Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Dars-ta`lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida
Download 59.81 Kb.
|
Mustaqil ta`lim pedagogika
Dars-ta`lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida
Dars- bevosita o`qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish , barcha o`quvchilarning mashg`ulot jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari ularning idrok etish qobiliyatlari va ma`naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi. Sinf-dars tizimiga garchi 350 yil avval asos solingan bo`lsa-da, bugungi kunda ham keng ko`lamda foydlanilmoqda . Uning asosiy mazmuni o`quv ishlarini tashkil etishning o`ziga xos shakli sifatida quyidagilarni o`z ichiga oladi: - bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan ta`lim oluvchilar ,ya`ni o`quvchilar sinfni tashkil etadi. -sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo`yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi. -mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi. -dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois , ta`lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar. -darsda ta`lim oluvchilarning ishiga ta`lim beruvchi rahbarlik qiladi , u o`z fani bo`yicha o`qish natijalarini , har bir ta`lim oluvchining alohida bilimini baholaydi . O`quv yili oxirida pedagogik jamoa , ya`ni ta`lim beruvchilar xulosalari bo`yicha ta`lim oluvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qilinadi. Alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didakrikasiga oid asarlarda ta`limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Ular quyidagilar: 1 Afzalliklari: yaxlit o`quv -tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim ; -jarayonlarning oddiy boshqarilishi ; -muammoning jamoa bo`lib muhokama qilinishi , masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta`lim oluvchilar o`rtasida o`zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati -ta`lim beruvchining ta`lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta`sir ko`rsatishi ; -ta`limning emotsionalligi , o`quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi . 2 Kamchiliklari : - tizimning bilimlarni asosan o`rta darajada o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun mo`ljallanganligi, bo`sh o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilarning qobiliyatlarining rivojlanish sur`atining ortga surilishi ; -ta`lim beruvchi uchun o`qitish mazmuni va o`qitish sur`atlari hamda metodlari bo`yicha individual ishlarni tashkil etish , shuningdek , ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi ; -katta va kichik ta`lim oluvchilar o`rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. Bugungi kunda darsni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo`yilmoqda: 1 Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to`g`riligi. 2 Darsning ta`limiy ‘tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi . 3 O`qitishning yaxlit dars va uning ma`lum qismlari , vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta`lim oluvchilarning bilish faolliklari va tanlash . 4Mashg`ulotlarning turli shakllari :jamoa , guruhli va yakka tartibdagi shakllarini qo`shib olib borish. 5 Ta`lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta`lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish . 6 Darslarning o`zaro uzvuy va dialektik xususiyatga ega bo`lishiga erishish . 7 Ta`lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish . 8 Darsda ta`lim oluvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun qulay shar-sharoit yaratish. 9 Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish . 10 Darsda ta`lom oluvchilar erkinligini ta`minlash. Download 59.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling