Oliy taʼlim tizimida korrupsiya oldini olish usullari


balldan 100 ballgacha natija ko‘rsatgan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyati “a’lo”


Download 80.52 Kb.
bet10/31
Sana26.10.2023
Hajmi80.52 Kb.
#1723498
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
malaka

86 balldan 100 ballgacha natija ko‘rsatgan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyati “a’lo”;
71 balldan 86 ballgacha natija ko‘rsatgan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyati “yaxshi”;
55 balldan 71 ballgacha natija ko‘rsatgan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyati “qoniqarli”;
55 balldan past natija ko‘rsatgan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyati “qoniqarsiz” deb hisoblanadi.
Milliy kengash tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati “a’lo” deb hisoblangan mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki faoliyati “qoniqarsiz” deb hisoblangan mansabdor shaxslari va xodimlariga nisabatan intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritiladi;
faoliyati “qoniqarsiz” baholangan davlat organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni samarali tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
davlat organlarining davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash natijalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;
davlat organlarining davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash natijasi bo‘yicha tayyorlangan tahliliy axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Samaradorlik indikatorlari bo‘yicha davlat organlari tomonidan Idoralararo komissiyaga axborot tizimi orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga tegishli davlat organlarining rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
2.4. Mavzuga oid slaydlar, taqdimot materiallari (elektron shaklda)

Download 80.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling