Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Atom va molekulalarning uzluksiz harakatdaekanligi va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
2. Atom va molekulalarning uzluksiz harakatdaekanligi va
tilshunoslikda dinamika hamda statika 1. Obyektiv olamdagi narsa va hodisalar uzluksiz harakatda, rivojlanishda ekanligi fanda antik davrlardan beri ma'lum. Ayniqsa bunday qarash O`rta Osiyo olimlari tomonidan rivojlantirildi. Xususun, Farobiy "Falsafatu Aristutolis" asarida: "ular (to`rt modda) abadiy bo`lolmaydilar; chunki havo, suv, tuproq va olov bo`linadilar, birlari boshqasiga aylanadilar va balki har bir unsur boshqasida mavjuddir", - deydi. Farobiy Aristotelning odam uzvari doimo harakatda, rivojlanishda ekanligi haqidagi fikrlarini ijodiy rivojlantiradi. Borliqdagi narsa va hodisalar bir-biriga ta'sir qiladi va ta'sirni qabul qilish harakatida bo`lish bilan birga, shu narsalarni tashkil etgan ichki unsurlar ham o`zaro ana shunday harakatda ekanligini bayon qiladi. Fanda atom-molekulyar ta'limotining kuchayishi atom va molekulalarning uzluksiz harakatda ekanligini yorqinroq isbotlab berdi. Tabiiy fanlarda erishilgan bu yutuq tilshunoslikka ham o`z ta'sirini ko`rsatdi. 30
2. Struktur tilshunoslikning paydo bo`lishiga atom-molekulyar ta'limoti asos bo`ldi. Bu yo`nalishning asoschisi sanaluvchi mashhur Shveytsariya olimi Ferdinand de Sossyur til birliklari ham borliqdagi narsa va hodisalar singari doimo rivojlanishda, o`zgarishda ekanligini ta'kidladi va tilning ikki holatini - dinamik va statik holatini ajratdi. Uzluksiz rivojlanayotgan, harakatda - dinamikada bo`lgan ma'lum bir tilning muayyan bir davrga xos holati statika holati hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan tilni ham ikki jixatdan o`rganlish lozimligini ko`rsatdi. Diaxroniya grekcha dia - orqali, ikki shronos - zamon so`zlaridan olingan. 31 Tilni
tarixiy taraqqiyotda, rivojlanishda ekanligini e'tiborga olib o`rganlish diaxroniya hisoblanadi. Sinxroniya grekcha sunshronos so`zidan olingan bo`lib, bir vaqtlilik demakdir. Til tarixiy taraqqiyotining muayyan bir davrdagi holati sinxroniya sanaladi. Tilshunoslik tarixida diaxroniya sinxroniya bilan uzviy bog`lanadi. Ularni bir-birisiz tasavvur kmlib bo`lmaydi. Tilning sinxron tahlili bevosita tadqiqotchi ku-zatib, eshitib turgan holatni tekshirishga kdratilganligi, faktik materiallarning boyligi nuqtai nazardan diaxroniyaga nisbatan qulayro?. I. A. Boduen de Kurtene, N. S. Trubeskoy, R. O. Yakobson singari mashhur tilshunoslar sinxron holatdagi til sistemasini to`liq va ishonarli tadqiq etish uchun qanday qilib shu holatga kelganligini, ya'ni diaxronik materiallarga murojaat qilish lozimligini ta'kidlaydilar. Shuning uchun ham garchi sinxron o`rganlish diaxron o`rganlishdan oldin bo`lsa ham, lekin ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Sinxron o`rganlish diaxron o`rganlishga yo`l ochadi. Sinxron tadqiqotlar natijalari asosida diaxroniya ish ko`radi. Muayyan til quyietining ikki davr, ikki sinxron holati o`rtasidagi o`zgarishlar ikki davrdagi materiallarni bir-biriga taqqoslash orqali belgilanadi. 32
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling