Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
13.3. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
Unumdorlikni oshirishda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tashkil etish jarayoni rahbariyat, mehnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo'yilgan maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taqsimlashda tushun- movchilik natijasida mehnat unumdorligi pasayishini kamaytirish bo‘linmalar o‘zaro ta’siri buzilishiga chek qo'yishni ta’minlaydi. To‘g‘ri yo‘lga qo'yilgan tashkiliy jarayonlar mehnat unumdorligi ortishiga imkon beradi. Unumdorlik boshqaruvining boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv ishini loyihalashtirish va boshqaruv tashkiliy tizimi kabi unsurlari bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqaruvning samarali texnologiyasi mehnat unum- dorhgiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Hozirgi paytda avto- matlashgan zavodlar, robot texnikasi, loyihalashtirishning avtomat- lashgan tizimini qo‘llovchi amerikalik va Yaponiya ishlab chiqaruvchilari bozorning katta qismini egallab olmoqdalar, chunki yuqori sifatli mahsulotni raqobatdoshlariga nisbatan arzon narxda sotadilar. Idora ishiga kompyuter texnologiyasini joriy qilish mehnat unumdorligi ortishida boshqa omillarga nisbatan ko‘proq ahamiyatga 131 ega. Lekin, ilg‘or texnologiya har doim ham mehnat unumdorligi ortishiga olib kelavermaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga ishlovchilaming salbiy munosabati tufayli namoyon bo‘lmasligi mumkin. Texnologiya darhaqiqat unumdorlik ortishiga olib kelishi uchun rahbariyat texnologiya talablari uni qo‘llovchi kishilar manfaatlariga to‘g‘ri kelishini ta’minlashi kerak. Boshqaruvning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada unga bo‘ysunuvchi hamda korporatsiyaning asosiy tarkibiy bo'linmalari o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatni belgilaydi. Agar korporatsiya o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay boshqaruvchilar sonini qisqartirsa, unumdorlik yuqori bo‘ladi. Tashkilot tarkibi uncha yaqqol namoyon bo‘lmaydigan yo‘l bilan ham unumdorlikka ta’sir qiladi. Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan kat’iy berilgan buyruqqa salbiy munosabatda bo'ladilar. Bunda ular o‘z mehnati natijasidan qoniqmaydilar va ular mehnati uncha unumli b o ‘lmaydi. Ijodiy yondashuvni talab etuvchi tarkibga ega tashkilotlar raqobat kurashida kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jahon bozoriga o‘z vaqtida masalan, zamonaviy kompyuter bilan ish ohb borish bu daromadlami keskin ko'paytirish va unumdorlikni oshirish demakdir. Kichik korpo ratsiya ba’zan yirik korporatsiyaga nisbatan samaraliroq bo‘ladi. Korporatsiya samarali ishlashi uchun biror vazifani bajarish, biror aniq kishi yoki bo‘linmaga topshirilishi va unga mos vakolatlar berilishi lozimligi tajribadan ma’lum. Unumdorlikni javob beruvchi biror shaxs yoki guruhga berilgan vakolat doirasiga mablag‘lami sarf qilish huquqi ham kirishi kerak. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling