OLIY TAʼLIM TIZIMIDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINI BARTARAF ETISH USULLARI.
1.1. Glossariy (Asosiy tushunchalar):
Agentlik - biror idora, muassasa yoki korxonaning joylardagi (mahalliy) bo‘limi, shuningdek, axborot yig‘ish va tarqatish, vositachilik qilish vazifasidagi ba’zi muassasalar nomi.
Aktivlar – fuqaro, korxona yoki tashkilotning mulki va resurslari (bino, mashina, qimmatbaho qog‘ozlar va b.).
Anonim [yun. anonimo, — nomsiz] xat yoki asarnint o‘z nomini yashirgan muallifi.
Muallif nomi qayd etilmagan xat.
Aybsizlik prezumpsiyasi – gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanishi.
Adolat - arabcha so‘z bo‘lib, odillik, to‘g‘rilik, haqqoniylik degan ma’nolarni anglatadi. «Adolat» o‘z mazmuniga ko‘ra shaxs erkinliklari va majburiyatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni (uyg‘unlikni) o’ektiv xolis baholashning ijtimoiy mezonidir. Adolat - odamlarning o‘z burch va vazifalarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri, qonuniy, halol, vijdonan, haqqoniy va odilona bajarishlarini o‘zida aks ettiruvchi axloqiy, siyosiy, huquqiy kategoriyadir.
Axloq – (arab. - xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya) degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.
Diskresion vakolatlar - mazmunidan chegaralarini aniqlashning imkoni mavjud bo‘lmagan vakolatlar.
Intizomga xilof nojo‘ya harakat — xodimlarning o‘z mehnat vaziflarini jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lmaydigan darajada qonunga nomuvofiq ravishda o‘z aybi bilan bajarmaslik yoki nobop bajarishidir. Xodimning nomuvofiq xatti-harakati, odatda, ular zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxonadagi ichki mehnat tartibini belgilovchi normativ aktlar (masalan, ichki mehnat tartibi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari, mansablar haqidagi instruksiyalar, nizomlar va boshqalar) bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |