Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalari


Download 1.74 Mb.
bet5/6
Sana14.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1196643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6soliq savol javob

Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalari

Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi 5 barobarga kamaytiriladi
Tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi miqdori BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) etib belgilandi. Ilgari buning uchun BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) to‘lash kerak edi. Shuningdek, tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida boj to‘lamasdan qayta murojaat qilinishi mumkin. Boshqa litsenziyalarni olish ham soddalashtirildi.
Vazirlar Mahkamasi 27 dekbar kuni aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hujjat Lex.uz ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashtiriladi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olishda yig‘im BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) bo‘lsa, endilikda BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) miqdorida belgilandi. Tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lamasdan murojaat qilinishi mumkin.
Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirilganda yig‘im 10 foizga — 48 600 so‘mgacha kamaytiriladi.
Bundan tashqari, yuridik konsalting firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirildi. Adliya organlari ro‘yxatdan o‘tgan firma tomonidan taqdim etilgan maslahatchilar to‘g‘risidagi hujjatlarni uch kunda emas bir kunda ko‘rib chiqishi kerak.
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish osonroq bo‘ladi — ariza 10 ish kuni (ilgari 20 ish kuni) ichida ko‘rib chiqiladi, litsenziya dublikatini berish uchun 2 ish kuni (ilgari 3 ish kuni) davom etadi.
Bundan tashqari, bir qator xizmatlarni olishda yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi talab qilinmaydi.
Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlariga nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar davlat boji va yig‘imlarini 50 foizlik chegirma bilan to‘lashi mumkinligi bo‘yicha qoida ham qo‘shildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday tashkil etiladi?
O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi? Uyda o‘tirgan holda tadbirkor bo‘lish mumkinmi? Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qanday soliqlar undiriladi? Shu kabi savollarga Soliq qo‘mitasi javob berdi.
Yakka tartibdagi faoliyat turini tashkil qilish va tadbirkorlardan olinadigan soliq to‘lovlari haqida Davlat Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Po‘lat Davlatov ma'lumot berdi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


«Endilikda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun ortiqcha hech qanday hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini yarim soat yoki uzog‘i bilan bir soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin», – dedi Po‘lat Davlatov.


Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradigan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi, agar tadbirkor elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling