Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi qаrshi muhаndislik-iqtisоdiyot instituti iqtisоdiyot fаkultеti “Buхgаltеriya hisоbi va audit” kаfеdrаsi


Download 185.73 Kb.
bet7/14
Sana30.04.2023
Hajmi185.73 Kb.
#1412490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Audit 4-kurs KURS ISHI Us Ko\'rs

2.2. Kurs ishi tuzilishi
Kurs ishining tuzilishi kirish, asosiy bo’lim, xulosa va foydalаnilgan adabiyotlar ro’yxati va zarur bo’lsa ilovalardan iborat bo’ladi. Uning barcha qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan va kurs ishi mavzusini ochib berish maqsadiga xizmat qilishi lozim.
Shu bilan birga ilmiy-tadqiqotning kontseptsiyasini, uning asosiy g’oyalarini aniqlab beruvchi kеngaytirilgan kurs ishi rejasini, tadqiq qilinadigan muammolar va masalalar doirasini hаmdа foydalаnish mumkin bo’lgаn manbalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
Nаzаriy, tahliliy-statistik, ilmiy-amaliy ma’lumotlarni yig’ish, tartibga solish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida kurs ishi rejasiga aniqlik kiritilishi yoki u o’zgartirilishi mumkin.


3. Kurs ishiga qo’yiladigan asosiy talablar.
3.1. Kurs ishini shakllantirishga bo’lgan talablar
Kurs ishi hajmi kompyuterda 1,5 intervalda yozilgan tekstda 35-40 bet doirasida bo’lishi kerak.
Kurs ishi uning rejasiga muvofiq alohida qismlarga (boblar va paragraflarga) bo’linadi. Bu qismlarning nomi lo’nda bo’lib, mazmuniga mos tushishi va tekstga simmetriya ravishda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan yuqoridan o’ng burchakda nomerlanadi.
Kurs ishi kuyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga olmog’i lozim:

  • titul varaqi;

  • mundarija;

  • kirish;

  • kurs ishining eng muhim masalalarini birlashtiruvchi asosiy qism;

  • xulosa;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilovalar.

Kurs ishi matni A4 (210*297) formatli oq varaqning bir tomoniga quyidagi hoshiyalar o’lchamiga rioya qilingan holda yoziladi:

  • chap hoshiya - 30 mm.

  • o’ng hoshiya - 15 mm.

  • pastki hoshiya - 25 mm.

  • yuqori hoshiya - 20 mm.

Kurs ishini nomerlash titul varag’idan oxirgi betgacha hamma varaqlarni o’z ichiga olishi lozim. Titul varag’i birinchi bet hisoblanadi va unga nomer ko’yilmaydi. U birinchi ilovada keltirilgan shaklda bo’ladi.
Kurs ishidagi barcha illyustratsiyalar (jadvallar, grafiklar, rasmlar, diagrammalar va h.k.) o’z nomiga ega bo’lishi va bu nom uning ustiga yoki tagiga yozilishi mumkin. SHuningdek, barcha hollarda ularning manbalari ko’rsatilishi lozim.
Barcha formulalar arab raqamlari bilan nomerlanishi kerak. Formula nomeri uning to’g’risida varaqning o’ng tomonida qavs ichida ko’rsatiladi.

Download 185.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling