Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti
Termiz tumaniga tegishli issiqxonalar
Download 174.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustafoqulova Dildora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqxonaning ichki tuzilishi
Termiz tumaniga tegishli issiqxonalar
Bugun biz Termiz tumaniga tegishli issiqxonalarni o‘rganishga keldik issiqxona har soxada yaxshi o‘rgandik issiqxonaga turli tuman o‘simliklar yetishtrilar ekan issiqxona samarasi ham o‘ziga yaarasha qo‘l mehnatini talab qilar ekan issiqxona samarasi bizni jud qizqtrdi. Issiqxona' — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. Issiqxona oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us- kunalardan tiklanadi. Issiqxona larning xil-maxil turlari mavjud. Issiqxonaning ichki tuzilishi Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi jihatdan Issiqxona lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, bodring, rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar Issiqxona da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shimoliy mintaqalarda Issiqxona da turli sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda duragaylari yetishtirish va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Qishki Issiqxona lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi Issiqxona lar yengil kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli Issiqxona tomi (qiyaligi 33—45°) janubiy ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. Issiqxona shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. Issiqxona larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin. Tuproqli Issiqxona larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay. Gidropon Issiqxona lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan. Ular issiqxona poliga oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi. Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal, kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat qurilmalar yordamida soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma oʻsimliklarning qulay oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday Issiqxona larda barcha jara-yonlar avtomatlashtirilgan. Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma Issiqxona lar bahorda foidalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama Issiqxona lar qurilishida plyonkalarning yengillik va egiluvchanlik xossalaridan toʻla foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda, asosan, blokli Issiqxona lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil boʻyi sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy fabrikalarga aylangan. Aholi soni tobora oʻsib borishi oziq-ovqatga boʻlgan talabni ham oshiraveradi. Bu tabiiy hol, albatta. Tahlillarga koʻra, bugungi kunda dunyoda 14,3 foiz aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilmayapti, 12 foizi surunkali ravishda ochlikdan aziyat chekadi va buning 827 millioni rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda oziq-ovqat taqchilligi hozircha xavf tugʻdirmayapti. Lekin aholi soni yiliga yarim milliondan koʻpayib borayotgan ekan, bu masala mamlakatimiz uchun ham dolzarb boʻlib qolaveradi. Chunki nufus ortsa, ekin maydonlari ham kengayadi, degani emas. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Qanday choralarni koʻrish lozim? Yagona yoʻl oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yuqori samarali usullaridan foydalanishdir. Bunga amalda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash hamda modernizatsiyalash hisobiga erishiladi. Toʻgʻri, bu borada yurtimizda keng koʻlamli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinmoqda. Biroq sohani tubdan isloh etish katta miqdordagi mablagʻni talab qiladi. Tabiiyki, ushbu jarayonda xorijiy tashkilotlar, jamgʻarmalar va moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining ―Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida ―Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish‖ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori mazkur yoʻnalishdagi ishlarga jiddiy turtki beradi. Yaʼni qamrovi va hajmi jihatidan oʻta yirik hisoblangan muhim loyiha roʻyobga chiqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling