Meva-sabzavotlarni qayta ishlash usullarining hozirgi kundagi istiqbollari


Download 221.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi221.86 Kb.
#1063124
  1   2   3
Bog'liq
meva-sabzavotlarni-qayta-ishlash-usullarining-hozirgi-kundagi-istiqbollari



Meva-sabzavotlarni qayta ishlash usullarining hozirgi kundagi 
istiqbollari 
 
Kamola Abdujabbarovna Usmanova 
Ixtiyorjon Abduqaxxorovich Abduraxmonov 
Ravshan Nabievich Xasanov 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya: Meva-sabzavotlarni istemol qilish boshlangandan buyon uni qayta 
ishlash, saqlash, eksport qilish choralari ham ko’rilmoqda. Mahsulotlarni tez nobud 
qilmasdan aholiga tabiiy holda uzoq vaqtga qadar sifatli yetkazib berish eng hozirgi 
kunda ommalashgan vazifalardan biridir.
Kalit so’zlar: meva-sabzavot, qayta ishlash, saqlash, eksport 
Current prospects of fruit and vegetable processing methods 
Kamola Abdujabbarovna Usmanova 
Ikhtiyorjon Abdukakhorovich Abdurahmonov 
Ravshan Nabievich Khasanov 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract: Since the beginning of the consumption of fruits and vegetables, 
measures have been taken to process, store and export them. One of the most popular 
tasks today is to deliver quality products to the population for a long time without 
destroying them quickly. 
Keywords: fruits and vegetables, processing, storage, export 
Mevalarni yetishtirish ma’lumki, mavsumiy hisoblanadi. Aholiga tez, sifatli 
mahsulotlarni uzoq muddatga qadar yetkazib berishni ilmiy asosda tashkil qilish 
samarali va isrofgarchilikni kam talab qiladigan usullardan hisoblanadi.
Xorijlik mutaxassislarning e’tiroficha, diyorimizda yetishtirilayotgan meva-
sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari xushta’mligi, sarxilligi, eng asosiysi, tabiiyligi, 
foydali va to‘yimliligi bilan mintaqa hamda jahon bozorida juda xaridorgir 
hisoblanadi.
O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq va boshqa ko‘plab qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini chetga eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘nta davlatdan 
biridir.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
389


Joriy yilning 8-10 noyabr kunlari Toshkentda «O‘zekspomarkaz» AJ ko‘rgazma 
majmuasida o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi mavjud 
imkoniyatlardan yanada to‘laqonli foydalanish kerakligini ko‘rsatdi.
Darvoqea, 
yarmarka 
tashkilotchilari 
«O‘zbekoziqovqatxolding» 
XK, 
«O‘zvinosanoatxolding» XK, «O‘zagroeksport» AJ hamda «Xalqaro meva-sabzavot 
yarmarkasi Direksiyasi» tomonidan tashqi bozorlarga jami 1 million tonnadan ziyod 
ho‘l va 30 ming tonnadan ortiq qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib 
berish bo‘yicha eksport shartnomalarini tuzish va kelgusi yil uchun buyurtmalar 
portfelini etishni yanada takomillashtirishga ham xizmat qiladi.
Yarmarkada 
mamlakat 
meva-sabzavotchilik 
sohasining 
iqtisodiy 
va 
investitsiyaviy salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi stend va ekspozitsiyalar tashkil 
etilgan. Shuningdek, yurtimiz fermer, dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta 
ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavot 
mahsulotlarining sara turlari namoyishi tashkil etildi. 
«O‘zekspomarkaz» 
ko‘rgazma 
majmuasining 
birinchi 
pavilyoniga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavotlar 
joylashtirildi.
Fermerlarimiz qovun, qizilmiya ildizi ekstrakti, kunjut, mosh, loviya kabi 
mahsulotlar yetkazib berish uchun ko‘plab import shartnomalari tuzishga muvaffaq 
bo‘ldi.
Bugungi kunda birgina Andijon berish bo‘yicha Germaniya, Xitoy, Janubiy 
Koreya, Turkiya,Iroq davlatlaridan kelgan mehmonlar Andijon viloyatining 
Jalaquduq tumanida mevalarni eksport qiluvchi 4 yirik korxona mavjud bo‘lib, ular 
70 tonnadan tortib, 150 tonnagacha hajmdagi o‘nga yaqin mevani saqlaydigan 
muzlatgich va omborxonalarga ega. Shuningdek, tumanda meva-sabzavotlarni qayta 
ishlovchi 2 korxona samarali faoliyat yuritmoqda.
Yarmarka mobaynida ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini 
o‘rta muddatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish tizimini kengaytirish bo‘yicha 
davra suhbatlari o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi.
Yarmarkada AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Birlashgan 
Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, 
Latviya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston 
kabi 30 dan ziyod mamlakat qayta ishlash va savdo kompaniyalari, savdo 
tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi vazirlik va 
idoralar, logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
«O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi ma’lumotlariga 
ko‘ra, yarmarka yakunlari bo‘yicha qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,4 
million tonna mevasabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 355 shartnoma 
imzolangan. Eksport qilinadigan mahsulotlarning 32 foizini sabzavot, 16,6 foizini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
390


uzum, 25 foizini meva, 13,7 foizini dukkakli ekinlar va poliz mahsulotlari, 13 foizini 
quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlar tashkil qiladi.
Tariximizga nazar soladigan bo’lsak, mevalar to’g’risida juda ko’p rivoyatlar 
to’qilgan unga ko’ra uzum shunday dermish:”Mevam o’ta shirali , to’yimliman, 
dasturxon ko’rkiman. Mayizim, sharbatim, urug’imdan olingan yog’ juda foydali 
hisoblanadi.
Mendan turli-tuman ichimliklar tayyorlashadi, yangi pishgan bargim esa choy 
o’rnida xizmat qiladi. Kimki mendan to’yib yesa, qonida toza qon paydo qilaman, 
darmonsizga darmon bag’ishlayman, kayfiyatini ko’tarib, dilini xushnud etaman”.

Download 221.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling