Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
4-ma’ruza. TILSHUNOSLIK VA KIMYO REJA:
1.
Atom-molekulyar ta'limot va tilshunoslik 2.
Atom va molekulalarning uzluksiz harakatdaekanligi va tilshunoslikda dinamika hamda statika 3. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik 4. Modda tarkibining doimiyligi qonuni va tilshunoslik 5. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va tilshunoslik Tayanch so’z va iboralar: atom, malekula, kimyo, element, atom, elektron, yadro, atom-malekulyar ta’limot, ontologik, sistema, struktura, dinamika, statika, valentlik nazariyasi, kvalent bog’lanish, ionli bog’lanish, metall bog’lanish, modda tarkibining qonuni.
1. Tilshunoslik kimyo fanining yutuqlaridan ham bahramand bo`lib kelmoqda. Kimyo fanida atom-molekulyar ta'limotining vujudga kelishi, eng kichik atomlarning ham bo`linuvchanlik xususiyatiga ega bo`lishining kashf etilishi, D.N.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasining vujudga kelishi
tilshunoslikka ham o`z ta'sirini ko`rsatdi. Tilshunoslikda til birliklarining muayyan tuzilishiga ega ekanligi, bevosita kuzatishda eng kichik birlik, tabiiy fanlardagi atomga tenglashtiriluvchi fonemaning ham bo`linish xususiyatiga ega ekanligi, butun tarkibidagi bo`laklarning o`zaro munosabatda, ayni paytda, butun bilan butun ham katta butunlik tarkibida o`zaro munosabatda ekanligi e'tirof etila
25 Ахманова О.С., Мелчук И.А., Радучева Ж.В., Фрумкина Ж.В. О точных методах исследования языка. M., 1961.
boshlandi. Natijada tilshunoslikka sistemaviy tadqiqot usuli kirib keldi. 26
2. Shu bilan birgalikda, kimyo fanida molekula va atomlarning to`xtovsiz harakatda ekanligining e'tirof etilishi tilshunoslikda sinxroniya va diaxroniya nazariyasining vujudga kelishiga turtki bo`ldi. Kimyoviy bog`lanish ta'limotining kuchayishi, kimyoviy bog`lanishda valentlik tushunchasining markaziy o`rin egallashi tilshunoslikka ham o`z ta'sirini ko`rsatdi. Tilshunoslikda valentlik nazariyasi vujudga keldi. Shunday qilib, kimyo fanida ho`lga kiritilgan jiddiy yutuqlar boshqa fanlar qatorida tilshunoslikka ham sezilarli ta'sir etib kelmoqda.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling