Oliy ta’lim muassasalari professor oqituvchilarning malakasini oshirish


Download 21.13 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1453349
Bog'liq
Ta\'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yòlga qòyilishi


Mavzu:Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yòlga qòyilishi: Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini organib, quyidagi vazifalarni oz ichiga oladi:

Oliy ta’lim muassasalari professor oqituvchilarning malakasini oshirish;


Ta’limning turli yonalishlari uchun yangi oquv dasturlari, zamonaviy oquv-metodik adabiyotlar yaratilishi;


Oliy ta’lim muassasalari professor oqituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;


Professor oqituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;


Xorijiy oqituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;


Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va …aro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi ortasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” togrisidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida Ozbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot otamoqdalar.
Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yonalishi boyicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi.
Ozbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan togridan-togri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda.
Ushbu shartnomalar parofessor oqituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qoshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni korib chiqadi.
Ozbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik boyicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa ornatgan.
Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilgor xorijiy tajribani qollagan holda oquv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor oqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yonaltirilgan.
Ozbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.
Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus oquv dasturining 20ta loyihasi tadbiq etilib, ularda Ozbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun oquv dasturlarini ishlab chiqarishga bagishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar boyicha yangi oquv dasturlarini chiqish va mavjudlarini takomillashtirish boyicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texniishlabkasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI O‘RTASIDA BITIM
OLIY TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK QILISH TO‘G‘RISIDA
1995-yil 27-iyul, Toshkent
(1995-yil 27-iyuldan kuchga kirdi)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataladi,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 1993-yil 19-martda tuzilgan madaniyat,fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimga, 1993-yil 13-martda Moskva shahrida imzolangan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish hamda ularning malakalari haqidagi hujjatlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida tenglashtirish to‘g‘risidagi Bitimga amal qilib,
oliy ta’lim sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘zaro manfaatdorlikni hisobga olib,
insonparvarlik va muloqot madaniyati asosida ta’limning milliy tizimlari mazmunini yangilashga intilib,
o‘zaro munosabatlarda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida qayd etilgan umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligidan kelib chiqib,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan belgilab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni sherikchilik tamoyillarida rivojlantiradilar. Ular bu hamkorlik uzoq muddatli va konstruktiv xarakter kasb etish uchun kuch-g‘ayrat sarflaydilar.
2-modda
Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarni hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari deb biladilar:
universitetlar, institutlar va o‘rta o‘quv yurtlari o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish;
ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnik ta’limni rivojlantirishga yordam beradigan o‘quv va ilmiy dasturlar hamda loyihalarni birgalikda tayyorlashni tashkil etish;
yosh olimlar va professor-o‘qituvchi kadrlar almashish yo‘li bilan ilmiy salohiyatni kengaytirish;
ta’lim tizimida litsenziyalash va akkreditatsiyalashning qiyosiy tahlilini amalga oshirish;
axborot tarmoqlari va matbuot banklarini vujudga keltirish, mavjud materiallarni almashish va distansion ta’lim bo‘yicha yangi texnologiyalar ishlab chiqish;
sherik-mamlakat tilini va madaniyatini o‘rganish.
3-modda
Tomonlar mavjud va kelgusida tuziladigan hamda xalqaro hujjatlarning bir qismi bo‘lib qoladigan qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqishga ko‘maklashadilar, ularni amalga oshirishda ikkala mamlakat olimlari va mutaxassislari faol jalb etishiga yordam beradilar.
Ular xalqaro dasturlar va loyihalar doirasida oliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, fundamental ta’limni rivojlantirish, o‘quv fanlari va o‘quv-metodik materiallarning yangi kurslarini vujudga keltirishni ko‘zda tutuvchi ishlarning bajarilishiga ko‘maklashishni niyat qiladilar.
4-modda
Tomonlar til va adabiyotlar sohasida bilimning boshqa sohalarida Tomonlarning talabnomalari bo‘yicha mutaxassislar almashadilar.

Institutda nafaqat ta’lim balki, tadqiqot potentsialini yuksalishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Aslida ham har bir oliy ta’lim muassasasini oldida ta’lim, tadqiqot va jamiyatda o‘z professonal yo‘nalishining ilmiy rahbari bo‘lish vazifalari mavjud. Transport sohasiga innovatsiya olib kirish va tadqiqot imkoniyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan muntazam aloqalar mavjud. Toshkent temir yo‘l muhandislaari institutining 40 nafar yosh ilmiy tadqiqotchilari xorijiy ta’lim muassasalarining aspirantura va doktarantura tizimida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.


Modulli ta’lim dasturlari, sillabuslar ishlab chiqishda, birgalikdagi o‘quv dasturlari, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqotlar bilan bog‘liq muhim masalalar yechimida xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil mobaynida 66 nafar xorijiy olimlar va amaliyotchilar ta’limga jalb etilganligi fikrimiz asosidir.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini ta’minlashda bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim hisoblanadi. Ta’lim dunyoviy ilmiy-intellektual, badiiy-estetik va ma’naviy-axloqiy madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish jarayonidir va haqiqiy ta’lim milliy-davlat chegaralarini tan olmasdan jahon tajribalariga asoslangan bo‘lishi har qanday davlat kelajagi uchun kuchli omildir.
Joriy yilning 1-2-noyabr kunlari O‘zDJTU Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida Germaniyadan kelgan filologiya fanlari doktori Beate Rattay-Forstl (Dr. Beate Rattay-Förstl) bilan doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda ilmiy soha va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga bo‘lgan etibor keskin kuchaydi. Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, sohaga bevosita daxldor vazirlik va davlat tashkilotlarining davlatimizda ilm-fanni rivojlantirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirildi. Joriy 2019-yilning 29-oktyabrida qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham aynan shunday vakolat va imkoniyatlarni mustahkamlaydi va kengaytiradi.
Hech shubhasiz, milliy ilmiy soha taraqqiyotida xalqaro hamkorlik va xalqaro tajribani o‘rganish sohada sezilarli samaralarga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stajerlik va ilmiy izlanishlar uchun bir qator tadqiqotchilarni xorijiy davlatlarga yuborayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy ta’lim muassasalarida mamlakatimiz uchun mutaxassislar tayyorlash, xorijda yashayotgan ilmiy salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimiz fuqarolarini chet elda malaka oshirish, stajerlik, magistratura va doktoranturada tahsil olib, yurtimizga malakali va yuqori ilmiy salohiyatli kadr bo‘lib qaytishlari uchun olib borayotgan faoliyati, Fanlar akademiyasi, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy sohada ham xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilayotgani shular jumlasidandir.
Ilmiy sohada xalqaro hamkorlik xususida gap ketganda, albatta, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilayotgan bir qator ishlarni ham tilga olib o‘tish joiz. Chunki universitet bevosita xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan maskan bo‘lgani uchun unda izlanish olib borayotgan olim va tadqiqotchilar faoliyati ham xorijiy tilni chuqur bilish va xorijiy tajribalarni o‘rganish bilan bog‘liq.
Ta’kidlash kerakki, universitet bir qator xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Bugunga kelib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar xalqaro ilmiy hamkorlik sohasi rivojida ham yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling