Pythonda dasturlarni yozish.
Python - bu oson o'rganiladigan dasturlash tili, ayniqsa yangi boshlanuvchilar uchun juda yaxshi. Asosiysi, unga ko'p vaqt sarf qilmasdan sodda va samarali dasturlarni yozishingiz mumkin.
Ko'pgina boshqa tillardan farqli o'laroq, Python kodini o'qish oson va interaktiv qobiq dasturlarni kiritishga va darhol natijalarga erishishga imkon beradi. Oddiy til tuzilishi va interaktiv qobiqdan tashqari Pythonda o'rganishni sezilarli darajada tezlashtiradigan va video o'yinlaringiz uchun oddiy animatsiyalar yaratishga imkon beradigan vositalar mavjud.
Python dasturlash tilida masala va yechimlar.
Python dasturlash tili obektga yo’naltirilgan til bo’lib, 1991 yil 20-fevralda Python Software Foundation nomli notijorat tashkilot va Gvido van Rossum tomonidan ishlab chiqilgan.
Python dasturlash tili dastur yaratish samaradorligi va kodlarning o’qilishi qulayligi yuqori darajada bo’lgan dasturlash tili hisoblanadi. Bundan tashqari standart kutubxonada foydali funktsiyalarning katta to’plami mavjud. Python nomi sudralib yuruvchilar oilasining nomidan kelib chiqmagan. Muallif ushbu til nomini 1970 yillarda Britaniyada mashhur bo’lgan "ЛетающийциркМонтиПайтона" nomli tele-shoudan ilhomlanib nomlagan.
24
Python dasturlash tilida yozilgan dasturni 2 usulda ishga tushirish mumkin: interaktiv interpretator yordamida va dastur matni yozilgan fayldan foydalangan holda.
usul. Linux distributivi terminaliga python3 buyrug’ini yozib, ishga tushiramiz. Buyruq ishga tushgandan so’ng siz satr boshida >>> belgisi paydo bo’ladi. Bu yerda biror operatorni yozish mumkin va bu python interpretatorining buyruqlar qatori deb ataladi.
usul. Biz biror dasturni ishga tushirmoqchi bo’lsak interpretatorga dasturni har safar qayta yozishimizga to’g’ri keladi. Shuning uchun yozilgan dastur kodini biror faylga yozib saqlab qo’yish dasturni istalgan vaqtda ishga tushirish imkonini beradi. Bu usulda bizga biror redaktor kerak bo’ladi va fayl kengaytmasi .py bo’lishiga ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |