Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 499.23 Kb. Pdf ko'rish
|
To`g`ri tayoqchani yozish
Tayoqchani yozishda quyidagilarga erishish lozim: a) tayoqcha yuqori qator chiziqchadan yozishni boshlash va uni pastki qator chiziqchqda tugallash: b) tayoqchalar orasidagi masofani bir xil bo`lishini taminlash d)tayoqchalarni to`g`ri chiziq ko’rinishida tasvirlash, qiyshayishiga yo`l qo`ymaslik, yordamchi egri chiziqdan chiqmaslik. O’qituvchi to`g`ri chiziqni qanday yozish kerakligini doskada ko`rsatadi va aniq tushunchalar beradi. Chunonchi, yuqori qatorda chiziqqa bitta nuqta qo`yaman, ikkkinchi nuqtani esa pastki qatordagi chiziqqa qo`yaman, Ularni bir-biri bilan to`g`ri, tekis chiziq chizib birlashtiraman. Yozilgan tayoqchadan o`ng tamonga qarab ikkita katak qoldirib yuqori qatordagi chiziqqa nuqta qo`yaman, so`ngra ikkita katak qoldirib pastki qatordagi chiziqqa nuqta qo`yaman va hakozo. Bolalar daftarga xuddi o’qituvchi tushuintirganidek namunaga qarab, tayoqchani chiza boshlaydilar. Ikkinchi qatorni nuqta yordamida topadilar, ammo bir tayoqcha bilan ikkinchi tayoqcha oralig`idagi masofaga rioya qilgan holda nuqtasiz tayoqchani yozadilar. Bir mashg`ulot davomida uch qator yoza olishlari mumkin. Xatolarni o`z vaqtida tuzatib olishlari zarur. Qiynaladigan bolalarga yordam berish, topshiriqni muvofaqiyatli bajarganlarni rag`batlantirib borish zarur. 3 Pastga pastgi uchini aylantirish bilan yoziladigan tayoqchani yozish. 1. 3 Qosimova .K.Ona tili o’qitish metodikasi.Toshkent.2009-yil. 22 Pastga pastgi uchini aylantirish bilan yoziladigan tayoqchani yozishda uni to`g`ri aylantirishga ahamiyat berish kerak. Buning uchun o’qituvchi namunani doskada tushuntirish bilan bog`langan holda sekinlik bilan yozishi kerak. Avval oldingi mashg`ulotda yozgandek, to`g`ri tayoqchani yozamiz. Pastgi qatordagi chiziqchaga ozgina qolganda qalamning uchini o`ng tomonga bura boshlaymiz. Pastgi chiziqchaga tekizib aylantiramiz va uchini yuqori qatordagi chiziqchaning burchagi tomon ingichka chiziq o`tkazamiz. Tushuntirish vaqtida bolalar tayoqchaning to`g`ri tayoqchaning pastga qarab pastgi uchini sekin astalik bilan o`ng tomonga burab aylantirilgan holatda keltirganlarini ko`ra olishsin. Bolalar qo`l harakatini aniq his qila olishlari uchun ularga qolamni qo`lda tutish, havoda harf elementlarini qanday yozishh kerakligini tasvirlab mashq qilib ko`rishni taklif qilish kerak. Bolalarning daftarga pastgi uchi qo`yrilgan (aylantirilgan) tayoqchadan ikkitasini namuna asosida yozish kerak. Bolalar pastgi uchi o`ng tomonga qo`yrilgan (aylantirilgan) tayoqchani yozishni yaxshi o`zlashtirib olishgach, harfning yangi elementi tayoqchaning yuqori uchini qayrilgan holda yozishni, so`ngra yuqori va pastgi uchini qo`yrilgan holga keltirib yozishni o`rganadilar Yuqorigi va pastgi uchi qayrilgan tayoqchani yozish n,m harflarining elementlari bo`lib hisoblanadi. O’qituvchi yuqori va pastgi uchi qayrilgan tayoqchani yozadi va tushuntiradi. Pastgi qatorning burchagidan o`ng yuqori tomonga to`g`ri, ingichka chiziqcha o`tkazaman, yuqorigi chiziqning burchagiga tegmasdan uchini pastga qarab qayiraman, songra egik chiziqcha bo`ylab pastga qarab, qalamni bosib, to`g`ri chiziqcha chizaman: pastgi uchini qayiraman va yuqorigi katakning burchagiga ingichka chiziqcha chizaman. Bolalar bu harf elementini daftarga yozishdan avval qalam bilan havoda 'bir, ikki, uch" sanog`i ostida shu harfga mos harakatlarni bajaradilar. O’qituvchi harf elementlarini dafatrga yozishda tayoqcha uchini qayirish bir tekisda bo`lishini kuzatib borish kerak. To`g`ri tayoqchani qalam bilan 23 bosib yozish boshidan oxirigacha bir tekisda bo`lishi kerak. Download 499.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling