Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Umumiy fizika (Elektr) fani bo’yicha
Download 299.64 Kb.
|
5110200-Fizika-va-astronomiya-oqitish-metodikasi (2)
Umumiy fizika (Elektr) fani bo’yicha.
Elektr maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi? Nuqtaviy zaryad, dipol va zaryadlar sistemasining elektr maydon kuchlanganligi qanday hisoblanadi? Elektr maydon grafik ravishda qanday tasvirlanadi? Kuchlanganlik chiziqlari (kuch chiziqlari) deb nimaga aytiladi? Ularning yo’nalishi va soni qanday shart bilan aniqlanadi? Kuchlanganlik oqimi deb nimaga aytiladi? Ostrogradskiy-Gauss teoremasi qanday ifodalanadi? Bu teorema yordamida zaryadlangan cheksiz yassi tekislik, o’zaro parallel zaryadlangan cheksiz yassi tekisliklar elektr maydon kuchlanganliklari qanday aniqlanadi? Kuchlanganlik oqimi deb nimaga aytiladi? Ostrogradskiy-Gauss teoremasi qanday ifodalanadi? Bu teorema yordamida zaryadlangan sferik va silindrik sirtlarning elektr maydon kuchlanganliklari qanday aniqlanadi? Zaryadning chiziqli, sirtiy va hajmiy zichliklari deb nimaga aytiladi? Muhitning dielektrik singdiruvchanligi deb nimaga aytiladi? Elektr maydon kuchlanganligi dielektrik singdiruvchanligi har xil bo’lgan ikki muhit chegarasida qanday o’zgaradi? Elektr induksiya (siljish) deb nimaga aytiladi? Elektr induksiyaning elektr maydon kuchlanganligi bilan bog‘lanishi qanday? Qanday elektr maydonni bir jinsli maydon deb ataladi? Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi potensiali deb nimaga aytiladi? Nuqtaviy zaryad, nuqtaviy zaryadlar sistemasi, dipol va zaryadlangan sferaning potensiallari qanday aniqlanadi? Zaryadning maydondagi potensial energiyasi nimaga teng? Ekvipotensial sirtlar deb nimaga aytiladi? Bu sirtlarga nisbatan kuchlanganlik va induksiya chiziqlari qanday yo’nalgan bo’ladi? Elektr maydon kuchlanganligi bilan potensiallar ayirmasi orasidagi bog‘lanish qanday. Potensial gradienti deb nimaga aytiladi? Metall sharning ichidagi kuchlanganligi va potensiali nimaga teng (ikki xil holati uchun javob bering)? Kuchlanganlik, induksiya, kuchlanganlik oqimi, induksiya oqimi, potensial kabi elektr maydonni tavsiflovchi kattaliklarning qaysi birlari vektor va qaysi birlari skalyar? Zaryadni elektrostatik maydonda ko’chirishda bajargan ish qanday hisoblanadi? Kuchlanganlik vektori sirkulyatsiyasi deb nimaga aytiladi va uning fizik ma’nosi qanday? Zaryadning va zaryalar sistemasining energiyasi qanday aniqlanadi? O’tkazgichning elektr sig‘imi deb nimaga aytiladi? O’tkazgichning potensiali uning sig‘imi va zaryadi bilan qanday bog‘lanishga ega? Sferik o’tkazgichning sig‘imi qanday aniqlanadi? Kondensator deb nimaga aytiladi? YAssi, sferik va silindrik kondensatorlarning sig‘imi ifodalarini keltirib chiqaring. Zaryadlangan o’tkazgichning va kondensatorning energiyasi qanday aniqlanadi (keltirib chiqaring)? Elektrostatik maydon energiya zichligi deb nimaga aytiladi? Kondensator energiyasining hajmiy zichligi qanday hisoblanadi? Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash. O’zgarmas tok deb nimaga aytiladi va uning yuzaga kelish sabablari qanday? Tok kuchi va tok zichligi deb nimaga aytiladi? Ularning o’lchov birliklarini ayting. Elektr yurituvchi kuch (EYUK), potensiallar farqi, kuchlanish, potensial tushuvi, manbadagi kuchlanish deb nimaga aytiladi? Ularning orasida qanday farq bor? Zanjirning bir qismi uchun va berk zanjir uchun Om qonunlari qanday ifodalanadi? Elektron nazariya nuqtai nazaridan o’tkazgichning qarshiligini qanday tushuntiriladi? Qarshilik o’tkazgichning chiziqli o’lchamlariga qanday bog‘liq? Solishtirma qarshilik va solishtirma o’tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi? Zanjirning bir qismi uchun Om qonunining umumlashgan ko’rinishi qanday ifodalanadi? O’tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulash. Tok manbalarini parallel va ketma-ket ulash. Tarmoqlangan zanjirlar uchun Kirxgof qonunlarini ta’riflang va ifodalang. Om va Joul-Lens qonunlarining differensial shakllarini keltirib chiqaring. Metallarda elektr tokining elektron tabiati qanday tajriba asosida aniqlangan? Metallar elektr o’tkazuvchanligining klassik nazariyasi kamchiliklari nimalardan iborat? Magnit qutblari orasidagi o’zaro ta’sir qanday qonun bilan aniqlanadi? Magnit singdiruvchanlik deb nimaga aytiladi? Magnit dipol deb nimaga aytiladi? Dipolning magnit momenti qanday ifodalanadi? Magnit maydon deganda nimani tushuniladi? Magnit maydon kuchlanganligi va uning birligi. Magnit maydonlarni qo’shishning superpozitsiya prinsipi. Magnit maydonni grafik ravishda qanday tasvirlanadi? Magnit maydon kuchlanganlik chiziqlari deb nimaga aytiladi? Ularning yo’nalishi va soni qanday aniqlanadi? Doimiy magnit, to’gri va aylanma tok, solenoid, toroidlar maydoni kuch chiziqlari qanday ko’rinishga ega? Bio-Savar-Laplas qonuni qanday ifodalanadi? Qanday maydonni uyurmaviy maydon deb ataladi? Magnit maydon kuchlanganligi sirkulyatsiyasining fizik ma’nosini ayting. CHekli va cheksiz uzun to’g‘ri tokning magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi qanday ifodalanadi? Parallel toklarning o’zaro ta’siri. Aylanma tok markazida va aylanma tok o’qidagi magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi qanday ifodalanadi? Solenoid va toroidning magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi qanday ifodalanadi? Qanday magnit maydonni bir jinsli deb atash mumkin? Bunday maydonni qanday hosil qilinadi? Nima uchun magnit maydonni uyurmaviy deb ataladi? Magnit maydon kuchlanganligi sirkulyatsiyasining fizik ma’nosi qanday? Magnit maydon induksiyasi bilan magnit maydon kuchlanganligi orasida qanday bog‘lanish bor? Lorens kuchi deb nimaga aytiladi? Uning yo’nalishi va kattaligi qanday aniqlanadi? Elektromagnit induksiya hodisasi deb nimaga aytiladi? Faradey-Maksvell va Lens qonunlarini ta’riflang. Xoll effekti. Elektromagnit tebranishlar. Elektromagnit tebranishlar tenglamasi. Tebranish konturida Elektromagnit tebranishlarning hosil qilinishi. Tomson formulasi. So’nuvchi Elektromagnit tebranishlar. So’nishning logarifmik dikrimenti. Magnit maydon energiyasi. Magnit maydon energiya zichligi. Uyurmali elektr maydon. To’liq tok qonuni. Magnit oqimi. Transformatorlar O’zgaruvchan tok. O’zgaruvchan tok zanjirida aktiv, induktiv, sig‘im qarshiliklar. O’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni. Rezonans. O’zgaruvchan tokning parallel zanjirdan o’tishi. Rezonans. Elektromagnit to’lqinlar. Metallar elektr o’tkazuvchanligi bilan issiqlik o’tkazuvchanligi orasidagi bog‘lanish. Fideman-Frans qonuni. O’ta o’tkazuvchanlik. Ionlanish va rekombinasiya. Mustaqil va mustaqil bo’lmagan elektr o’tkazuvchanlik nazariyasi. Download 299.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling