Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar 
o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil 
qiladilar. Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni 
egallashlari lozim: 
1.Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, 
yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish. 
1. 
1
Yangi tahrirdagi DTS - 2005-yil. Boshlang’ich ta’lim jo’rnali 5-son. 



2.Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik 
harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir—biriga bog’lab yoza olish: 
bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish. 
3.Tahlil qilingan so’z va ikki—uch so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida 
yozish. 
4.Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish va 
diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o’qish 
bilan tekshirish. 
5.Og’zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish. 
Tadqiqotning ob’ekti. Savod o’rgatish darslari boshlang’ich sinflarda 
o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq 
mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar 
asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi. 
Tadqiqotning predmeti. Savod o’rgatish darslari o’qish samaradorligini 
ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari 
o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining 
bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida 
badiiiy kitiblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab 
berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish 
ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, 
ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling