamda juda individual bo’ladi.
Shartsiz reflekslar – tug’ma bo’ladi. Butun xayoti davomida rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularning yuzaga chiqishida M.N.Sning asosan po’stloq osti bo’limlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslarning reflector yoyi M.N.Sning har qanday bo’limlari orqali o’tilishi mumkin. Bu reflekslar katta yarim sharlar postlog’ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartli refleks bosh miya po’stlog’ining funksiyasidir. Shartli refleks yoyi bosh miya po’stlog’ida tutashadi. Biroq shartli refleksni bosh miyasining po’stlog’I bolmaydigan yoki juda sust rivojlangan hayvonlarda ham hosil qilsa bo’ladi.
Shartli refleksning hosil bo’lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak.
1-Shatsiz indifferent qitiqlagich bilan shartli qitiqlagichning bir necha bor baravar takrorlanishi.
2-Shartsiz qitiqlagich shartli qitiqlagichdan bir necha daqiqa oldin berilishi kerak.
3-Yangidan shartli refleks hosil qilinadigan organism sog’lam va tetik bo’lishi kerak.
4- Shartli refleks hosil qilinishida organizmda boshqa aktiv faoliyat bo’masligi kerak.
5- Shartsiz va shartli qitqlagichlarning kuchi etarlicha bo’lishi kerak.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’da qo’zg’lish va tormozlanish.
Shartli reflekslarning hosil bo’lishi miya yarim sharlari po’stlog’ida doimiy ravishda sodir bo’lib turadigan qo’zg’lish va tormozlanishning almashinib turishidir. Har qanday shartli reflekslarning yuzaga kelishi ma’lum bir markazlar ishining qo’zg’lishi, ikkinchi bir xillarining esa tormozlanish bilan xarakterlanadi Miya yarim sharlarining po’stloq qismida yuz beradigan tormizlanish jaryonini I.P.Povlov chuqur o’rganib, ikki tormizlanish mavjudligini qayd qiladi, ya’ni shartsiz-tashqi tormizlanish va ichki- shartli tormizlanish.
Tashqi- shartsiz tormizlanish : M.N.S-sining hamma qismlariga hos xususiyatdir. Tashqi tormozlanish shu bilan xarakterlanadiki, shartli refleks hosil qilinayotgan paytda chetdan kuchli bir qo’shimcha qitiqlagich berilsa refleks hosil bo’maydi. Agar oldindan mustahkamlangan shartli refleks bo’lsa, u tormozlanadi.
Shartli- ichki tormozlanish: Bu tormozlanish M.N.S.sining yuqori bo’limlariga hos bo’lib, shartli qitiqlagich shartli qitiqlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo’zg’alish o’chog’I vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo’ladi.Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo’ladi. Shartli tormozlanish so’nuvchi, qiyosiy ba kechiktiruvchi turlarga bo’linadi.
So’nuvchitormozlanish: Agar egallagan bilim, hunar- kasbini uzoq payt davomida takrorlab turmasa esidan chiqaradi, hosil bo’lgan shartli refleks so’nadi,ya’ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so’nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o’rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Biroq bu bog’lanish yoqolsa ham ma’lum vaqtgacha uning izi qoladi, natijada odam unutgan narsalarini takrorlasa u tezda esiga keladi, Odamning kundalik hayotida so’nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So’nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, so’nish darajasiga, bolaning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Qiyosiy tormozlanish : Miya yarim sharlar po’stlog’ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan hosil bo’lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog’liq bo’ladi.Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o’zgartirilsa , hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechiktiruvchi tormozlanish-Agar shartsiz ta’sirlovchi kechiktirilib berilsa, shartli refleks ta’sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo’ladi. Kechikuvchi shartli refleks bog’cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo’ladi. Bu bolalarning oliy nerv faoliyatining tipiga bog’liq bo’ladi.
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI.

Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq bo’ladi.


Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog’liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog’liq bo’lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Povlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan .
1-Kuchli qo’zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo’zg’lish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’lish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi,o’rta o’zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o’z fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakteri o’zgaruvchan, o’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo’ladi.
2-Kuchli qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv jaroyonlarining kuchliligi, qo’zg’lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’lib, tez so’nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’niladi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladilar, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ko’p, aytilgan tez ilg’ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o’z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3-Kuchli,qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’z boyligi bo’ladilar.
4-Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo’zg’luvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin , yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadigan, tez charchaydigan, o’qish, yozishni sekin o’rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o’zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.
Odamning oliy nerv faoliyati yosh
Xususiyatlari.
3-yoshgacha bo’lgan bolalar: Bola nasldan o’tgan bir ozgina reflekslar bilan tug’iladi. Tug’lish vaqtiga kelganda bola miyasi, garchi ko’p jihatdan halikamolga etmagan bo’lsada, lekin vaqtincha aloqalar paydo qilishga tayyor bo’ladi.
Ko’pdan –ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, ovqatlanishga taaluqli bo’lgan shartsiz reflekslar asosida bola hayotining 5 va 6 kunlarida, ba’zima’lumotlarga qaraganda esa 10 kunida birinchi marta shartli reflekslarni hosil qilishi mumkin.
Bola 15 kunlik bo’lganidan keyin kompleks teri, proprioreseptiv va labirint ta’sirlari bilan ish ko’rib tana vaziyatiga javoban shartli refleks hosil qilishi mumkin bo’lib qoladi.
Odamda 1-chi va 2-chi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi.
Bolada 2-chi signal sistamasining shakillanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining 1-chi yilidagi so’ngi oylarida va butun 2-chi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topish jaroyoni shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’lib boradi. Bureflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olish, o’rganishiga asoslangan. Hayotining 2-chi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3- yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakillanib boradigan davr hisoblanadi.
3-yoshdan –5yoshgacha bo’lgan bolalarning oliy nerv faoliyati: Maktabgacha tarbiya yoshidagi, ya’ni 3-5 yashar bolalar uchun jonli orientirovka reaksiyasi xarakterlidir. Bu yoshdagi bolarda musbat shartli reflekslarni mustahkamlash ancha qiyin bo’ladi.
Shartli reflekslarni mustahkamlashning qiyinchiligi shunga bog’liqki, bu yoshdagi bolalarda uxlab qolishigashigacha borib etadigan soqlovchi tormozlanish juda barvaq rivojlanadi. Tormozlanishning rivojlanishi shartli reflekslar intensivligining kamayib qolishi yoki ularning tamomila yo’qolib ketishi, ba’zan esa bolalarda harakat va nutq aktivligining kuchayishi bilan ham ifodalanadi. Bu yoshda reflekslar tashqi ta’sirotlarga chidamsiz bo’ladi.
Shartli reflekslarning sekinlik bilan mustahkamlashib borishi ularning tashqi ta’sirlariga chidamsizligi, ta’sirlovchi va tormozlovchi jaroyoning keng tarqalib ketishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 3-5 yashar bolalar bosh miyasi po’stlog’dagi shu nerv jarayonlarining zaif bo’lishini ko’rsatadi.
2-chi signal sistemasi tobora ko’proq ustun ahamiyat kasb etib boradi. 4-5 yashar bolalarda shartli reflekslar aloqalar nutq va himoya reaksiyalari bilan mustahkamlamib turadigan bo’lsa, ovqat bilan mustahkamlangandan ko’ra osonroq bujudga keladi.
5-yashardan-7-yashgacha bolalar O.N.F.
5-6 yashar bolalarda nerv jarayonlarining kuchi va harakatshanligi ortib boradi. Mana shu davrda hususan bola 6yoshga to’gan paytida ichki tormozlanish ancha barqaror bo’lib qoladi. Po’stloqning ish qobiliyati esa kuchayadi. 6yoshli bolalar endi ma’lum bir ob’ektga 15-20 daqiqa davomida o’z diqqatini jalb etib tura oladi. Shu munosabat bilan muntazam mashg’ulotlar olib borish imqoniyati tug’iladi, lekin bu mashg’lotlar 15-20 daqiqa uzoqqa cho’zilmaydigan bo’lishi kerak. Ichki tormozlanish kuchayib boradi. Ichki tormozlanishning bolani o’qitib o’rgatishda juda muhim bo’ladigan differehsirovka (qiyosiy) va so’nish singari turlari 4-5 yashar bolalardagiga qaraganda ikki baravar tezroq hosil bo’ladi. Paydo bo’lgan tormozlanish birmuncha yzoq saqlanib turadiki, bu hulq-avtor aktlarining ancha aniq shakllanib borishiga yordam beradi, biroq shartli reflekslarning differensirovkasi bilan so’nishi ancha qiyinlik bilan ro’y beradi. Bunda vegetativ jarayonlar juda zo’rayadi, yurak urishi tezlashadi, nafas olish o’garadi va hakozalar. 5-6 yoshli bolalarda 2-chi signal sistemasining ahamiyati keskin ortadi, so’lar yordami bilan fikrlash tobora ko’proq ro’l o’ynaydigan bo’lib qoladi, ichki nutq paydo bo’ladi.
Bolalar 6 yoshidan boshlab harakatdan ajratib olingan abstraksiyalangan tushunchalardan foydalana boshlaydi. Ular endi umumiy yoki gruppa belgilarini farq qiladigan bo’lib qoladi. Mana shu davrda bolalarni yozish va o’qitishga o’rgatishga kiriladi.
7yoshga borganda bola bosh miyasining peshona bo’limi mofologik jihatidan etilib qoladi va xuddi shu davrda bir qancha harakatdan tashqil topadigan ish programmasini miyaga jo qila olish va o’sha ish natijasini ko’ra o;ish qobiliyati paydo bo’ladi.
7-yoshdan- 12 yoshgacha bolalar O.N.F.
7-9 yasgar bolalarda musbat shartli reflektor aloqalar tezroq tutashadi. Ba’zi bolalarda bular paydo bo’lgan paytdanoq mustahkamlanib boradi. Shartli refleks birdan mustahkamlangan bo’lsa, buni mustahkamlash uchun shartli ta’sirotlarni shartsiz ta’sirot bilan birgalikda bir necha marta qo’ shmcha tatbiq qilish kerak bo’ladi.
7-12 yashar bolalarda musbat va manfiy shartli reflekslarning tez mustahkamlanib borishi, tashqi ta’sirotlarga chidamli bo’lishi va nerv jaroyonlarining ancha tez qonsentrasiyalanishi bilan ta’riflanadi.
10-12 yashar bolalarda oddiy ta’sirotlarga javoban ham musbat shartli reflekslar tez paydo bo’ladi va odatda darrov o’rnashib qoladi. Shartli reflekslarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi oson bo’ladi. Yangi shartli reflektor aloqalar mustahkamligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib 10-12 yashar bolalar uchun musbat shartli reflekslarni ham, tormozlovchi shartli reflekslarni ham tez va mustahkam hosil qilish xarakterlidir.
12-16 yoshgacha bo’lgan bolalar O.N.F.
Qizlarda o’smirlik davri o’g’il bolalardagiga nisbatan 1-2 yil ilgari boshlanadi. Qizlarda bu davr 12-yoshdan boshlanib, 15 yoshda tugallanadigan bo’lsa, o’g’il bolalarda esa 13 yoshdan boshlanib, 16 yoshda tugallanadi.
Bu yoshda qo’zg’lish jaroyonlari ro’yi rost ustun turadi. Nutq o’zgaradi- usekin bo’lib qoladi, javoblar nisbatan qisqa, lo’nda holga kiradi. Shu munosabat bilan to’la javob olish uchun bir qancha qo’shimcha savollar berish kerak bo’ladi.
Mana shu hususiyatlar jinsiy jihatidan etilish davrining boshida po’stloq faoliyati 2-chi signal sistemasining funksional darajasi bir muncha susayib qoladi, bevosita signallarga javoban shartli reflekslar tezroq hosil bo;lsa, so’z signallariga javoban ancha sekin hosil bo’ladi.
Ko’pincha vegetativ funksiyalar ham, bir qadar o’zgarib qoladi, hansirash, yurak sohasida og’riq paydo bo’ladi, yurak urishlari tezlashadi va boshqalar. Emotsionallik keskin kuchayadi. Bir qancha olimlarning fikriga qaraganda mana shularnung hammasi bosh miya po’stlog’ining tormozlovchi ta’siri pasayib qolgani va po’stloq osti strukturalarining qo’zg’lish holatiga o’tganidan darak beradi. Bu hodisalar o’g’il bolalardan ko’ra qizlarda ko’proq ifodalangan bo’ladi va shu birga qizlardagi tormozlanib qoladigan harakatlardan farq qiladi. Qizlar sal narsaga ham ko’z yoshi qiladigan bo’lib qoladi.
Keyinchalik psixikaning beqarorligiga xos hodisalar paydo bo’ladi., ya’ni ma’yuslik tezda shodlik bilan almashadihan bo’lib qoladi.
Taxminan 15 yoshdan boshlab 2-chi signal sistemasining roli yana ortib boradi. Miya po’stlog’I va po’stloq ostida qo’g’lish jarayoni so’na boshlaydi. Ichki tormozlanish kuchayib boradi va o’smirlarda ikkila-signal sistemasining miya po’stlog’I va po’stloq ostining munosabatlari qiyosan uyg’un bo’ladigan yoshlik davriga o’tadi.

Nerv tizimining birinchi funksiyasi - odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va a’zolari funksiyasini boshqarish, ularning bir-biri bilan bog‘lanishini ta’minlashdan iborat. Bu funksiyani markaziy nerv tizimining quyi qismlari (bosh miyaning quyi sohasida joylashgan uzunchoq, o‘rta, oraliq miya, miyacha) dagi nerv markazlari, shuningdek, orqa miya bajaradi.


Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi - odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati, fe’l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini ta’minlaydi.Nerv tizimining bu funksiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan oliy nerv faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Nerv tizimining tuzilishi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat. Markaziy va periferik nerv tizimiMarkaziy nerv tizimi orqa miya va bosh miyadan iborat.
Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm,massasi 30-40 gr bo‘ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan: tashqi qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon,ichki qavati yumshoq parda. O‘rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi.
Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa orqa miya ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 segmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo‘yin qismida, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1- 3 tasi dum qismida bo‘ladi.
Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan tuzilganligi ko‘rinadi: 1. Tashqi qismi oq modda. 2. Ichki qismi kulrang modda. Kulrang modda kapalak yoki “H” harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.
Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi. Nerv hujayralarining uzun o‘simtalari sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalarini tashkil etib, ular umurtqa pog‘onasidan tashqariga chiqib tananing to‘qima va a’zolariga boradi.
Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlarida yuzaga kelgan qo‘zg‘olish impulslarini bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajaradi.
Bosh miya. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo‘jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim psixik xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi.
U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz -sintez qilib, ularga javob qaytaradi, tananing barcha to‘qima-a’zolari faoliyatini bir-biriga bog‘lab, boshqaradi.Organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.Bosh miya kalla suyagi ichida joylashgan bo‘lib, uning vazni katta odamda 1020-1970 gramm.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xussusiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshligidan tarbiyasi, ilm olishi, mashq qilishiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol, ya’ni ustun qismi va bosh miya yarimsharlari. Bosh miyaning ustun qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya - bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan.Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi 7 gramm. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi esa orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo‘zg‘alish impulsini orqa miyaga o‘tkazishdan iborat. Uzunchoq miyaning shikastlanishi o‘tkazuvchanlik funksiyasining buzilishiga, ya’ni orqa va bosh miya o‘rtasidagi aloqani hamda nafas olish, yurak ishining buzilishiga olib keladi.
Miya ko‘prigi - uzunchoq miyaning yuqori tomonida joylashgan bo`lib, yon tomonidan miyacha bilan tutashib turadi.Miya ko‘prigida uchlik nervining, ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nervining markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko‘prigi reflektor funksiyani bajaradi.
O‘rta miya - miya ko‘prigining yuqorisida joylashgan. Unda to`rt tepalik deb nomlangan nerv hujayralari to`plami bo‘lib, tepalikning oldingi 2 tasida - po‘stloq osti ko‘rish markazi, tepalikning orqadagi 2 tasida - po‘stloq osti eshitish markazi joylashgan.
O‘rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash, yutish va qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana deb nomlangan nerv markazi tana muskullarining tarangligini ta’minlaydi.
Oraliq miya - o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus) va do‘mboq osti soha (gipotalamus) kiradi. Talamus - po‘stloq osti sezish markazidir. Gipotalamus - vegetativ nerv tizimining markazidir.
Miyacha - bosh miya yarimsharlari ensa bo‘lagining ostida joylashgan. Massasi 150 gramm. Uning ikkita yarim sharlari va ular o‘rtasida chuvalchangsimon qismi bor. Miyachaning tashqi qavati kulrang rangdagi nerv hujayralari modda bilan qoplangan bo‘lib, u kichik egat va pushtalarga bo‘lingan. Miyacha odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarining tartibli bajarilishini va muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi.
Bosh miya - o‘ng va chap katta yarimsharlardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat:
- bosh miya yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi 25-30 mm bo‘lib, pushta va egatchalardan iborat. Uning sathi 1468-1670 smІ ni tashkil etib, unda 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.
Bosh miya yarimsharlari po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o‘zlashtirish, xotirasi, boshqalar bilan muomalasi, madaniyati, bilim olishi, hunar o‘rganishi, murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati kabilar bosh miya po‘stlog‘ining faoliyatidir (aniqrog`i po`stloq qavatda joylashgan nerv hujayralarining faoliyatidir).
Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv hujayralari to`plami oliy nerv markazlari deyiladi. Jumladan, bosh miya po‘stlog`ining ensa qismida-ko‘rish, chakka qismida-eshitish, peshona qismining ostki, ichkari sohasida-hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida - harakat, orqa markaziy pushtasida-teridagi sezish markazlari joylashgan.
Periferik nerv tizimi orqa miyaning orqa va oldingi shoxlaridan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi somatik nerv tolalari hamda bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nerv tolalaridan iborat. Bulardan tashqari vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik nerv tolalari ham, periferik nerv tizimi hisoblanadi. Bu nervlar bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta, uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning turli sohalarini yon shoxlaridan chiqadi.
Somatik va vegetativ nerv tizimi funksiyalari. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra nerv tizimi ikki qismga bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi.
Somatik nerv tizimi - odam tanasining sezgi a’zolari va skelet muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu funksiya yuqorida aytilganidek orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar va bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nervlari orqali bajariladi.
Vegetativ nerv tizimi - simpatik va parasimpatik nerv tolalari bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta va uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning ko‘krak, bel, dumg‘aza segmentlaridan chiqadi.
Vegetativ nerv tizimi - ichki a’zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo),shuningdek,ichki sekretsiya bezlari faoliyati hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Simpatik nerv - yurak ishini tezlashtiradi, kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytiradi, arterial qon bosimini oshiradi, me`da-ichak harakatini susaytiradi, siydik pufagi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, bronxlarni kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi, ter ajralishini ko‘paytiradi.
Parasimpatik nervi - yurak ishini sekinlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi, me`da-ichak harakatini kuchaytiradi, siydik pufagi muskullarini qisqartirib, siydikning tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi, bronxlarni va ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi.
Refleks nerv faoliyatining asosiRefleks tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv tizimining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi (og‘riq sezish, qo‘l- oyoq harakati, nafas olish, ko‘zni yumish va ochish). Refleks ikki xil bo‘ladi: shartli va sharsiz. Shartsiz refleks orqa va bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi.
Shartsiz reflekslar - tug‘ma bo‘lib, ular odamning ixtiyorisiz bajariladi. Masalan, nafas olish, yurak urishi, ko‘zni ochib yumish, so‘lak ajralish va hokazolar.
Shartli reflekslar - bosh miyaning po‘stloq qavatidagi nerv markazlari ishtirokida yuzaga kelib, odam tug‘ilgan vaqtda bo‘lmaydi, keyinchalik hayotiy tajribalari, tarbiya va bilim olish, hunar o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi.
Refleks yoyining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: retseptor, sezuvchi nerv tolasi, nerv markazi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, ishchi a’zo, har bir faoliyatni bajaruvchi. Refleks hosil bo‘lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari butun bo‘lishi kerak. Ularning birontasi shikastlansa refleks hosil bo‘lmaydi.
Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasida, tananing turli qismlarida joylashgan retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali miyaning nerv markazlariga kelgan impulslar, uning oq moddasida joylashgan o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish, pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali, orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi to‘qima va a’zolarga o‘tkaziladi.
Oliy nerv faoliyati.Odam xulq – atvori, aql idroki, fikrlashi, ongi, ixtiyoriy harakatlari va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo‘lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po‘stlog‘ida joylashgan nerv markazlarining funksiyasiga bog‘liq. Odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namoyon bo‘ladi.
Odam oliy nerv faoliyatining tipari. I.P.Pavlov bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi nerv hujayralarining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga ajratgan.
1.Kuchli, qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun bo‘lgan, muvozanatsiz tip (xolerik).
2.Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik).
3.Kuchli, muvozanatlashgan, kam harakat tip (flegmatik).
4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tip (melanxolik).
Xolerik tipga - kiruvchi bolalar, tinib-tinchimas, serharakat, janjalkash, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan-o‘zi kuladigan, zehni yaxshi-yu, xulq-atvori murakkab bo‘ladi. Ularni tarbiyalash va o‘qitish ota-ona, murabbiy va o‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi.Bunday bolalarga yakka tartibda ehtiyotkorlik bilan yondashish talab qilinadi.
Sangvinik tipga - kiruvchi bolalar, qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq (shoshilibroq) bajarishga intiladi, boshqalar bilan munosabati yaxshi bo‘ladi.
Flegmatik tipga - kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan sekinlik bilan bajaradilar.
Melanxolik tipdagi - bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmaydi, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Bu bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, hunar o`rgatish yakka tartibda olib borilishi lozim.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida bayon qilingan tiplarining bolalarga xos xususiyatlari nasldan berilgan bo`lib, genotip deyiladi. Bolani tarbiyalash jarayonida genotipga xos bo`lgan ayrim noma`qul xususiyatlar foydali xususiyalar bilan almashtirilishi natijasida fenotip shakllanadi.
Sezgi a’zolari (analizatorlar). Odam organizmi tevarak-atrof muhitning xilma-xil ko‘rinishi, undagi tovushlar, hid, harorat kabilar bog‘liqdir. Bu bog‘lanish sezgi a’zolari orqali ta’minlanadi. Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to‘plami joylashgan bo‘lib ularni I.P.Pavlov analizatorlar (sezgi a’zolarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan:
1.Analizatorning periferik qismi - retseptor;
2.Analizatorning o‘tkazuvchi qismi - sezuvchi nerv tolasi;
3.Analizatorning markaziy qismi - bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida joylashgan sezuchi nerv hujayralarining to`plami.
Odam tashqi muhit ta’sirotlarini va o‘zgarishlarini ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorlari orqali qabul qiladi.
Ko‘rish analizatori. Odam tevarak atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ko‘z yordamida ajratadi. Ko‘z bosh suyagining ko‘z chuqurchasida joylashgan bo‘lib, ko‘z soqqasidan, ko‘rish nervi va yordamchi qismlardan iborat. Ko‘z soqqasining tashqi va ichki qismlari bo‘ladi. Tashqi qismi oqsilli, tomirli va to‘r qavatlardan tashkil topgan. Oqsilli qavatning oldingi qismi shox parda deb, tomirli qavatning oldingi qismi esa rangdor parda deb nomlanadi. Bu pardaning o‘rtasidagi teshik-ko‘z qorachig‘idir.
Ichki to‘rsimon qavatida tayoqcha va kolbacha shaklidagi retseptorlar bo‘lib, ular yorug‘likni, ranglarni qabul qiladi. Ko‘z soqqasining ichki qismi ko‘z gavhari, ko‘z ichi suyuqligi va shishasimon suyuqlikdan iborat bo‘lib, ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirish xususiyatiga ega. Yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazishda ayniqsa, ko‘z gavhari muhim ahamiyatga ega. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi, uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilanadi. Gavhar shaklining bunday o‘zgarishiga akkomodatsiya deyilib, ko‘zning uzoqni va yaqindan ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi.
Ko‘zning ichki to‘rsimon pardasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarning qo‘zg‘olishi ko‘rish nervi tolasi orqali o‘rta va oraliq miyadagi po‘stloq osti ko‘rish markazlariga, so‘ngra bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan oliy ko‘rish markaziga boradi.
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi. Ko‘rish a’zosining funksional buzilishlari orasida yaqindan ko‘rish va uzoqdan ko‘rish hollari ko‘p uchraydi.
Ko‘rish a’zosi funksiyasi buzilishining oldini olish uchun bolalarni yoshlikdan o‘qish va yozish gigiyenasi qoidalariga amal qilishni o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Eshitish analizatori. Eshitish a’zosi-quloq uch qismdan iborat: tashqi quloq, o‘tra quloq, ichki quloq.
Tashqi quloq, quloq surpasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Tashqi eshitish yo‘lining oxirida nog‘ora pardasi bo‘lib, u tashqi eshitish yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloqda bolg‘acha, sandon, uzangi shaklidagi eshitish suyakchalari, o‘rta quloqni burun halqum bilan tutashtiruvchi Yevstaxiy nayi bo‘ladi.
Ichki quloq bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya’ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida eshitish retseptorlari joylashgan.
Retseptorlarning qo‘zg‘olishi eshitish nervining tolasi orqali miya ko‘prigi va o‘rta miyada joylashgan po‘stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga boradi. Unda tovushning mazmuni aniqlanadi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega.
Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur:
- uzoq ta’sir etuvchi shovqinlardan holi bo‘lish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- gripp va shamollash kasalliklaridan saqlanish.
Teri analizatori. Teri uch qavatdan iborat: epidermis, derma, gipoderma.
Terida og‘riqni, haroratni (issiq va sovuqni), taktil, (siypalash va bosimni) sezuvchi retseptorlar joylashgan.
Bu retseptorlarning turli ta’sirotlardan qo‘zg‘olishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti nerv markaziga va undan bosh miya po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Ularda sezishning tabiati aniqlanadi.
Teri himoya, ayirish, tana haroratining doimiyligini saqlash kabi funksiyalarni ham bajaradi.
Hid bilish analizatori. Hid bilish retseptorlari burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni o‘rtacha 30-40 mln. atrofida. Hid bilish retseptorlari havodagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar ta’sirida qo‘zg‘oladi. Ularning qo‘zg‘olishi hid bilish nerv tolasi orqali bosh miya po‘stlog‘ining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi va unda hidning tabiati aniqlanadi.
Ta’m bilish analizatori. Ta’m bilish retseptorlari tilning so‘rg‘uchlarida, tanglayda, halqum shilliq pardasida, bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, tilda ta’m bilish retseptorlari ko‘p bo‘ladi.



Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling