Pomidor kasalliklari


Download 1.12 Mb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1777952
  1   2   3   4
Bog'liq
Pomidor kasalliklari

Pomidor kasalliklari


Ne`matullayeva Kamola

Pomidor kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

  • Pomidor nihollari kasalliklarini tuproqda uchraydigan zamburug‘lar (Fusarium solani, Fusarium spp., Rhizoctonia solani, Pythium spp., Phytophthora spp., Thilaviopsis basicola) va ba’zi bakteriyalar (Erwinia sp.,) qo‘zg‘atadi. Ekilgan urug‘ va unayotgan maysalar tuproq ostidayoq chirib ketishi mumkin.
  • Tuproq yuzasiga chiqqan nihollarning ildiz bo‘g‘zi ingichkalashib qo‘ng‘ir, so‘ngra qora tus oladi ("qorason" kasalligi), nihollar bujmayib, nobud bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi zararlangan nihol atrofidagi o‘simliklarga ham o‘tadi va kasallikning o‘choqlari paydo bo‘ladi. Bu holat ayniqsa issiqxonalarda tez-tez uchraydi. Kechroq zararlangan nihollar nobud bo‘lmaydi, ammo ildiz bo‘g‘zi ingichkalashadi va to‘q tus oladi, ildizlari yaxshi rivojlanmaydi, ko‘chirib ekilganda yaxshi tutib ketmaydi.

Odatda ildiz va ildiz bo‘g‘zi zararlanishi ko‘chatlar issiqxonaga ko‘chirib ekilgan kundan boshlab 6 hafta davomida kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan pomidorning Rhizoctonia solani ва Phytophthora spp. zamburug‘lariga chidamliligi kuchayib boradi va 6 haftadan keyin ko‘chatlar kam hollarda zararlanadi.

  • Odatda ildiz va ildiz bo‘g‘zi zararlanishi ko‘chatlar issiqxonaga ko‘chirib ekilgan kundan boshlab 6 hafta davomida kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan pomidorning Rhizoctonia solani ва Phytophthora spp. zamburug‘lariga chidamliligi kuchayib boradi va 6 haftadan keyin ko‘chatlar kam hollarda zararlanadi.
  • Kasallikka pomidordan tashqari baqlajon, qalampir turlari va begona o‘tlar ham chalinadi.

Rhizoctonia solani

  • O‘zbekistonning barcha mintaqalarida tarqalgan. Zamburug‘ pomidorning ildiz bo‘g‘zida quruq, och-qo‘ng‘ir dog‘lar rivojlanishiga olib keladi; dog‘lar ustida ba’zan, lupa bilan oson ko‘rinadigan och-qo‘ng‘ir mog‘or paydo bo‘ladi. Thilaviopsis basicola O‘zbekistonning janubida (Surxondaryo viloyatida) ancha keng tarqalgan, boshqa mintaqalarda kam uchraydi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling