Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi qаrshi muhаndislik-iqtisоdiyot instituti iqtisоdiyot fаkultеti “Buхgаltеriya hisоbi va audit” kаfеdrаsi


Amaliy ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash


Download 185.73 Kb.
bet10/14
Sana30.04.2023
Hajmi185.73 Kb.
#1412490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Audit 4-kurs KURS ISHI Us Ko\'rs

5. Amaliy ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash
Talaba kerakli ma’lumotlarni yig’ishda turli hisobotlardan, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, ilmiy risolalardan, statistik ma’lumotnomalardan sotsiologik so’rovnomalardan, ilmiy-amaliy tadqiqotlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari tanlangan mavzu doirasida mustaqil sotsiologik tadqiqotlar, kuzatishlar va iqtisodiy hisoblashlar ham amalga oshirilishi muhim ahamiyatga egadir.
Turli хo’jаlik jаrаyonlаrini hujjаtlаshtirilishini vа schyotlаrdа аks ettirilishini tahlil qilish uchun bir necha sub’еktlаrning mоliyaviy hisоb mа’lumоtlаrini yig’ish vа ulаr ko’rsatkichlarini taqqoslash talab qilinadi.
Yig’ilgan ma’lumotlarni аlоhidа bo’limlar va paragraflar bo’yicha taqsimlash va shundan keyingina ularni har bir bo’lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir.
6. Kurs ishiga rahbarlik qilish.
Kurs ishiga umumiy uslubiy rahbarlikni fan o’qituvchisi amalga oshiradi. Talabalarni kurs ishi mavzulariga qarab guruhlarga bo’lish va har bir guruh uchun аlоhidа ilmiy rahbar tayinlash kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kurs ishiga vazifa berish;

  • talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish;

  • talabaga mavzu bo’yicha asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni, ma’lumotnomalarni tanlashda yordam berish;

  • talaba bilan birgalikda tadqiqot ob’ekti va doirasini, ob’ekt faoliyatini o’rganish, ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlash.

Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo’llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam berishi lozim.
Ilmiy rahbar tominidan kurs ishi yozish masalalari bo’yicha maslahatlar berish ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o’tkaziladi.
Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o’z mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo’nalishda o’zgartirish va to’ldirish kerakligi to’g’risida maslahat beradi.
Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga tavsiya etadi. Ilmiy rahbar kurs ishini qoniqarsiz bajarilgan deb hisoblaganda bu masala kafedra mudiri, ilmiy rahbar va kurs ishi muallifining ishtirokida hal qilinadi.

Download 185.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling