Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Download 90.51 Kb.
bet3/9
Sana22.09.2023
Hajmi90.51 Kb.
#1684882
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
rossiya imperiyasi davrida fargona viloyatidagi ijtimoiy iqtisodiy

Mavzuning amaliy ahamiyati. Vatanimiz tarixining mustamlakachilik o‘tmishi oqibatlarini milliy istiqlol mafkurasi, yangicha yondashuv asosida tadqiq qilish, tarixiy haqiqatni tiklash tarixchilarning hozirgi kundagi muhim vazifasidir. Bu vazifaning ilmiy ahamiyati shundaki, chorizm mustamlakachilik tuzimi davrida amalga oshirgan imperiyacha iqtisodiy siyosatning natijasi haqida, Turkiston o‘lkasining xususan Farg‘ona viloyatining metropoliyaning paxta xom ashyo bazasiga aylantirilishi, xududda etishtirilgan paxtaning markazga tashib ketilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni keltirish.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida Farg‘ona viloyatida Rossiya mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti tarixi masalalari bayon qilingan.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishni bajarishda kuyidagi maqsad va vazifalar qo‘yilgan:

  • Farg‘ona viloyatida CHor mustamlakachiligi boshqaruv tizimining qaror topishini haqida umumiy tushuncha berish adabiyot va manbalar asosida;

  • CHor mustamlakachiligi boshqaruv tizimini o‘ziga xos tomonlari haqida ma’lumotlar berish;

  • Mustaqillik yillarida Farg‘ona viloyati tarixiga oid yaratilgan asarlarning sharhlash;

  • Farg‘ona viloyatining mustamlakachilik davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayoti haqida ma’lumotlar keltirish;

  • Farg‘ona viloyatidagi kapitalistik munosabatlarni qaror topishini yoritish;

  • Tovar – pul munosabatlarining vujudga kelishini tavsiflab berish;

  • Farg‘ona viloyatida paxta va ipakchilik sanoatining savdo munosabatlarining rivojlantirishdagi o‘rni va rolini ochib berish.

Mavzuning ilmiy yangili. Farg‘ona viloyatida mustamlakachilik boshqaruv tartibini qaror topishi, rus va chet el kapitalining kirib kelishi va Farg‘ona viloyati shaharlarining mustamlakachilik boshqaruv tizimiga o‘tishi
ishda ma’lumotlar asosida bayon etilgan. Ishda shuningdek Farg‘ona viloyatining XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ma’muriy xududiy tuzilishi, viloyatlardagi uchastkalarning faoliyatlari ochib berilgan.
Xullas, mazkur bitiruv malakaviy ishimizda Farg‘ona viloyatining Rossiya mustamlakachiligi davridagi tarixi xaqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan va bu ma’lumotlar tahlil qilishga harakat qildik.

Download 90.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling