Oliy ta’lim muassasalarida xorshunoslikni kreativ yondashuvlar asosida o‘qitish
Download 33.54 Kb.
|
xor maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XORSHUNOSLIKNI KREATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QITISH Shamsiyev Sherzod Istamovich Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida xorshunoslikni kreativ yondashuvlar asosida o‘qitishni takomillashtirish hamda xorshunoslikning turlari, xor jamoalarini tashkil etish ularni bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: xorshunoslik, kreativ fikrlash, xor jamoalari, xor, jamoalari turlari, ilg‘or pegagoglar, ijodkor o‘qituvchi, pedagogik texnologiya. ANNOTATION This article provides feedback on improving the teaching of choral studies in higher educational institutions on the basis of creative approaches, as well as on the types of choral studies, the organization of choral communities to establish work with them. Keywords: choral studies, creative thinking, choral communities, choir, types of teams, advanced pedagogy, creative teacher, pedagogical technology. KIRISH Mamlakatimizda yangilangan, jahon andozalariga mos keladigan ta’lim mazmuni o‘z - o‘zidan emas, balki, ilg‘or pedagog – olimlar, metodist o‘qituvchilar va jahon miqiyosida orttirilgan pedagogika fani yutuqlari orqali takomillashib boradi. Shu bois ham ta’limni hozirgi bosqichida uni isloh qilish vazifalari yangicha fikrlovchi, shiddatli axborot va axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan modelli o‘qitish tez rivojlanayotgan sharoitda yosh avlod ta’lim tarbiyasi uchun mas’ul ijodkor o‘qituvchilarni shakllantirish vazifasini asosiy o‘ringa qo‘ymoqda. Mavjud tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim mazmuni qanchalik yangilanmasin, mukammal o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilmasin, o‘quv – tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchining pedagogik mahorati, yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirishi va ulardan ta’lim jarayonida unumli va o‘rinli foydalana olishiga bog‘liq bo‘ladi Har qanday fanni, shu jumladan musiqa fanini o‘qitish jarayonida ham faollashtiradigan, ularni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fikrlovchi mushohada qiluvchi o‘z fikrlarini bildira oluvchi o‘quvchi sifatida namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi – bu o‘qituvchidir. O‘qituvchi o‘zi va o‘rganuvchi o‘quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo‘lgan o‘qitish usullari, yo‘llari, shakillari, vositalari ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga harakat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda. Pedagogik texnologiya hozirgi kunda eng rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida bo‘lgani kabi bizning respubliksmizda ham ta’lim jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq ishlarda ustuvor o‘rini egallamoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar yaxshi xabardor bo‘lishi,ta’lim jarayonida ularni qo‘llab dars o‘tishlariga muhim e’tibor berilmoqda. Bu aynan jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga mos bo‘lib, jamiyat taraqqiy etishi bilan ta’lim – tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari shunga mos ravishda takomillashib borishi bilan bog‘liqdir. Hozirgi sharoitda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari taraqqiyotga mos maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi modelli tizimga, ya’ni ta’limni texnologiyalashtirishga aylanib bormoqda. Musiqa janrlari ichida eng xalqqa tushunarli va yaqin bo‘lgan tur bu xor san’atidir. Xorda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit obraz yaratadi. Xor xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. O‘tmishda bizning respublikamiz xor ijrochiligiga ega bo‘lmagan, xozirda esa shahar va qishloqlarda akademik va xalq (havaskorlik va professional) xor jamoalari ko‘plab mavjud. Mazkur kursda “Xor va xorshunoslik” fanining nazariy va amaliyotdagi xor ijrochiligi va uning tahlili. Xor jamoasida kuylash qonun-qoidalari, xor ovozining to‘g‘ri sozlanishi va ansamblda kuylash malaka va usyullari. Evropa xor, vokal-simfonik janrlarining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi. Professional va xalq xorlarini tashkiliy asoslari. Xor turlari va xillari xaqida tushuncha. Xor ovozlar va uni tarkibi, vokal xor texnikasi malakalarini egallash. Xor va xorshunoslik asoslari ishini tashkiliy asoslari. Xor jamoasiga rahbarlik qilish, xor asarlarini tahlil qilish malakalarini egallash. Xorda kuylash jarayonida ijro jarangiga, ansambl, sozning tozaligi, nafas olish va kuylash jarayonida uzluksizlikni ta’minlash, hamohanglikka erishishish, badiiy ifoda vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanish, ko‘nikmalar haqida amaliy tavsiyalar berilgan. Amaliy mashg‘ulotlarda esa, xor jamoasini tuzish va uni boshqarish. Xorni tahlil qilish va xor asarlarini ijro etish, bilim malakalari kabi uslublardan foydalanish malakalarini egallaydilar. Xor ijrochiligi bo‘yicha talabalarning malakalarini shakllantirish , jamoa bo‘lib kuylay olish va uni boshqara olish texnologiyasi bo‘yocha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirish hamda dirijorlik sirlarini o‘rganish, badiiy-ijro uslublaridan foydalanish va ijrochilik mahoratini o‘stirish, dirijorlik o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘zbek va chet el kompozitorlari tomonidan yaratilgan eng nodir xor asarlari bilan tanishtirish, bu asarlarini professional darajada tahlil eta olish va unga dirijorlik qila olish malakalarini rivojlantirishdan iborat. Professional va havaskorlik xorlari badiiy va texnik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lib, professional xor havaskorlik xoriga saviyasini oshirishga yordam bersa, o‘z navbatida havaskorlik va professional jamoasiga xushovoz, iqtidorli yoshlarni etishtirib beradi. San’at bayramlarida professional va havaskorlik xorlar birga ishtirok etadilar. Xor san’atida musiqiy ifodaviylik vositalari muhim ahamiyatga egadir. Ularga – dinamika, ritmika, temp va jumlalash kiradi. Agar xor o‘z navbatida sof intonatsiya va sozga, ansamblga va so‘z talaffuziga, vokal-xor texnikasiga ega bo‘lib, lekin ijroning badiiy ifodasi sust bo‘lsa, asarning g‘oyaviy mazmuni tinglovchilarga yetib bormaydi. Xor ijrosida jumlalash qobiliyati har qanday dinamik xususiyatlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini o‘stirib, ifodali ijroga zamin yaratadi. Jumlalash qobiliyatlariga: dinamika; sezura; agogika; nafas; tembr; artikulatsiya; ritm; temp; fermato kabi musiqiy ifodalar kiradi. Dinamik xususiyatlarga – forte, piano, sforsando, aksent, pianissimo va fortessimo, kreschendo va diminuendo, shuningdek, subitopiano kabilar kiradi. Shunday qilib, asar bir xil nyuansda emas, balki har xil ijro etilishi, har bir bandning dinamikasi uning so‘z mazmuniga mos bo‘lishi lozim. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan . Demak, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxs hiroq natijaga erishishga im kon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab turkumi borasida maʼlumot yigʻish qiyin, lekin amalga oshirsa boʻladigan ishdir. Shunday qilib, pedagogik mahorat- musiqa muallimi kasbiy faoliyatining asosi sifatida muhim ahamiyatga molik masala. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllanishida pedagogik amaliyotlarning ahamiyati ham katta. Zero, talabalar o‘quv yurtida olgan nazariy bilimlarini maktab o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarida sinab, qo‘llab ko‘rishadi. Oliy ta’lim musiqa o‘qituvchisi kasbi mohiyati, o‘quvchi-yoshlar ma’naviy kamolotini tarbiyalashdagi axamiyati va o‘rnini chuqur anglab olishadi. Musiqa muallimi kasbiy faoliyatida notiqlik san’ati va targ‘ibotchilik mahorati masalalariga ham alohida ahamiyat beriladi. Musiqani tushuna bilish, uni hissiy idrok etishda badiiy so‘z muhim vosita sifatida xizmat qiladi, albatta. Bu jarayonda badiiy so‘z hech qachon musiqaning teranligini tushuntira olmasada, birok «so‘z»siz nozik hissini anglashning bu sohasiga yaqinlashib bo‘lmasligini, uning o‘ziga xos emosional kuchga ega ekanligi, kalb nozik torlarini sozlovchi xususiyati bilan musiqani anglatishda nihoyatda qimmatli vosita ekanligini uqtiradi. Afsuski, uzok yillar davomida musiqa ta’limi tizimida fanlar musiqa o‘qituvchisini tayyorlash yo‘nalishidan ko‘ra ko‘proq musiqachi-ijrochi mahoratini egallashga qaratildi. Ko‘p hollarda bitiruvchilar orasidan musiqa fanlarini yaxshi egallagan, cholg‘u asboblarida mukammal ijro etish imkoniyatlariga ega birok, nutq madaniyati yaxshi rivoj topmagan o‘qituvchilar shakllanldi. Yetishib chiqqan mutaxassislar pedagogik tayyorgarligi ularning ijrochilik mahoratidan ancha past ekanligi amalda yakkol namoyon bo‘lib turar edi. Bu holning salbiy ta’sirini hatto bugungi kun musiqa ta’limi amaliyotida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, ko‘pgina musiqa o‘qituvchilarining nutqiy mahorati to‘lik shakllanmagan, ular dars mavzularini yoritishda, ukuvchilar bilan mulokot urnatishda suz va fikr boyligiga yetarli darajada ega emas. Yozma va og‘zaki nutqning go‘zalligi aniq va ravonligi hamisha ham sezilmaydi va x.k. Musiqa ta’limi yangilanish yo‘liga kirayotgan hozirgi davrda o‘qituvchining kasbiy sifatlari orasida nutqiy kamoloti ham katta ahamiyatga molik. Zero, bugungi kunda zamonaviy musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg‘u asboblarida chalish, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish, musiqa ijodkorligi singari yangi faoliyat turlarining kiritilishi o‘qituvchidan nafakat musiqiy bilim, balki samarali nutqiy pedagogik boshqaruvni ham talab etadi. Bu esa bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini tarkib toptirish- oliy ta’limning dolzarb muammolaridan biri ekanligini bildiradi. Download 33.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling