Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va soliq idoralarida hisobga olish tartibi
Download 1.74 Mb.
|
6soliq savol javob
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va soliq idoralarida hisobga olish tartibi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2020-yil 2-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kiritildi. Ular qaror e’lon qilingandan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Bu haqda Norma xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, nizomning 19-bandiga quyidagi xatboshilar qo‘shildi, ularga asosan: banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, muassislari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisob varaqlarini masofadan turib ochishi mumkin; bank hisob varag‘i tizimda joylashtirilgan bank hisob varag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan ochiladi. 40-band qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagi asoslar bilan to‘ldirildi: yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda — BHMning 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi; ulushning boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda — muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi. O‘z navbatida, 41-banddan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassislari tarkibida chet ellik yuridik shaxsning mavjud emasligi – yangi tahririda mavjud emas. Yuridik shaxs tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza shakli “Mijozning benefitsiar mulkdori to‘g‘risida so‘rovnoma”, shuningdek, “Xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish” bo‘limlari bilan to‘ldirildi. Shu tariqa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda tadbirkor xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yadi. Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan. Hujjat 2021-yil 4-sentabr kuni kuchga kiradi. Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organga aylanishi mumkinligi, O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli tadbirkorlik subyektlariga 1,6 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilganligi hamda O‘zbekistonda tadbirkorlar davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling