Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nii samarqand filiali Fan: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Fan o’qituvchisi: Gulnoza Allayorova


Download 173.13 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi173.13 Kb.
#1504809
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi.

Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi. O'yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur. Kichik maktab o'quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg'u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi

O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik va psixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshida jismoniy jihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jismoniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.


Download 173.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling