Oliy ta’lim talabalarining nutq madaniyati
Download 12.65 Kb.
|
Taylakova Moxinur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
OLIY TA’LIM TALABALARINING NUTQ MADANIYATI Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat unversiteti 2-bosqich talabasi Taylakova Moxinur Annotatsiya:Ushbu maqolada oliy ta`lim talabalarining nutq madaniyati va talabalar nutqida kuzatiladigan kamchiliklar haqida so`z yuritilgan. Talabalarning so‘z boyligini oshira borish, adabiy til me’yorlarini egallatish bugungi kunda dolzarb mavzudir. Kalit so‘zlar: Nutq madaniyati , til , nutq ,milliy til ,parazit so‘zlar , sergaplik , aloqa madaniyati , nutq xulq-atvor madaniyati ,til me'yorlari. Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismi boʻlib, fikrni adabiy til me'yorlariga muvofiq toʻgʻri, erkin, aniq, mantiqan izchil, yoqimli va ta'sirli bayon qilishdir. Nutq madaniyati deyilganda til birliklaridan, jumladan, lugʻaviy, grammatik va uslubiy vositalardan nutq jarayonida toʻgʻri va oʻrinli foydalanish nazarda tutiladi. Nutq madaniyati kishidan til boyligini – lugʻaviy birliklar, grammatika, orfoepiya, orfografiya, nutq uslublari va ularning har biriga xos xususiyatlar hamda me'yorlarni yuqori darajada bilishni talab etadi. Talabalar nutqi madaniyati haqida gap ketar ekan, avvalo, til va nutq tushunchalarining mohiyatini farqlay olish lozim. Til va nutq toʻgʻrisida fikr yuritishdan oldin til va nutq hodisalarining oʻziga xos xususiyatlarini bilib olish oʻrinli. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin oʻzaro aloqador ikki ijtimoiy, ruhiy-ma'naviy hodisadir. Ya'ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi boʻlsa, nutq soʻzlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi.[1: 4-11] Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy boylik sanaladi.Har kim oʻz qobiliyati, soʻz boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va soʻzlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulugʻ bir talab qo'yiladi: oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir. Zero, nutq (soʻz) aqlning tarozisi, aqlning oʻlchovidir.Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarur darajada bilishimizga bogʻliqdir. Tilning yozma va ogʻzaki me’yorlarini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida oʻrganilishi bejiz emas, albatta. «... nutq madaniyati muammosining oʻrganilishi ... ikki aspektga ega deyish mumkin: birinchisi, oʻzbek adabiy tili normalarini, imkoniyat doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bogʻliq bo’lgan nutq madaniyati muammolari; ikkinchisi esa oʻzbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat a’zolarining (hatto konkret shaxslarning) toʻgʻri, izchil hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador boʻlgan nutq madaniyati muammolari».Ma’lum boʻladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan boʻlsa, bu, eng avvalo, nutqning toʻgʻriligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq boʻlishi kerak, ya’ni unda noaniqlikka, ikkima’nolilikka, uzundan-uzoqlikka yoʻl qoʻyilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy oʻlchovi boʻlishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, oʻtkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.[2.120] Xoʻsh, talabaning nutq madaniyati qanday boʻlishi kerak? Ana shu savolga javob berish ushbu maqolaning asosiy maqsadi sanaladi. Talabalarning nutq madaniyatining eng muhim elementlaridan biri soʻzlarni toʻgʻri ishlatishdir. Soʻzlar toʻliq, mazmuniga koʻra va boshqa soʻzlar bilan uygʻunlashgan holda ishlatilsagina , shunda u auditoriyaga ta'sir qiladi. Kuzatishlar jarayonida ma'lum boʻldiki, talabalarning aksariyat qismi oʻz nutqida mantiqiy ma'noga ega boʻlmagan parazit soʻzlardan keng foydalanadi. Bu esa talabaning nutqini buzadigan asosiy omillardan biridir. Masalan , "shunaqa" , "him", " ihim" ,"xoʻsh", "aytaylik", "nima deydi? ".Tabiiy, parazit soʻzlarni talabaning oʻzi payqamaydi. Lekin bular auditoriyaning jigʻiga tegadi. Bularni albatta bartaraf etish choralarini koʻrish lozim. Men e'tibor qaratgan yana bir tomon bu -sergaplik.Ortiqcha soʻzlar nutq tabiiyligini buzadi. Asosiy fikr esa bir "toʻda keraksiz soʻzlar" orasidan qiyinchilik bilan chiqadi."Ilohiyot haqida» traktining muallifi shunday degan : "Ortiqcha vazn nafaqat bizning jismimizga, balki nutqimizga ham zarardir. U nutqni haqiqatdan uzoqlashtirib, eshituvchiga boshqa ma'noda ta'sir etishi ham mumkin". Darhaqiqat, men sergaplikni nafaqat madaniyatsizlik alomati balki, talaba gapirayotgan mavzu haqida tushunchaga ega emasligidan darak beradi deb oʻylayman. Koʻpgina talabalar oʻz nutqlarida intonatsion-sintaksis tanaffuslarni notoʻgʻri ishlatadilar, ularsiz grammatik qoidalarga asoslangan toʻgʻri nutqning oʻzi mavjud emas. Intonatsion-sintaksis tanaffuslar yozma nutqdagi tinish belgilariga amal qilinib, davomiyligi bilan ajralib turadi. Eng qisqa tanaffus – vergul oʻrniga, eng uzuni nuqtaga toʻgʻri keladi.[3.53] Fransuz nazaryachisi D.Doriaxa shunday degan: «Kimki oʻz nutqida tanaffus qilsa - toʻgʻri nafas oladi, yaxshiroq talaffuz qiladi va osonroq artikullaydi. Tinish belgilarini toʻgʻri qoʻyish – bu oʻz nutqi tezligini his etish va uni boshqarish demakdir…bu degani aniq soʻzlash va uni boshqalar tushunishiga yordam berish, nima soʻzlayotganni oʻzi tushunish demakdir». Talaba oʻz nutqini oʻzi nazorat qilishi lozim.Uzatilayotgan axborotni auditoriyaga ham toʻgʻri va ravon tushuntirib berishi uchun avvalambor, uzatilayotgan axborotni oʻzi tushunishi shart. Ba'zi talabalar soʻzlayotgan soʻzlarini ma'nosini chuqur anglab yetmasdan, yod oladi. Bu esa nutq madaniyatining sustlashib borishiga sabab boʻladi. Nutq madaniyati avvalo,toʻgʻri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda soʻzlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, soʻz shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani oʻz ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. Shunday ekan, talabalar nutqa madaniyati bilan birgalikda aloqa madaniyatga ham ega boʻlishlari shart. Bugungi kunda talabalar oʻqituvchilar bilan oʻrtasidagi aloqa madaniyatini unutib, ustozlar qoʻygan baholarga qoniqmay,oʻzlariga oʻzlari baho qoʻyadilar , ustozlar bilan bahslashadilar. Ma'lumki talabaning bilimi ustozlar tomonidan haqqoniy baholanadi. Talabalarning nutq madaniyatini toʻgʻri nutq ya'ni qabul qilingan , til me'yorlariga toʻgʻri keladigan nutq sifatida shakllantirishimiz kerak. Har bir talaba, qoʻyilgan vazifaga mos ravishda , eng yaxshi ta'sir etishni taminlovchi til materiallaridan foydalanishi zarur. Talabalar uchun eng zoʻr topilma bu badiiy asarlar va xalq maqollari, naqllaridir. Ular talabalarning faqatgina nutq madaniyatini emas aloqa madaniyatini ham yaxshilashga xizmat qiladi. Maqollarda ming yillardan beri isbotini topgan xalq haqiqati yotadi. Ularda xursandchilik va gʻam, qahr, muhabbat, hasad, hazil ifoda etiladi. Maqollar va naqllar mehnatni ulugʻlaydi, dangasalikni qoralaydi, yaxshilikni, inshonchni mustahkamlaydi. Ular nafaqat nutq ifodaliligini kuchaytiradi, chiqishlarga mazmun va oʻtkirlikni, chuqurlashtiradi, balki eshituvchilar yuragiga yoʻl topadi, ularning hurmat va e`tiborini qozonishga yordam beradi. Shuning uchun nutqda maqollar va naqllar alohida oʻringa ega. Nutqda maqol va naqllardan foydalanishdagi muvaffaqiyat, ular qanchalik toʻgʻri tanlanganligiga bogʻliq. Hozirgi paytda xalq maqolalari va ijodi toʻplamlari soni juda koʻp va ular talabalarning qoʻl ostida boʻlishi kerak. Ular yordamida tashqariga chiqayotgan axborot matni jonliroq va ishonchliroq boʻladi. Foydalanilgan adabiyotlar: N. MAHMUDOV, A. RAFIYEV, I. YO‘LDOSHEV "NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH " Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2013 Abduvahob Mavdaliyev OʻZME Birinchi jild . Toshkent . 2000-yil Yo’ldоshеv К. Аdаbiyot o’qitishning ilmiy-nаzаriy аsоslаri. Tоshкеnt: «O’qituvchi», 1996 Download 12.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling