Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti
Download 174.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustafoqulova Dildora
Issiqxona
Loyihaning umumiy qiymati 84,8 million AQSH dollariga teng boʻlib, mahalliy byudjet, kredit liniyalari va grant mablagʻlari hisobidan qoplanishi koʻzda tutilgan. 2018 — 2023 yillarda roʻyobga chiqariladigan ushbu loyiha Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida yoʻlga qoʻyiladi. — Mazkur yoʻnalishda shu paytga qadar katta miqdorda mablagʻ ajratilmagan edi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Bahodir Rahmatullayev. — Qolaversa, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari bejiz tanlanmadi. Chunki vodiyliklar azal-azaldan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash boʻyicha katta tajribaga ega. Bugun loyiha ushbu hududlarda sinov tariqasida start olayotgan boʻlsa, kelajakda uning samarasiga qarab boshqa viloyatlarda ham tatbiq etiladi. Loyiha doirasida birgina issiqxonalarni tashkil etishga salkam 15,5 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu moʻljaldagi ishlar uchun ajratilayotgan ulushning eng katta qismini tashkil qiladi. Boisi issiqxonalar respublikamiz va xorij davlatlari bozorlari rastalarini qishin-yozin sarxil meva hamda sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlab turishning eng maqbul usulidir. Ammo zamonaviy issiqxonalarni yaratishning oʻziga xos murakkabliklari ham bor. Shundan boʻlsa kerak, sohada hamon hal etilmagan muammolar mavjud. Masalan, issiqxonalar uchun moʻljallangan uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan, ular hamon xorijdan olib kelinadi. Shu kabi qator muammolar issiqxona xoʻjaligini yuritish va uning salohiyatidan toʻlaligicha foydalanish imkonini bermayotgan edi. Endi esa vaziyat tubdan oʻzgaradi. Aynan shu yoʻnalishning rivojiga sharoit yaratib berish maqsadida Prezidentimiz ―Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart- sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan issiqxonalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Davlat-xususiy sherikligida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi klaster shaklini joriy qilish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish kabi vazifalar shular jumlasidandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling