Oliy ta’lim insonni har tomonlama toblaydi
Download 115.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Ravshan insho Shvetsariya
Bolalikning beg’ubor davri tugab, mustaqil hayotga qadam qo’yar ekanman: “Oliy ta’lim insonni har tomonlama toblaydi”- degan gapning mohiyatini anglab borayotgan o’xshayman. 2021-yil oktyabr oyining o’rtalari edi. Professorimizning nutqini ham hayrat, ham katta qiziqish bilan eshitib turar ekanman, zamonaviy turizm asoschisi Tomas Kukga qoyil qolmay iloj yo’q. “U dunyo yangiliklar arafasida ekanini anglagan holda, - professorimiz nutqini davom ettirdi, - birinchi bo’lib Britaniyaliklar uchun Parijga sayohat tashkillashtirdi”. O’ylanib qoldim: “Balki Britaniyaning turizm sanoati bu qadar rivojlanganiga, dunyoning madaniy va ma’rifiy nuqtalaridan biriga aylanishiga shu sababchidir?” – etim jimirlab ketdi. Darsdan so’ng xonamga qaytdim, bugungi nutq haqida uzoq o’yladim va kelajakda o’z yurtim rivojiga munosib hissa qo’sha oladigan yetuk kadr bo’lish yo’lida ko’proq ilm olishga intila boshladim. Maqsadimni amalga oshirish yo’lida bilimlarimni yanada boyitish uchun bo’sh vaqtlarimda “Academia.edu” va “Research.eu” kabi jurnallardagi turizm sohasiga oid maqolalarni hamda muhtaram prezidentimizning turizmga doir siyosatlarini xususan, qaror va farmonlarini muntazam o’qib bordim va bu menga o’zgacha shijoat baxsh etdi. Ayniqsa, 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot Strategiyasi”da turizm sohasiga ham katta e’tibor qaratilgani meni juda quvontirdi va menda turizmga oid ko’plab yangi g’oyalar aynan shu izlanishlarim orqali tug’ila bordi. Jumladan, O’zbekiston sharoitiga mos keluvchi turizmning nisbatan yangi turlari: sog’lomlashtirish turizmi, ekoturizm, qishloq turizmi va pazandachilik (kulinariya) turizimi meni juda ham o’ziga jalb qildi. Bunga bir nechta sabablar bor. Birinchisi, mening sevimli buvijonimning oshqozon kasalligi bilan bog’liq muammolari bizni har yili Surxondaryodagi sog’lomlashtirish markaziga olib boradi. Kelajakda shu kabi muammolari bor insonlar uchun bu turdagi markazlarni ko’paytirib, modernizatsiya qilish haqida o’ylasam yanada turizmga bo’lgan muhabbatim oshadi. Ikkinchisi, qishloq turizmi bo’lib, hududlardagi mavjud bizneslarni yanada qo’llab quvvatlash, turistlar uchun yaratilgan yangi qulayliklardan mahalliy aholi ham bahramand bo’lishi, yangi ish o’rinlarni yaratilishi va ekologik jihatdan toza va barqaror muhitni yaratilishi mumkinligi meni yanada quvontiradi. Uchinchisi esa, hozirda juda muhim bo’lgan, har qanday davlat uchun hayot-mamot masalasiga aylanib borayotgan ekologiya muammosidir. Ekoturizmni rivojlantirish orqali fuqarolarimizni va xorijiy sayyohlarni tabiatga bo’lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirish bilan bir qatorda davlatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishni bilish menga yanada ko’proq motivatsiya beradi. Hayotimni o’zgartirib va maqsadlarimni yanada aniqlashtirib bergan o’sha vaqtdan roppa-rosa bir yil o’tib, men dunyoning turizm sohasi bo’yicha eng yaxshi o’ntalikka kiradigan Shvetsariyaning “Cesar Ritz Colleges” oliygohiga qabul qilindim. Oliyjanob prezidentimizning tashabbuslari bilan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sovrindorligi nasib etsa, o’qishimni Shvetsariyada davom ettirib, bilimlarimni kengaytirib, davlatimni turizm sohasida dunyodagi eng yaxshi o’ntalikka kiritsam, xalqimni sog’lom va boy qilishda o’zimning kamtarona hissamni qo’shsam o’z so’zimni ustidan chiqgan va maqsadimga erishgan bo’laman. Husenov Ravshan Ulug’bek o’gli 29.04.2023 Download 115.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling