Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
15-hafta

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MAʼLUMOTLAR
SUV TA’MINOTINI YAXSHILASHGA OID LOYIHALAR KO‘RIB
CHIQILDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida suv ta’minotini yaxshilashga oid loyihalar taqdimoti
bilan tanishdi.
Qoraqalpog‘istonning agrosanoatdagi ulkan salohiyatini yuzaga chiqarish
uchun, avvalo, suv kerak. Hududda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash
maqsadida 2015-yildan boshlab Jahon banki ishtirokida 260 million dollarlik loyiha
amalga oshirildi. 650 kilometr kanal va 556 ta suv inshooti tiklanib, 5 ming gektardan
ziyod yer lazer bilan
tekislandi.
Ish samarali tashkil etilgani va ko‘p narsalar mahalliylashtirilgani natijasida
loyiha qiymatidan 48 million dollar iqtisod qilingan. Shu bois loyihani davom ettirib,
qolgan mablag‘ni Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlariga yo‘naltirish taklif
etilmoqda. Buning evaziga yana 216 kilometr kanal va 406 ta gidrotexnik inshootni
tiklash mumkin. Natijada hozir nasos bilan sug‘orilayotgan 300 dan ortiq fermer
xo‘jaliklari dalasiga suv o‘z oqimi bilan keladi, yiliga 300 million kub suv iqtisod
qilinadi.
Davlatimiz rahbari bu taklifni ma’qullab, suv ta’minoti yaxshilanadigan
yerlarda yuqori daromadli ekinlar ekish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tuprog‘i unumdor. Lekin
235 ta nasos stansiyasi eskirgani sababli 380 ming gektar maydonda suv ta’minoti
og‘irlashgan, shundan 60 ming gektari oborotdan chiqib ketgan. Qolaversa, bu nasos
stansiyalarida elektr energiyasi me’yorga nisbatan 1,5-2 baravar ko‘p sarflanmoqda.
Shu bois Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bu
viloyatlardagi nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Birinchi
bosqichda 118 ta nasos stansiyasini yangilash mo‘ljallangan.
Buning natijasida 30 ming gektar maydon qayta foydalanishga kiritiladi,
57 ming gektar sug‘oriladigan yerning suv ta’minoti yaxshilanadi. 4 ming 375 ta
tomorqa suv bilan ta’minlanadi. Yiliga 290 million kilovatt-soat elektr energiyasi
iqtisod qilinadi. Energiya va ekspluatatsiya xarajatlari qisqarishi hisobiga bu loyiha 7
yilda o‘zini oqlaydi. Prezidentimiz loyiha doirasidagi ishlarga mahalliy tadbirkorlarni
ko‘proq jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling