Oliy va о‘rta maxsus ta’lim
Download 0.76 Mb.
|
Αzbekiston respublikasi
Rejissyor (tolkovatel) – tushuntiruvchi, asarning g’oyasini, maqsadini, madaniy obrazning talqinini to’g’ri va mantiqli tushuntirishni bilishi kerak.
Rejissyor (zerkalo) – oyna, aktyorlarning individual xususiyatlarini, ijodini to’g’ri aks ettirishni bilmog’I kerak. Rejissyor (organizator) – tashkilotchi, butun spektaklni uyushtirishi kerak. Albatta, Nemirovich-Danchenko ta’riflagan bu fazilatlar, asosan, teatr rejissyorlariga mansubdir. Shunga qaramay, ular ommaviy tadbirlar rejissyoriga ham tegishli, bunda o’ziga xos tartib va xususiyat bilan namoyon bo’ladi. Madaniy-ommaviy tadbirlarning mohiyatidan va xususiyatlaridan kelib chiqilganda, ularning rejissyori tashkilotchi (jumladan, administrator ham), shu bilan birga, bosh ijodkor va qonuniy ravishda pedagog bo’lmog’I lozim. Rejissyor – tashkilotchi. Madaniy – ma’rifiy xodimda tashkilotchilik layoqati bo’lmasa, undan yaxshi mutaxassis chiqishi qiyin. Agar ommaviy ishlar rejissyorida tashkilotchilik qobiliyati bo’lmasa, hech qachon yaxshi tomosha, ya’ni tadbir uyushtira olmaydi. Ommaviy tadbirlar rejissyori uchun tashkilotchilik qobiliyati eng asosiy fazilat hisoblanadi. Chunki u san’at muassasalarining professional rejissyorlarga qaraganda murakkab sharoitda, maxsus malakaga ega bo’lmagan havaskorlar bilan ish olib boradi. Madaniy-ommaviy tadbirlar rejissyoridagi tashkilotchilik qobiliyatining administrativlik va boshqaruvchilikdan iborat ikki tomoni kuchli namoyon bo’lishi kerak. Rejissyor tadbirning tashkilotchi – administrator sifatida juda ko’p ishlarni bajaradi. Agar professional teatr, kinostudiya, televideniye va radioda administrative (ma’muriy) ishlarni maxsus tayinlangan kishilar olib borishsa, madaniy-ma’rifiy muassasalarda esa ommaviy tadbir rejissyori ular bajaradigan fazilatlarni o’z zimmasiga oladi. San’at muassasalarida mavjud bo’lgan maxsus professional ijodiy guruh, maxsus madaniy va texnik vositalar, fonotekalar, ovoz yozish va nurli apparatlarga ega sexlar, butafor, rekvizit, kostyumerlar, dekorosiya tayyorlanadigan ustaxonalarga klub va parklar ega bo’lmaydi. Ommaviy tadbirlar rejissyori vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha muammolarni yechish uchun yo’l-yo’riq topa bilishi kerak. U lozim bo’lsa, havaskorlar tadbirda qatnashishi uchun barcha sharoitni tayyorlashi, texnik apparatlarni axtarishi, badiiy ustaxonalar bilan shartnoma tuzib dekoratsiya, butaforiyani hozirlashi, kostyumlarni topishi va ko’plab shunga o’xshash ishlarni amalga oshirishi lozim. Albatta bunday sharoitda tadbirni tayyorlash va mavjud muammolarni bartaraf qilish uchun rejissyorda administrative qobiliyat nihoyatda kuchli bo’lmog’I lozim. Aks holda, tadbir tashkilotchisi yaxshi natijalarga erisha olmaydi. Tadbir tayyorlash jarayonida rejissyorning boshqaruvchilik layoqati alohida o’ringa ega. Chunki tadbir odamlarning ishtiroki bilan vujudga keladi va odamlar uchun tayyorlanadi. Agar rassom boyoq, xolst (mato) va polotno bilan, arxitektor har xil granit toshlar va cho’kich bilan, yozuvchi so’zlar bilan, kompozitor ohang va notalar bilan ijod qilsa, tadbir rejissyorni kishilar bilan va ularning yordamida madaniy tomoshaviy shakl yaratadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling