Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
13.4. Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va
samaradorlik Korporatsiyalarda axborot hajmi va u bilan bog‘liq kishilar soni muntazam ortib bormoqda. Axborot hajmining ortishi unumdorlikni oshirishda aloqa jarayonini boshqarish ahamiyatining ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Axborotni qayta ishlash jarayonida texnika taraqqiyoti (kompyuterlardan foydalanish, xalqaro telefon va televideniye tarmog‘i) uzatiluvchi axborot hajmi ortishi va uni uzatish vaqti qisqarishiga olib keldi. Axborot uzatish vaqti bu uni berishdan qabul qilib olishgacha o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Masalan, baliq ovlovchi flot kemalari belgilangan joyga yetib borganligi haqida axborot olishi uchun oylab vaqt kerak edi. 132 Hozirgi paytda flot shtabi bir necha daqiqada bunday axborotga ega bo‘ladi. Axborot uzatish vaqti qisqarganligi sababli uni qayta ishlash va foydalanishga jadaUik bilan uzatilishi jismoniy va huquqiy shaxslar faoliyatini koordinatsiya qilishga yordam beradi. Axborotdan sama- raliroq foydalanish korporatsiya faoliyatini oshirish uchun imkon yaratadi. Bunda texnika, kishilar. tashkilot tarkibi, tashqi muhitning o'zaro ta’siri hisobga olinishi kerak. Axborotni qayta ishlash sohasiga yangi texnika va texnologiya joriy etiUshi bilan boshqaruvning barcha darajasida unumdorlik ortishiga olib keladi. Kompyuter texnikasi barcha ijodiy jarayonlami tezlatish imkonini beradi. Aloqa texnikasi zarur axborotni o‘z vaqtida olishga imkon yaratadi. Kishilami texnika bilan uning organlaridan foydalanishga o‘rgatish lozim. .Axborot texnikasi rahbarga katta hajmda axborotdan foydalanishga imkon berish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p mehnatni talab etuvchi operatsiyalami qisqartirish yoii bilan qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Hisob va qiyoslash uchun EHMdan foydalanuvchi menejer qog‘oz- da hisob-kitob qiluvchi menejerga nisbatan rejaning bir necha marta ko‘p variantlarini tahlil qila olish imkoniyatiga egadir. EHMni qo'llash tashkilot tarkibi o‘zgarishiga ham ohb keladi. Hozirda mutaxassislar hal etishi zarur bo'lgan ko‘plab qarorlarni quyi bo‘g‘in boshqaruvchilari bajarishi mumkin. Agar rahbar sifatliroq qaror qabul qilish va kattaroq hajmda axborotni qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lsa, u nazorat qiluvchi masalalar hajmi, javobgar soha doirasini kengaytirishi mumkin. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling