Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzах dаvlаt pеdаgоgikа universiteti


Download 145.04 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi145.04 Kb.
#1608495
  1   2   3
Bog'liq
Sevara


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZАХ DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVERSITETI
SIRTQI” BO’LIM
TABIIY VA ANIQ FANLARDA MASOFAVIY TA’LIM” KАFЕDRАSI

Boshlang`ich ta`lim” yo‘nalishi


Matematika o`qitish metodikasi” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Boshlang’ich sinfda didaktik materiallardan foydalanish shakllantirish

Bajardi: S.Bobomirzayeva
Kurs ishi rahbar: H.Alimov
Jizzax – 2023


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
I. BOB. DARSDA O'TKAZILADIGAN DIDAKTIK O'YINLARNING MAZMUNI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI
1.1. Sanoqqa doir ba'zi didaktik o'yinlarning tasnifi………………...5
1.2. Didaktik o'yin: «Teatr»………………..11
II. BOB. SANOQQA DOIR DIDAKTIK O'YINLARGA QO'SHIMCHA MATERIAL
2.1. Didaktik o'yin: «Qaysi biri qo'shildi»……....15
2.2. «Sehrli saroy» o'yini…......24
XULOSA………………………………………………………………………..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………31

Kirish
Boshlang'ich sintlar o'qiluvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasini umumiy pedagogik- psixologik va matematik tayvorgarlik bilan uzviy bog'lanishga tayyorlanishini tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang'ich ta’lim sohasida ma'lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi.Metodik-matematik tayvorgarlik boshlang'ich sinf o'qituvchisini tavyorlashning tarkibiy qismi bo'lib. uning ta'limiv- tarbiyaviy faolivatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan. boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish birinchi bosqichdir. va’ni bolalarni navbatdagi matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang'ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang'ich ta’limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o'zining munosib xulosasini topgan.Matematikadan boshlang'ich ta’lim-tarbivaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etish mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash. psixologiya. didaktika. matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o'/i yetarli emas. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilar o 'zaro chambarchas bog'langan bo'lib. o'quv yo'nalishiga oid eng so'nggi usullarni darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik va/il'alarni hal etish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanish jarayoni faol pallaga kirishi hois boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa, muhimdir.Nazariy bilimlarni amaliy mashg'uiotlarga tayyorlanishda va mashg'ulotlarning o'zida o'qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.Metodik masalalar bar hi г darsda yuzaga keladi. shu bilan birga, odatda ular bir qivmatli yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyat uchun eng samarali yechimni tez topa olishi uchun. bu sohada yetarlicha tayyorgarlikka ega bo'lishi talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi kerak.Boshlang'ich ta’lim metodikasi o'qitish vositasi — didaktik o'yinlardan taassurot qoldiruvchi va ijobiy ta sir ko'rsatuvchi omil sifatida oqilona foydalanish katta samara beradi.Ushbu o'quv qo'llanmada ko'rsatilgan mashg'ulotlar bo'yicha amaliy vazifalarni bar bir mashg'ulot yuzasidan mustaqil ishlarni bajarish, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar mazmunining ta'sirchanligini, qabul qilish darajasini oshiradi.


Download 145.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling