Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15-hafta

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
va ularning samaradorligi
Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha avvallo davlatning roli eng
ustuvor poydevor sifatida e’tirof etilib, bu boradagi g‘amxo‘rlik davlat siyosati bilan
uzviy amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish davlat
siyosati deganda, davlatning siyosiy qaror qabul qilish yo‘li bilan bu toifadagi
jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek aniq maqsadlar hamda vazifalarni
hayotga tatbiq etish, ushbu yo‘nalishda tashkiliy ishlarni kompleks ravishda amalga
oshirishni ta’minlashdagi maxsus faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida
yoshlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida davlat siyosatining ahamiyati bu
borada huquqiy bazani mustahkamlash va shu yo‘l bilan turli amaliy tadbirlarni olib
borishga e’tibor qaratildi. Normativ-huquqiy asosning yaratilishi yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni ijtimoiy oldini olishning yaxlit tizimini ishlab
chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, qonunchilikni shakllantirish borasida yoshlarga bo‘lgan ilk e’tibor
sifatida 1991-yil 21-noyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bo‘lgan bo‘lsa, ushbu islohatlarning
samaradorligini oshirish maqsad qilib 2016-yil 14-sentabr kuni yangi tahrirda
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
O‘RQ-406-son qonuni qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qonunda yoshlarga oid siyosat
O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor 38 yo‘nalishi bo‘lib, uning
maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat
manfaatlari yo‘lida imkon boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-
iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jixatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni
kafolatlashdan iborat ekanligi qayd etilgan.


Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatining vazifalari, vakolatlari va
mazmuniga qarab unda ishtirok etadigan davlat va jamoat tashkilotlarini
quyidagicha klassifikastiyalanadi
2
:
• umumiy vakolatli organlar;
• ixtisoslashmagan organlar;
• qisman ixtisoslashgan organlar;
• ixtisoslashgan organlar.
Yoshlar o‘rtasida olib boriladigan profilaktika tadbirlari keng miqyosda
muntazam o‘tkazishni talab qiladigan jamiyatning barcha kuch va vositalarini
yo‘naltiradigan faoliyatdir. Profilaktikaning ahamiyati shundan iboratki, u orqali
jamiyatda yoshlar ongida jinoyatning salbiy ko‘rinishlari haqida haqqoniy tasavvur
hosil bo‘ladi. Profilaktikani tasniflash muammosi huquqbuzarliklarning eng xavfli
qismi bu - jinoyatchilik va jinoyatlarga nisbatan ancha chuqur va mufassal ishlab
chiqilgan. Bu yerda jinoyatlar profilaktikasi eng avvalo uni sodir etish vaqtiga
(muddatiga) ko‘ra tasniflanadi. Jinoyatlar profilaktikasining uch turi: ilk
profilaktika, bevosita profilaktika (yoki so‘zning o‘z ma’nosidagi profilaktika) va
restidiv jinoyatlar profilaktikasi umumiy e’tirof etilgan.
Ilk profilaktika tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U g‘ayriijtimoiy, g‘ayrihuquqiy
xulq-atvorni dastlabki bosqichdayoq ogohlantirishni nazarda tutadi. Bunda
profilaktika tadbirlarini amalga oshirishni boshlashga muayyan rayriijtimoiy
qilmish yoki xulq-atvor, chunonchi: manmanlik, qupollik, yolronchilik va boshqa
salbiy harakatlar yoxud shaxsga boshqa odamlar salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligining
aniqlanganligi signal bo‘lishi mumkin.
Bevosita profilaktika jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar va
shart-sharoitni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Restidiv profilaktika qilish
takroran jinoyat sodir etishga imkoniyat yaratuvchi shartsharoit va sabablarni
aniqlash va bartaraf etishni nazar da tutadi. Jinoyatlarni vaqt belgisiga ko‘ra
profilaktika qilishning uchchala turi ham jinoyatlarning muayyan guruhlari va
turlarini profilaktika qilishga nisbatan qullanilishi mumkin. Xozirgi vaqtda
adabiyotlarda ham, ijtimoiy subyektlarning amaliy faoliyatida ham profilaktikaning
ikki turi: umumiy va individual profilaktika keng tarqalgan
Umumiy profilaktika faoliyati davlat va jamoat tashkilotlarining jinoyatchilik
sabablarini, jinoyatlarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni, shuningdek jinoiy
natijaga erishishni engillashtiruvchi holatlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish
faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Individual profilaktika faoliyati o‘zaro bog‘langan bir necha bosqichdan
tashkil topadi:
1) Xulq-atvori, kayfiyati va qarashlari ular jinoyat sodir etishi mumkinligidan
dalolat beruvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash;
2) Yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni o‘rganish;
3) Yoshlarning jinoyat sodir eta olmasligi uchun mumkin qadar ijobiy muhitni
vujudga keltirish;
4) Salbiy ta’sir manbalarini bartaraf etish;
2
Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005-B.32


5) Jinoyat sodir etishga moyil yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish (zarur
holda-majburiy tarzda);
6) Mazkur yoshlarning xulq-atvori va turmush tarzini nazorat qilish;
7) Olib borilayotgan ish natijalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.
3
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat yoshlar
tashkilotlarini tuzilishiga qarab, shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, yoshlar harakatlari va guruhlariga mos bo‘lgan ijtimoiy
ahamiyatga molik yirik tashkilotlar. Bunday guruh vakillarining asosiy maqsad va
vazifalari bo‘lishi bilan birga faoliyatlarini keng kulamda tashkil etgan xolda,
yoshlarning barcha muammolarini qamrab olishga intiladilar. “Yoshlar Ittifoqi”
respublika va hududiy kengashlari, “Sog‘lom avlod uchun”, “Yoshlar muammolari”
instituti, “Umid”, “Ulugbek” va “Bolalar” jamg‘armalari shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchidan, yoshlarning alohida olingan qiziqishlari va manfaatlariga xizmat
ko‘rsatish ijtimoiy himoya maqsadida tashkil etilgan markazlar, klublar,
maslaxatxonalar va boshqalar kiradi. Yosh olimlar assostiastiyasi, “Zakovat” yoshlar
intelektual klubi, “Bunyodkor” yoshlar teleklubi, iqtisodiy ta’lim berishga
asoslangan Yoshlar yutuqlari, cheklangan imkoniyatlarga ega bolalarni qo‘llab-
quvvatlash “Umidvorlik”, oila madaniyatini rivojlantirish “Barkamollik”
markazlari, yoshlar axborot maslaxatxonalari va boshqalar kiradi.
Uchinchidan, siyosiy partiyalar tarkibida yoshlarni o‘z saflariga ko‘proq jalb
qilish, mustahkam, saloxiyatli va ishonchli zaxirani shakllantirish maqsadida paydo
bo‘layotgan yoshlar qanotlari (Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, XDP), “Yosh
rahbarlar” klubi, “Fidoyi” yoshlar klubi, Yosh olimlar ilmiy kengashi va boshqa
tashkilotlarda mavjud yoshlar bilan ishlashga qaratilgan har xil tuzilmalar kiradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilikning oldini olishning
ixtisoslashgan subyektlari hisoblanadi. Ular jinoyatchi, jinoyatga moyil va
huquqbuzar
o‘smirlar
bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarbiyaviy-ogohlantiruv
va
profilaktika ishlari ularning asosiy, ustuvor vazifalari jumlasiga kiradi. Bular sud,
prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari va boshqa muassasalardir. Ma’lumki,
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga mas’ul bo‘lganlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
• Davlatning vakolatli idoralari;
• Nodavlat-notijorat tashkilotlar;
• Oila.
Ularning barchasi yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlarini oldini olish
yuzasidan manfaatdor hisoblanadi. Davlat vakolatli idoralari mamlakat xavfsizligi
nuqtai nazaridan manfaatdor bo‘lsa, nodavlatnotijorat tashkilotlar jamiyat
xavfsizligi yuzasidan, o‘z navbatida oila esa, o‘zining barqarorligi va bardavomligi
bilan manfaatordir.
Huquqbuzarliklar va jinoyatni sodir etish hamda jinoyatchilikni oldini olish
haqida gap ketganda, dastavval, hayolimizga, qulog‘imizga ko‘p chalinadigan,
“huquqbuzarliklar profilaktikasi” atamasi keladi. Ushbu holatni analitik-tahlil
qilishdan oldin atamaning bevosita o‘ziga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Huquqbuzarlik profilaktikasi – bu huquqiy tartibotni saqlash,
3
Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. - T.: Yangi asr avlodi. 2007.B-35


mustahkamlash, shuningdek, huquqbuzarliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish,
ularning sodir etilishida bo‘lgan sabablarni umumiy majmua shaklida o‘rganib,
shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda individual va viktimologik chora-tadbirlar
ko‘rish hisoblanadi.

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling