Oliy va о‘rta maxsus ta’lim


Download 0.76 Mb.
bet13/31
Sana21.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1639404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi

Madaniy-ommaviy tadbirlar rejissurasi. “Rejissyor” tushunchasi fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, boshqaruvchi degan ma’noni bildiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, “rejissyor” so’zi O’zbekistonga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida paydo bo’lgan. Lekin bu bilan qadimiy o’zbek xalq tomoshalari va bayramlarini tashkilotchisi, ya’ni rejissyori bo’lmagan, deyish xato bo’lur edi. O’zbek madaniyatiga “rejissyor” tushunchasi kirib kelgunga qadar “korfarmon” degan so’z ishlatilgan.
“Korfarmon” so’zining ma’nosi ishga farmon beruvchi, ya’ni ishboshi, demakdir. Darhaqiqat, “korfarmon” – o’ziga xos ishboshi - administrator, rejissyor, muallim, oyin boshidir – deb yozadi professor Muhsin Qodirov.
Bugungi kunda rejissyor tushunchasi barcha xalqlar madaniyatida ishlatilganidek, o’zbek san’atida ham keng qo’llanmoqda. Hozirgi paytgacha rejissyor deganda ko’proq, teatr va kino san’atida madaniy asarni sahnalashtiruvchi, ekranlashtiruvchi ijodkor tushuniladi. Keyingi vaqtlarda, radio va televideniyeda rejissyor mutaxassisligi bilan bir qatorda madaniy-ma’rifiy muassasalarida ham ommaviy tadbirlarni tashkil qiluvchi rejissyor shakllanmoqda. Madaniy-ommaviy tadbirlar rejissyori deganda, muhim sana va voqealarga bag’ishlab yozilgan ssenariyni mahalliy sharoitda madaniy-hujjatli qonuniyatlar asosida, maxsus ish shakllarida amaliy uyushtiradigan ijodkor tushuniladi.
Ommaviy tadbir rejissyori real hayotning muhim, diqqatga sazovor daqiqalarini madaniylashtiradi, badiiy bezaydi va maxsus tadbir sifatida shakllantiradi. Qaysi san’at turi bilan shug’ullanishdan qat’I nazar, rejissyorlarning hammasiga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar mavjud. Rejissyorlarning ijodi ularning yuksak insoniy, madaniy, axloqiy xususiyatlariga hamda dunyoqarashi, bilimi va professional qobiliyatlariga bog’liqdir. Rejissyorlar umumiy fazilatlarga ega bo’lishi bilan birgalikda, shug’ullanayotgan sohalari talab qilgan xususiyatlarga va layoqatlarga ham ega bo’lmog’I lozim. Bu har bir sohaning (teatr, kino, televideniye) rejissurasining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jumladan,
madaniy-ommaviy tadbirlar rejissurasining ham xuddi teatr, kin ova televideniye rejissurasidek o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
V.I.Nemirovich-Danchenko rejissyorlarning quyidagi fazilatlarga ega bo’lishini ta’kidlagan edi:


  1. Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling