Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


Download 410.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana18.12.2022
Hajmi410.82 Kb.
#1029122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15-hafta

Kriminologik
adabiyotlarda
tasniflashning
quyidagi
usullaridan
foydalaniladi:
1
a) amal qilish darajasiga ko‘ra (subordinatsiyasiga ko‘ra);
b) jinoyatchilikning sabab va sharoitlarning mazmuniga ko‘ra;
v) tabiatiga va boshqa mezonlarga ko‘ra tasniflash.
O‘quvchi-yoshlar
orasida
olib
borilgan
sostiologik
tadqiqotlar
respondentlarning 80 foizi moddiy farovonlikni ta’minlashni o‘z hayotining asosiy
maqsadi deb hisoblashini ko‘rsatdi. So‘ralganlarning 40 foizi “qayg‘usiz, maishatda
yashash” imkoniyatini hayotdagi ideali, deb qayd etishgan. Moddiy ne’matlar egasi
bo‘lishga intilish sodir etilgan jinoyatning motivida bevosita namoyon bo‘ladi.
Jinoyat ishlarini o‘rganish, jazoni o‘tayotgan shaxslar orasida o‘tkazilgan so‘rovlar
jinoyatlarning quyidagi motivlarini aniqlash imkonini berdi:
pul, boylik to‘plash – 7
foiz,
qimmatbaxo buyumlar sotib olish – 10 foiz,
zaruriy hayotiy ehtiyojlarini
qondirish – 42 foiz,
o‘z oilasiga yordam berish – 17 foiz, spirtli ichimliklar,
Jinoyatchilik iqtisodiy nazariyasi bo‘yicha Vestfaliya universiteti
kriminologiya institutining rahbari Gans Ioaxim Shnayder jinoyatchilik
sabablarining uch iqtisodiy nazariyasini qayd etadi:
1
depressiya
nazariyasi-kon’yunktura
yuqori
bo‘lgan
davrda
jinoyatchilik kamayadi, iqtisodiy depressiya davrida esa-ko‘chayadi;
2
ekspansiya nazariyasi-iqtisodiyot o‘sishi bilan jinoyatchilik ham o‘sib
boradi, iqtisodiy o‘sish pasayishi bilan esa-pasayadi;
3
Depressiya va ekspansiyaning uyg‘unlik nazariyasi – iqtisodiy
yuksalgan va pasaygan paytlarda jinoyatchilik o‘sishi ro‘y beradi.
1
Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.94


giyohvand vositalar iste’mol qilish bilan bog‘liq motivlar – 13 foizni
tashkil etadi.
Bu raqamlardan ko‘rish mumkinki, g‘araz niyatdagi jinoyatlar asosan moddiy
boylikni harid qilish uchun pulni egallash bilan bog‘liq. Spirtli ichimliklar,
giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan bog‘liq motivlarning ulushi ham
ancha katta.
Yuqoridagilarga ko‘ra, ota-onalarning to‘rtdan bir qismi o‘z farzandining jinoiy
qilmishidan xabardor bo‘libgina qolmasdan, balki o‘g‘irlikdagi mol-mulkdan
birgalikda foydalangan va shu tariqa o‘smirni yangi jinoyat sodir etishga
rag‘batlantirgan.
Bugun jahonda aholining katta qismini yoshlar tashkil yetayotgan bir paytda,
ijtimoiy talablardan kelib chiqib yoshlar, ayniqsa voyaga yetmagan aholi qatlamiga
oid aholining huquqbuzarliklarni sodir yetishi ko‘rsatkichi chuqur tahlil yetilgan
holda
turli
jamiyatarda,
jumladan
Vatanimizda
ham
ushbu
turdagi
huquqbuzarliklarning oldini olish, izchil profilaktika ahamiyati kun sayin ortib
bormoqda. Bugun statistik ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholisining 60% dan
ortiq qismini yoshlar tashkil yetayotmoqda va ushbu aholi qatlamining ulkan qismi
voyaga yetmaganlardan iborat, qolaversa, jahon hamjamiyatida yoshlar, ayniqsa
voyaga yetmaganlarning manfaatlariga bevosita va bilvosita ta’sir yetuvchi
omillarning tomir yozayotgani ham kun sayin asosiy masalalar qatoriga mustahkam
o‘rnashib bormoqda. Birgina shu fikrlardan kelib chiqib biz yuqorida so‘z
yuritayotgan aholi qatlami orasida huquqbuzlarliklarning oldini olish bugun naqadar
dolzarblik kasb yetayotganini anglash mushkul yemas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrda BMT Bosh
Assambleyasining
75-sessiyasidagi
nutqida
BMTning
Yoshlar
huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasini islab chiqish taklifini ilgari surishi ham bu boradagi
masalalar yechimi uchun ijobiy qadam bo‘ldi deyish mumkin. Bundan tashqari
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2020-yilning
25-dekabri
kuni
“O‘zbekiston yoshlari forumi”da so‘zlagan nutqida ham yoshlarni har jabhada
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning dolzarbligi ye’tirof yetildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar va ishlarning amalga oshirilishi
bugungi yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik darajasini kamayishida muhim ahamiyat
kasb yetishi barobarida, ushbu ishlar hamda ijobiy natijaga yerishish uchun bir qator
ishlarni amalga oshirish masalaning yechimi sifatida qaralishi mumkin. Olib borigan
tahlil natijasida yoshlar jinoyatchiligi va huquqbuzarligining asosiy qo‘zg‘atuvchi
omili ishsizlik va yoshlar bandligining yetarli darajada ta’minanmaganligi tashkil
etishi aniqlandi. Ushbu omildan kelib chiqib quyidagi takliflarni ilgari surish o‘rinli
bo‘ladi:
- Davlat ishtirokida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil yetgan holda yoshlar
uchun ish o‘rinlari tashkil etish hamda kelajakda ushbu korxonani yoshlarga
xususiylashtirish instrumentlari orqali topshirish, bu orqali yoshlar bandligini
ta’minlash;
- Yoshlar bilan ishlovchi nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati
institutlarining rolini oshirish, bunday tashkilotlarga davlat tomonidan moddiy
yordam ko‘rsatilishini kengaytirish;


- Yoshlar uchun ajratiluvchi kreditlarning garov badali hamda foiz stavkalarini
kamaytirish orqali yoshlarning biznes g‘oyalarni ko‘proq moliyalashtirish hamda
ular uchun qulayroq bozor topishga ko‘maklashish;
- Zamonaviy kasblar va faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun
keng imkoniyatlar yaratgan holda bunday yoshlar safini kengaytirish orqali
uyushgan yoshlar qatlamini kengaytirish.
Yoshlar uchun ajratiluvchi kreditlarning garov badali hamda foiz stavkalarini
kamaytirish orqali yoshlarning biznes g‘oyalarni ko‘proq moliyalashtirish hamda
ular uchun qulayroq bozor topishga ko‘maklashish;
- Zamonaviy kasblar va faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun
keng imkoniyatlar yaratgan holda bunday yoshlar safini kengaytirish orqali
uyushgan yoshlar qatlamini kengaytirish.
Xulosa qilib aytganda, joylarda yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish
va tarbiyalash uchun barcha sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishi uchun kutubxonalar tashkil etish borasida turli jamoat va davlat
tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib
borilmoqda, bu yesa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan
tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashiga xizmat qiladi.

Download 410.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling