Montaj -fr.montage – epizodlar, bloklar, voqealarni bir-biriga mantiqiy jihatdan bog‘lash.
Artikulyatsiya -lot. Articulo – nutq jarayonida talaffo’z organlarining turlicha shakllanuv harakati.
Diktsiya -Lot. dictio – tovush va so’zlarning talaffo’z etilishiga aytiladi.
Orfoepiya -Yun. orphos – to’g’ri, epos – nutq, adabiy talaffo’z meyorlarini belgilab beruvchi qoidalar majmuasidir.
Spektakl -Lot. – tomosha, sahnaga qoyiladigan teatr tomoshasi.
Etakchi xatti-harakat -Oliy maqsadga olib chiquvchi yo’l.
Oliy maqsad -Rejissyorning sahnalashtirishdagi xususiy fikri, nuqtai nazari. (Stanislavskiy sistemasi printsiplaridan biri (B.Zaxava)).
Korfarmon -Masxaraboz va qiziqchilar teatri, ijrochilar rahbari, xalq an’anaviy teatri rejissyori, ish boshi.
Rakurs - fr.raccourci–o’zoqdagi buyum tasvirining kichraytirilgan ko’rinishi.
Syujet -Fr. sujet – predmet, narsa, mavzu, mazmun. Badiiy asarning o’zaro bog‘lovchi va jonlantirib boruvchi voqealar tizimi, fabo’laning yoritilishi.
Adabiyot -Ar. odoblar yig‘indisi, odoblar xazinasi, degan ma’noni bildiradi.
Badiiy obraz -Ijodkorning fikr, tuyg‘u, sezgi va kechinmalari singdirilgan hayot manzarasi tasviri.
Obraz -Keng ma’noda ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi.
San’at -«Sun», ya’ni «yaratmoq» so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish, voqelikni obrazlar vositasida aks ettirilishi.
Ko’chim -Eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, metafora atamasi bilan ham yuritiladi. Kuchimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko’rinishlari bor.
Allegoriya (majoz) -Ramzning bir ko’rinishi bo’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirini ifodalovchi ramziy obrazni qo’llash usuli. M: tulki – ayyor.
Metafora (istiora) -Ar. biror narsani omonatga (vaqtincha olmoq) degan ma’noni ifodalaydi. Bir predmetning ma’nosini boshqa predmetga kuchishi. M: Xumo qo’shi – baxt belgisi.
Ramz -Ruscha – simvol, gr. Symbolon – belgi, anglash murakkabroq bo’lgan mavhum ahloqiy sifatlar, shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalash.
Xarakter -(yun. xususiyat, belgi) – obrazning mukammallashgan ko’rinishi, turli xususiyatlarni aniq ko’rinib to’rgan, yakka xususiyatlari kashf etilgan shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |