Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 499.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini
ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o`rgatiladi. O`quvchilar bu birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o`qish va yozishga ko’nikishlari lozim. Bu davrda sh tarzida o`qiladigan holatga to`xtalmaydi Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo`yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi va talaffuzi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo`yicha maxsus mashqlar ham uyishtiriladi. Tutuq belgisi (,) unli tovushdan so`ng kelsa, uni chuzib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so`ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta- sekin uni qo’llashga doir ko’nikmalar shakllantiriladi. Savod o`rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichchik) 10 shakli va ularning ishlatish o`rni o`rgatiladi. O`quvchilarni o`qishga o`rgatish bo`g`in asosida olib boriladi. Bo`g`inlab o`qishga o`rgatish uchun so`zni bo`g`inga bo`lish, bo`g`in chegarasini aniqlashni o`rgatish muhim sanaladi. Savod o`rgatish davrida o`quvchilar so`zlarni bo`g`nlarga to`g`ri ajrata olsalar, o`qish ko’nikmasini ham yaxshi egallaydi. 11 1.2.Savod o’rgatishning nazariy asoslari, maqsad va vazifalari Savod o’rgatish darslari dasturida ko’rsatilgandek haftada 8 soat bo’lib, 4 soat yozuvga ajratiladi. Savod o’rgatish 2-sentabrdan dekabrning oxirigacha davom etadi. U 2 davrga bo’linadi. a. tayyorgarlik davri b. asosiy davr Tayyorgarlik davri o’z navbatida 2 bosqichga bo’linadi: 1. Harf o’rganilmaydigan bosqich 2. Unli tovushlar va undosh tovushlar, harflar o’rganiladigan bosqich. 1-bosqich uchun 10 soat dars ajratiladi. Bu bosqichning vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib intizom qoidalari bilan tabishtirish. Ularga og’zaki va yozma nutq haqida, gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishini: tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish amaliy foydalana bilish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, harf oralirining tengligiga rioya qilish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 2-bosqichga 14 soat ajratiladi. Bu bosqichda unli va undosh tovushlar o’rgatiladi. Tovushni ifodalovchi harflar ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni esa yozamiz, ko’ramiz o’qiymiz. Asosiy davr uchun 90 soat dars ajratiladi. Bu davrning asosiy vazifasi bolalarni o’qishga o’qilgan bo’g’in, so’z va gaplarni yozish va tekshirishga o’rgatadigan davr. Ta’limning davri va bosqichlariga ko’ra: 1. Tayyorgarlik davri Alifbegacha. 2. Asosiy (Alifbo) davr. Tayyorgarlik davridagi darslar 2 bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich darslarida o’quvchilar tovush va harfni o’rganishga tayyorlanadi. 1-bosqich darslari “Nutqning fonetik bo’laklarini o’rganish darslari” 12 deb nomlanadi. 2-bosqich darslari “Unli tovush va harflar o’rganiladigan darslar” deb ataladi. Savod o’rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko’ra 2 turga ajratiladi. 1. Alifbe darsligi asosidagi o’qish darslari. 2. Yozuv daftari asosidagi yozuv darslari. Asosiy davri o’qish darslari yangi bilim berish bermasligiga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi. 1. Yangi tovush va harf bilan tanishtiriladigan o’qish darsi. 2. O’rganiladigan tovush va harflarni mustaxkamlovchi o’qish darsi. 3. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish darsi. Asosiy davr yozuv harf yoziladigan yozuv darsi. 1. Kichik harf va bosh harf yoziladigan turlarga ajratiladi. 2. Kichik harf yoziladigan yozuv darsi. 3. Bosh harflar yoziladigan yozuv darsi. 4. O’rganilgan bo’g’in, so’z gaplarni yozishni mashq qilish darslari. Har savod o’rgatish jarayonida hafta oxiridagi o’qish darslarining 15-20 daqiqasi sinfdan tashqari o’qishga ajratiladi. Savod o’rgatish darslari taqvimlashgan analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. Analitik-sintetik tovush metodi nutq haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan, so’zlarning bo’g’inlardan, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini o’rgatishda, so’zdan o’rganiladigan tovushni ajratib olish, uni o’rganilgan harflarga qo’shib o’qishga o’rgatishda amal qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling