1.8. Mavzuga oid slaydlar, taqdimot materiallari (elektron shaklda)
1.9. Tarqatma materiallar
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyundagi PF-6257-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi
1.10. “Flipped class” uchun mediamateriallar (videoma’ruza, videorolik, “doodly” va boshqalar)
1.11. Mavzu bo‘yicha nazorat topshiriqlari
Nazorat savollari:
1. Korrupsiyaga qarshi qonun qabul qilinishi qaysi xalqaro xujjat asosida amalga oshirilgan ?
2. Korrupsiyaga qarshi qonun qabul qilish kim tomonidan va nimaga asosan amalga oshirilgan ?
3. Korrupsiyaga qarshi qonun bo‘yicha qaysi idoralar vakolatli organ sifatida belgilangan ?
4. Korrupsiyaga qarshi qonunda qanday huquqiy institutlar mustahkamlangan ?
5. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida vazifalarni amalga oshirishda qaysi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari jalb etilishi mumkin ?
Test savollari:
1. O‘zbekiston Respublikasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish masalasi qaysi normativ aktda ilk bor belgilangan ?
*a. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-4848-son Farmonida
b. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-son Farmonida
v. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5185-son Farmonida
g. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
62-son Qarorida
Do'stlaringiz bilan baham: |