Oliy Ta’limning Davlat Ta’lim Standarti 110000-Pedagogika ta’lim


Download 10.41 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi10.41 Kb.
#243663
Bog'liq
DTS


Oliy Ta’limning Davlat Ta’lim Standarti 110000-Pedagogika ta’lim

Sohasining Davlat Ta’lim Standarti



TAHLILI

Davlat Ta’lim Standarti tuzilishi So’z boshi bilan boshlangan bo’lib, DTSning Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, O’zbekiston Milliy Universiteti, O’zbekiston Jahon Tillari Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va kiritilgani keltirilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim Vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug’i asosida tasdiqlangani va amalga kiritilgani berilgan.

DTS 2 qism, 6 bo’lim, eslatma, bibliografik ma’lumotlar, ilovalardan iborat bo’lib, 1-bo’lim 110000-Pedagogika ta’lim sohasining umumiy tasnifini quyidagicha ochib bergan. Bunda DTS ni ishlab chiqish asoslari, qo’llanish sohasi, atamalar, ta’riflar, qisqartmalar va 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bitiruvchilarining kasbiy faoliyatlari tasnifi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan.

DTS ning 1-qismi 110000-Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar keltirilgan.

2-qism esa 110000-Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar keltirilgan.

110000-Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablarda quyidagilarga to’xtalib o’tilgan:

1. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilariga qo’yiladigan umumiy malaka talablari

2. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilari kasbiy faoliyatining asosiy turlariga qo’yiladigan umumiy malaka talablari

3. 110000-Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari malaka amaliyotlariga qo’yiladigan umumiy talablar

4. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar

110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejalari tuzilmasida quyidagilar keltirilgan:

1. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejalari va fan dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar

2. O’quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar

3. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasidagi yuklama hajmi



110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablardan quyidagilar keltirib o’tilgan:

1. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga qo’yiladigan umumiy malaka talablari

2. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari kasbiy faoliyatining asosiy turlariga qo’yiladigan umumiy malaka talablari

3. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari malaka amaliyotlariga qo’yiladigan talablar

4. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarining magistrlik dissertatsiyasidagi qo’yiladigan talablar

110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari o’quv rejalari tuzilmasi quyidagilardan iborat:

1. 110000- Pedagogika ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklari o’quv rejalari va fan dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar

2. O’quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar

DTS ning yakunlovchi qismida eslatma, bibliografik ma’lumotlar, ilovalar yoritib berilgan.



Malakaviy amaliyot rahbari: M. Alimova

1-kurs magistranti: Sh. Muzaffarova
Download 10.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling